Sayt haritasi

Bizga qo'shil

Saytdagi so'ngi va ommabop yangiliklar haqida bilmoqchimisiz?

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 1008  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “JAR” sport-sog’lomlashtirish kompleksi

O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligiga qarashli “JAR” sport-sog’lomlashtirish kompleksi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 30 iyundagi 271-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan. Ichki ishlar vazirining 2001 yil 24 aprel kunidagi 101-sonli buyrugi bilan tasdiqlangan Nizomga asosan o’z faoliyatini olib boradi. 
IIV “JAR” sport-sog’lomlashtirish kompleksi faoliyatining maqsadi:

  • Aholining barcha toifalari orasida sport-sog’lomlashtirish ishlarini rivojlantirish, buning uchun zarur sharoitlar va imkoniyatlar yaratilshini ta’minlash;
  • Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlarining jismoniy tayorgarligini takomillashtirish, xodimlar va ularning oila a’zolari hamda aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sportni muntazam targ’ib qilish va rag’batlantirish;
  • Axolining turli toifalariga mansub kishilarni, birinchi navbatda yoshlarni jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarida qatnashishga keng miqyosida jalb qilish.

IIV “JAR” sport-sog’lomlashtirish kompleksida jahon andozalariga mos qurilgan o’n ming nafar muxlisni o’ziga sig’dira oladigan stadion mavjud bo’lib, ushbu maskanda O’zbeksiton futbol federatsiyasi bilan hamkorlikda halqaro miqyosdagi musobaqalar ham muntazam ravishda o’tkazib turiladi.Shuningdek, hozirgi kunda IIV “JAR” sport-sog’lomlashtirish kompleksida sport tugaraklarini 20 ta malakali sport murabbiylar ko’rkam va shinam 8 ta zallarda mashg’ulotlar olib borilmoqda. Kompleksda  dzyudo, sambo, milliy kurash, sheyping, karate, tennis, boks, kikboksing, badiy-gimnastika, gimnastika, suzish, Taekvan-Do ITF, qo’l-jangi, basketbol, vin-chun kabi sport tugaraklari mavjud.
Halqaro musoboqalarni o’tkazish uchun 760 nafar muxlisni sig’dira oladigan boks zali, 1000 nafar tomoshabinga muljallangan zamonaviy suv havzasi, xalqaro mezonlar darajasida qurilgan 5 ta yozgi va 2 ta qishki tennis kortlari mavjud. Ushbu to’garaklarga 6 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan fuqarolar sport bilan shug’ullanib, o’z salomatliklarini mustahkamlashlari uchun barcha sharoitlar yaratilingan.
2015 yil mobaynida “JAR” SSK sportchilari 16 ta sport musobaqlarida ishtrok etib, shundan 1-o’rin 35 ta, 2-o’rin 13 ta va 3-o’rin 7 ta sportchilar xalqaro toifadagi musoboqalarda faxrli o’rinlarni egallashgan.
IIV “JAR” sport-sog’lomlashtirish kompleksi qoshida tibbiy-diagnostika sog’lomlashtirish markazi mavjud bo’lib, markazda yuqori malakali mutaxasislar: umumiy xirurg-travmatolog, ginekolog, urolog, oftalmolog, otolaringolog, terpevt, pediatr, nevrapotolog, stomotalogiya, jarrohlik, terapevtik, fizioterapevt, funktsional diagnostak (EKG), klinik laborotiriya, ultra tovushli diagnostika kabi xizmat turlari bo’yicha tegishli maslahat berishlari, davolashlari mumkin.

IIV “JAR” SSK bilan bog’lanish telefon:  231-31-02, fax 249-34-77. elektron manzil: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.; manzil : Toshkent shahar, Shayxontohur tuman,  “Chorsu”, Beruniy ko’chasi, 3.  Ishonch telefon:   249-36-43 

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “JAR” sport-sog’lomlashtirish kompleksi raxbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish jadvali

Qabul qiluvchining lavozimi

Raxbariyat

Qabul kunlari

1

Kompleks boshlig’i

Polkovnik
Isaxodjaev Abdusalom Teshaboevich

Juma 
09:00 dan 11:00 gacha

2

Kompleks boshlig’ining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo’yicha o’rinbosar

Podpolkovnik
Igamberdiev Parviz Ilxomovich

Dushanba
10:00 dan 12:00 gacha

3

Kompleks boshlig’ining sport ishlari bo’yicha o’rinbosari

vakant

Seshanba 
09:00 dan 12:00 gacha

4

Kompleks boshlig’ining kommunal foydalanish xizmati bo’yicha o’rinbosari

Podpolkovnik
Axmedov Raxmatilla Raxmonberdievich

Chorshanba
09:00 dan 12:00 gacha

5

Kompleks boshlig’ining o’rinbosari, xarbiylashgan maxsus maktab internat direktori

Mayor
Saidalimov Ansab Axborovich

Payshanba
09:00 dan 12:00 gacha

Ohirgi o'zgarish: 25.08.2016 11:54