Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 399  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Ichki Ishlar Vazirligi Madaniyat saroyi

IIV Madaniyat saroyi Toshkent shahridagi eng zamonaviy madaniyat muassasalaridan biri. Bu maskanda o’quvchi-yoshlar va katta yoshdagilar uchun  madaniy-ma’rifiy yo’nalishdagi tadbirlar, ya’ni, kontsertlar, mahorat darslari, xalqaro miqyosidagi o’quv-seminarlar,  taniqli insonlar bilan uchrashuvlar, bayram tadbirlari turli shakllarda tashkillashtiriladi va o’tkaziladi. Buning uchun Madaniyat saroyida 475 o’rinli kontsert zali, 150 o’rinli keng va nurafshon  konferents-zali va yaxshi jihozlangan o’quv to’garak xonalari, raqs zalari va barcha kerakli ashyolar va mebellar bilan tashkillashtirilgan bufet ishlab turibdi. Madaniyat saroyida Toshkent shahri va viloyatidagi korxonalar bayram, boshqa turdagi tadbir, marosim va yig’ilishlar o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Madaniyat saroyi Toshkent shahrining markazida qulay joyda joylashgan. Qish va yoz mavsumiga mo’ljalangan alohida isitish va sovitgich konditsionerlari mavjud.
Madaniyat saroyida o’quvchi-yoshlarning bo’sh vaqtlarini foydali va mazmunli o’tkazishi uchun to’garaklar, studiyalar va o’quv kurslari ishlab turibdi. To’garklar, studiyalar va o’quv kurslari o’quvchilarning qiziqishlariga asoslangan holda tashkil etilgan, ularning bo’sh vaqtlarini to’ldiradi va bilimlarini kengaytiradi. O’quv kurslari va to’garaklar - milliy raqs, ball raqslari, tasviriy san’at, musiqali-teatr studiyasi, yosh texnik, san’atsevarlar studiyasi, ingliz tili kursi, maktabga tayyorlash “Doshkolnik” to’garagi yo’nalishida ish olib bormoqda.
Ushbu  o’quv kurslar, to’garak, studiyalarda barcha hoxlovchilar (yoshi chegaralanmagan holda) xaftasiga 3 marotiba 1,5 soatdan mashg’ulotlar davomida bilim olishadi , mashg’ulotlar o’tkazilishi kunlari va vaqti qatnashuvchilar (yoki ularning ota-onalari) bilan kelishilgan holda tuziladi. To’garakni bitiruvchilarga guvohnomalar beriladi.
-Milliy raqs to’garagida 3 yoshga to’lgan va undan katta qizlar raqs san’atining mashhur namoyandalari hayoti va ijodini, kuy tinglash va uning mohiyatini tushunish, milliy va qardosh millatlar raqs xarakatlarini ijro etish malakalarini egalaydilar.  To’garak bitiruvchilari Madaniyat saroyi kontsert dasturlarida va boshqa bayram tadbirlarida o’z raqslari bilan qatnashadilar. Mashg’ulotlar o’zbek tilida olib boriladi.
-Ball raqslari studiyasiga 3 yoshdan kichik bo’lmagan, raqsni sevadigan iqtidorli qizlar va o’g’il bolalar qabul qilinadi. Bu raqs san’ati malakalarini yil davomida muntazam o’rganib borish davomida, qatnashchilar kerakli mahoratlarni egallab, kelgusida o’tkaziladigan ko’rik tanlovlarda ishtirok etadilar.  Bunday raqs bilan shug’illangan o’quvchilar sog’lom, qaddi-qomati kelishgan va yoqimtoy bo’lib rivojlanadilar. Mashg’ulotlarni tajribali pedagoglar (rus tilida) olib boradilar.
-Tasviriy san’at to’garagiga o’quvchilar 5 yoshdan qabul qilinadi. To’garakdagi o’quv ishlari rasm chizish va u orqali o’quvchilarni badiiy didlarini rivojlantirish, ularni san’at olamiga, tevarak atrofidagi go’zaliklarga  qiziqishlarini oshirish va bolalar qalbida yaxshilikka intilish hissini tarbiyalashga qaratilgan. Bundan tashqari maktab ta’limidan keyin rassomlik yo’nalishida bilim olishni rejalashtirgan o’rta-maxsus yoki oliy o’quv yurtiga kiruvchi talabalar uchun ham yakka tartibda mashg’ulotlar o’tkazilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari ochiq tabiat qo’ynida mahorat darslari o’tkaziladi. To’garak bitiruvchilariga guvohnomalar beriladi.
-Musiqali-teatr studiyasiga 3 yoshga to’lgan va undan katta o’g’il va qiz bolalar qabul qilinadi. Ushbu studiya noan’anaviy uslubda ishlaydi. Bu erda bolalar sog’lomlashtirish gimnastika mashqlardan boshlab,  atrof muhitni anglash, plastilin bilan ishlash, xoreografiya mashqlarini bajarish, qo’shiq kuylash, raqs tushish, she’rlarni ifodali o’qishni o’rganadilar. 
-Yosh texnik to’garagiga 7 yoshdan kichik bo’lmagan o’g’il bolalar qabul qilinadi. To’garakda bolalar texnik ijodiy  hususiyatlarini o’stirish, oddiy texnika modellarini  samolet, avtomobil, playner, kemalar qog’oz va kartonlardan mustaqil yasash va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha bilim oladilar.  Ushbu to’garakda Xalqaro kosmanavtlar kuniga bag’ishlangan ko’rgazmalar va yasalgan modellarni uchirish musoboqalari, viktorina, muzeylarga sayoxatlar va boshqa qiziqarli noan’anaviy mashg’ulotlar o’tkaziladi.
-San’atsevarlar klubiga 10 yoshdan o’quvchilar qabul qilinadi. Klubda qatnashuvchilar aktyorlik va boshlovchilik kasbining boshlang’ich malakalarini egallaydilar. Ular stsenariylar yozish, bayram tadbirlarini tashkillashtirish, kiyimlar tanlash va ularni bezatish, sahna dekoratsiyalarini tayyorlash kabi ishlarni ya’ni bayram tadbirlarini tayyorlash va uni o’tkazish ko’nikmalarini egallaydilar.
- Ingliz tili kursiga  maktab yoshidagi bolalar, kollej  va oliy o’quv yurti talabalari  qabul qilinadi. O’quv dasturda Reward- 1 yildan 2 yilgacha,Hedway- 2,5 yil o’qitiladi. Mashg’ulotlar guruxda (10-15 o’quvchi) o’zbek va rus tillarida olib boriladi.
«Doshkolnik» maktabga tayyorlash guruxiga 5 yoshli qiz va o’g’il bolalar qabul qilinadi. Bolalarga rasm chizish, o’qish, matematika, yozishdan saboq beriladi. Maktab ta’limiga tayyor bo’lish,  jamoada bilim olish ko’nikmalariga ega  bo’ladilar. Mashg’ulotlar  xaftasiga 3 marta - 1 soat 10 minut davomida olib boriladi.
Matematika - fizika fani kursiga - yuqori sinf o’quvchilari, litsey va kollej talabalari qatnashishlari mumkin. Ushbu to’garakda matematika va fizika fanidan qo’shimcha bilimlar beriladi.

Ichki Ishlar Vazirligi Madaniyat saroyi
Manzil: Toshkent shahri, A.P.Chexov ko’chasi, 5 uy.  Mo’ljal shahar “Suvsoz” idorasi qarshisida. Telefonlar 231-48-34, 256-10-61

Ohirgi o'zgarish: 25.08.2016 12:02