Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 364  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligining Yong`in xavfsizligi oliy texnik maktabi

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligining Yong`in xavfsizligi oliy texnik maktabi Respublika Vazirlar Maxkamasining 1993 yil 11 avgustdagi 404-sonli qaroriga asosan, sobiq SSRI IIVga qarashli Yongindan saqlash oliy texnik muxandisligi maktabi Toshkent fakulteti hamda Toshkent yong`in-texnika bilim yurtlari bazasida tashkil etilgan.  
Maktab: 
- Ichki ishlar idoralari uchun yuqori kasb mahoratiga ega bo'lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug`ullanadigan, yong`in xavfsizligini ta'minlash, yong`inni o'chirish va uning oldini olish, aholining xavfsizligini ta'minlash, moddiy boyliklarni qo'riqlash hamda asrash vazifalarini samarali bajarishga qodir bo'lgan ixtisoslashtirilgan oliy ta'lim muassasasi; 
- o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va Ichki ishlar vazirligining me'yoriy – huquqiy hujjatlari hamda Nizomi asosida yuritadi. 
Quyidagilar Maktabning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- ichki ishlar idoralari uchun yong`in xavfsizligini ta'minlash, uning oldini olish va bartaraf etish, aholining xavfsizligini ta'minlash, moddiy boyliklarni asrash, qo'riqlash borasidagi va boshqa tadbirlarni mustaqil ravishda o'tkaza oladigan yuksak malakali mutaxassis-ofitserlarni tayyorlash;
- taqsil olayotganlarni yuksak darajadagi vatanparvarlik, Vatanga va mustaqillik g`oyalariga sadoqatlik ruhida tarbiyalash, ularda rahbarlik (yetakchilik) xislatlarini, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, mamlakatda jamoat xavfsizligini ta'minlash vazifalarini bajaruvchi jamoani boshqarish, unda sog`lom muhit yaratish ko'nikmalari va mahoratini hosil qilish;
- O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi idoralaridagi ofitserlar tarkibining uzluksiz ta'lim tizimida samarali malakasini oshirishini ta'minlash;
- ilmiy-pedagogik kadrlarning kasb mahorati va ilmiy-metodik salohiyatini oshirish; yong`in xavfsizligini ta'minlash, uning oldini olish, moddiy boyliklarni asrash va qo'riqlashning dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish; mamlakatdagi ijtimoiy xavfsizlikka tahdidlarni chuqur tahlil qilish asosida o'quv, maxsus va metodik adabiyotlarni sifatli tayyorlash; ichki ishlar idoralari shaxsiy tarkibi, fuqarolar va aholining ijtimoiy tuzilmalari o'rtasida yong`in xavfsizligi va moddiy boyliklarni asrash borasidagi ilmiy-ommabop bilimlarni targ`ib etish;
- o`quv jarayoniga ilg`or informatsion va pedagogik texnologiyalarni, ichki ishlar idoralari xodimlarini tayyorlashda ilg`or tajribalarni joriy etish, Maktabning moddiy-texnik bazasini zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq mustahkamlash va takomillashtirish.  

Manzil - 700017, Toshkent shaxri, SH.Rashidov ko'chasi 23; Sirg`ali tumani, Do'stlik ko'chasi, 5-uy. Saytga o`tish.

РУКОВОДСТВО

Maktab Boshlig'i general-mayor

ABDULLA XAMIDULLAYeVICh QO'LDOShYeV

Maktab boshlig'ining birinchi o'rinbosari

polkovnik

O'LMAS TURAYeVICh MUZAFAROV

Maktab boshlig'i o'rinbosari- Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati boshlig'i

polkovnik

G'OFUR BEKCHANOVICH KURAMBOYEV

Maktab boshlig'i o'rinbosari- Moddiy-texnika ta'minoti bo'limi boshlig'i

podpolkovnik

DILShOD MIDXATOVICh TOXTAMURATOV

Maktab boshlig'ining saf qismi bo'yicha o'rinbosari

podpolkovnik

CHARIYAR RO'ZIYEVICh XUJANOV

O'zbekiston Respublikasi IIV Yong'in xavfsizligi oliy texnik maktabi rahbariyati tomonidan 2015 yil davomida fuqarolarni qabul qilish kunlari

JADVALI

Т/Р Maktab rahbariyatining lavozimi va ismi sharifi
Qabul kunlari
Qabul qilish vaqti va joyi
1
Maktab boshlig'i general-mayor

Abdulla Xamidullaevich Qo'ldoshev 

Seshanba
16.00-18.00
2
Maktab boshlig'ining birinchi o'rinbosari polkovnik

Ulmas Turaevich Muzafarov

Chorshanba
16.00-18.00
3
Maktab boshlig'i o'rinbosari — Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati boshlig'i polkovnik

G'ofur Bekchanovich Kurambaev

Payshanba
16.00-18.00
4
Maktab boshlig'i o'rinbosari — Moddiy-texnika ta'minoti bo'limi boshlig'i podpolkovnik

Dilshod Midxatovich Toxtamuratov

Juma
16.00-18.00
5
Maktab boshlig'ining saf qismi bo'yicha o'rinbosari podpolkovnik

Chariyar Ro'zievich Xujanov

Shanba
13.30-15.00

Eslatma: Maktab rahbariyatining qabuliga takliflar, ariza hamda shikoyatlar bilan kirish uchun kelgan fuqarolar Kotibiyat xodimlari tomonidan ro'yxatga olinadilar.

Ohirgi o'zgarish: 19.09.2016 12:41