Sayt haritasi

Bizga qo'shil

Saytdagi so'ngi va ommabop yangiliklar haqida bilmoqchimisiz?

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 1181  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Harbiy-texnika instituti

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy рarbiy-texnik bilim yurti (TOHTBYU) sobiq Sovet Ittifoqi Vazirlar Kengashining 1990 yil 15 oktyabr 1730 sonli ko'rsatmasiga binoan Ichki ishlar vazirligi Oliy kurslari (shartli belgisi 5375 harbiy qism) bazasida tashkil etilib, Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi IIV Ichki qo'shinlari Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti deb nomlangan. Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurti (bundan buyon Bilim yurti) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 10 yanvardagi Farmoni asosida O'zbekiston Respublikasi yurisdiktsiyasiga olinib, Ichki ishlar vazirligi tizimiga kirgan.
Bilim yurti 1991 yili birinchi navbat kursantlarni qabul qilib, 1995 yili dastlabki  bitiruvchilarni tayyorlab chiqargan.
Bilim yurtining faoliyati Ustav asosida amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurti: 
• IIV qo'shinlari va idoralari, O'zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari uchun yuqori kasb mahoratiga ega bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug`ullanadigan, mamlakat xavfsizligi vazifalarini samarali bajarishga qodir bo'lgan oliy harbiy ta'lim muassasasidir.
• O'zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarining qo'llanish rejalarida o'quv harbiy  qo'shilmasi va O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining operativ vaziyat keskinlashganda Toshkent mudofaa makonini himoya qilish rejasi doirasida jamoat tartibi va xavfsizligini kuchaytirish, boshqa operativ xizmat vazifalarini bajarish uchun mo'ljallangan zahirasi hisoblanadi.
• Bilim yurtining garnizon xizmatidagi ayrim vazifalari O'zbekiston Mudofaa vazirining buyruqlari bilan belgilanadi.
• Bilim yurti o'zining jangovar bayrog`iga ega.
 Bilim yurtining tuzilishi
O`zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy texnik bilim yurtining tashkiliy-shtat tuzilishi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 iyuldagi 356-57 sonli “O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtida kadrlar tayyorlashning samaradorligini oshirishning choralari to'g`risida»gi qarori bilan tasdiqlangan. Bilim yurti tashkiliy jihatdan boshqarma, asosiy o'quv bo'linmalar, kafedralar, ta'minot bo'linmalaridan iborat. Uning tarkibiga shtab, kursant batal`onlari, malaka oshirish fakul`teti, o'quv jarayonini ta'minlash batal`oni, 16 kafedra, 10 dan ortiq bo'lim va xizmatlar kiradi.
O'quv faoliyati 
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti – O'zbekiston Respublikasi IIV qo'shinlari va tegishli Ichki ishlar idoralari, shuningdek reja-buyurtmalar asosida boshqa harbiy mahkamalar va huquqni muhofaza etuvchi idoralar uchun kadrlar tayyorlaydi.
Bilim yurtini bitiruvchilariga leytenant harbiy unvoni, oliy ma'lumotli mutaxassis diplomi va B,C toifali haydovchilik guvohnomasi beriladi.
Bilim yurtida o'qish muddati xizmat (mehnat) stajiga kiradi. O'qish davrida kursantlar o'rnatilgan normalar bo'yicha bepul yotoqxona, ovqatlanish, kiyim-kechak, stipendiya va boshqa ta'minotlar bilan ta'minlanadilar. O'qish davrida kursantlar bilim yurti xududida joylashgan maxsus binolarda yashaydilar.
Bilim yurtida xozirgi vaqtda quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha harbiy kadrlar tayyorlanmoqda:
- Ichki ishlar vazirligi qo'shinlari taktik qo'mondonligi (o'qish muddati – 4 yil);
- Ichki ishlar vazirligi ?o'shinlari taktik-tarbiyaviy qo'mondonligi (o'qish muddati – 4 yil);
- jazoni o'tash rejimini tashkil etish (yurisprudentsiya) (o'qish muddati – 4 yil);
- Ichki ishlar vazirligi korxonalarida texnik nazorat va ishlab chiqarishni tashkil etish muhandisligi (o'qish muddati- 5 yil);
- Aniqlovchi va qo'riqlovchi elektron tizimlardan foydalanish texnik-muhandisligi (o'qish muddati – 5 yil).

Т/r Lavozimi
Harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi
Qabul kunlari
Qabul vaqtlari
1
Bilim yurti boshlig'i
Polkovnik Mamatov Xusniddin Mufatxonovich
(u yo'q vaqtda bilim yurti boshlig'ining birinchi o'rinbosari polkovnik Ikromov Abduvohid Riskitillaevich)
har haftaning payshanba kuni

10:00-13:00

14:00-16:00
2
Bilim yurti boshlig'ining birinchi o'rinbosari
Polkovnik Ikromov Abduvohid Riskitillaevich
 (u yo'q vaqtda Shtab boshlig'i podpolkovnik Turg'unov Doniyor Daminjanovich)
har haftaning dushanba kuni

10:00-13:00

14:00-16:00
3
Bilim yurti boshlig'ining o'quv va ilmiy ishlari bo'yicha o'rinbosari
Polkovnik Muxamadkulov Shukurillo Nurilloevich
(u yo'q vaqtda O'quv bo'limi boshlig'i podpolkovnik Rasulmetov Mirzaxmat Normetovich)
har haftaning seshanba kuni

10:00-13:00

14:00-16:00
4
Bilim yurti boshlig'ining tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosari
Podpolkovnik Jumanazarov Davronbek Raximboevich
(u yo'q vaqtda Tarbiyaviy ishlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik Orinov Davronbek Xayitbaevich)
har haftaning chorshanba kuni

10:00-13:00

14:00-16:00
5
Bilim yurti boshlig'ining moddiy-texnik ta'minot bo'yicha o'rinbosari
Podpolkovnik Davlitov Albert Yunusovich
(u yo'q vaqtda Ta'minot bo'limi boshlig'i podpolkovnik Muxammadjonov Muzaffar Muhammadsolihovich)
har haftaning shanba kuni

10:00-13:00

14:00-16:00
6
Bilim yurti boshlig'ining o'rinbosari – Qurol-aslaha va texnika bo'limi boshlig'i
Polkovnik Nishanbaev Saidkarim Abduhokimovich
(u yo'q vaqtda Qurol-aslaha va texnika bo'limi boshlig'ining o'rinbosari mayor Umurzakov Ilxom Islomovich)

 

har haftaning juma kuni

10:00-13:00

14:00-16:00
Ohirgi o'zgarish: 08.05.2017 16:57