Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 658  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Vazirlik tarixi

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi xizmatlari huquqni muhofaza qilish idoralari tizimiga kiradi.
Ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirish va tartibga solish yuzasidan davlatimiz yuqori organlarining ko'plab qonunlari va qarorlari qabul qilingan. Ularga, 1919 yil 26 iyunda Turkiston ASSR Ichki ishlar xalk komissariatining «Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Respublikasidagi Sovet ishchi —dehqon militsiyasi to'g'risidagi Nizom», usha yilning iyul` oyida qabul qilingan» Turkiston ASSRda , jinoiy qidiruvni tashkil etish to'g'risidagi Nizom», 1948 yilda qabul qilingan» Militsiya postlari va patrul xizmatining Nizomi», 1953 yil 20 iyuldagi O'zbekiston SSR Vazirlar Kengashining «O'zbekiston SSRda jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish va jamoat tartibini saqlash choralari to'g'risida»gi qarori, sobiq SSSR Oliy Kengashi Rayosatining 1962 yil 26 sentyabridagi har yili 10 noyabrni "Militsiya kuni" deb belgilab, uni bayram qilish to'g'risidagi Farmoni, ichki ishlar idoralarida dastlabki tergov yuritish huquqini bergan sobiq ittifoq Oliy Kengashi Rayosatining 1963 yil 6 aprelidagi» Jamoat tartibini saklash idoralariga dastlabki tergovni olib borish huquqini berish to'g'risida»gi Farmonlari kiradi.
O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligiga erishgandan so'ng, barcha huquqni muhofaza qilish idoralari qatori ichki ishlar idoralari faoliyatida ham ko'plab ijobiy o'zgarishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda, O'zbekiston Respublikasi IIV Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 8 yanvardagi 16 —sonli "Ichki ishlar idoralarida xizmat o'tash tartibi haqidagi vaqtinchalik Nizom" asosida faoliyat ko'rsatmoqda. Mana shu Vaqtinchalik Nizomga asosan ichki ishlar idoralari oddiy va rahbar xodimlar tarkibining ichki ishlar idoralarida xizmat qilish tartibi belgilab qo'yilgan.Ichki ishlar idoralarining asosiy vazifalariga konstitutsion tuzumni himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash, fuqarolarning hamda korxona, muassasa, tashkilotlarning mulkini, huquq va erkinliklarini har xil jinoiy tajovuzlardan va boshqa huquqbuzarliklardan himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish va sodir etilgan jinoyatlarni qiska fursatda to'liq ochilishini ta'minlash, jinoyatni sodir etish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etish, sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish, pasport tizimi faoliyatini ta'minlash (fuqarolarga pasport berilishini, ularni ro'yxatdan o'tish va chiqishini, vizalarini rasmiylashtirish), yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, ma'muriy javobgarlik va jinoiy jazolarni bajarilishini ta'minlash, yong'in xavfsizligini saqlash, voyaga yetmaganlar bilan ishlash, fuqarolar tomonidan o'q otar qurollarni sotib olish, saqlash va olib yurish tartibini nazorat qilish va rasmiylashtirish kabi ko'plab vazifalar kiradi.
2001yil 27 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirish to'g'risida" gi Farmoni chiqdi. Ushbu Farmon Vazirlar Mahkamasining shu masalaga bog'liq bir nechta qarorining qabul qilinishiga turtki bo'ldi. Mazkur Farmon vaqarorlar asosida IIVning yetakchi xizmatlarining deyarli hammasida islohotlar amalga oshirilmoqda.Jumladan, o'tkazilgan islohotlar natijasida Vazirlik Tergov, Jamoat tartibini saqlash, Yo'l harakati xavfsizligi, Huquqbuzarliklarning oldini olish, hamda Yong'in xavfsizligi boshqarmalariga Bosh boshqarma maqomi berildi, ularning vakolatlari va vazifalari kengaytirilib, joylardagi bo'limlari boshqarmalarga aylantirildi. Ichki ishlar idoralaridagi islohatlar bugungi kunda ham izchillik bilan davom ettirilmokda.Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasi IIV tizimiga Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi, Tergov bosh boshqarmasi, Post—patrul` xizmati va Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi, Huquqbuzarliklarning oldini olish bosh boshqarmasi, Yo'l Harakati Xavfsizligi bosh boshqarmasi, Yong'in Xavfsizligi bosh boshqarmasi, Xorijga chiqish, kirish va fuqarolik boshqarmasi, Respublika "Qo`riqlash" birlashmasi va ko'plab boshqarmalar, xizmatlar kiradi.

Ohirgi o'zgarish: 24.08.2016 16:56