Карта сайта

Материалы с меткой: yuksak

Yuksak e’tibor va g’amxo’rlik ifodasi

Bolalar – kelajagimiz, ertangi kunimiz davomchilaridir. Shu bois ularning baxtli va farovon yashashini ta’minlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylangan. Yurtimizda yosh avlod kamoloti yo’lida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar, bu borada qo’lga kiritilayotgan yutuqlar jahon hamjamiyati tomonidan alohida e’tirof etilayotgani esa har bir yurtdoshimiz qalbiga quvonch, faxr va mamnuniyat hissini bag’ishlaydi.
Farzandlari sog’lom, oilasi ahil, ertangi kundan ko’ngli xotirjam kishining ishida unum, topganida qut-baraka bo’ladi, bu uni yangi yutuq va marralar sari undaydi. IIV Ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti, kapitan Muhabbat Sobirova har kuni xizmatga otlanarkan, farzandlarining sog’lom voyaga etayotganidan, to’kin hayot, farovon turmush kechirayotganidan dilida shukronalik hissini tuyadi.