Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 511  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Tashkiliy tuzilish

O'zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi.

O'zbekiston Respublikasi IIVning Tashkiliy — inspektorlik boshqarmasi Vazirlik apparatini mustaqil boshqarmasi tizimi bo'lib, ichki ishlar idoralarining kuch va vositalarini boshqarish vokolatliga ega, uning xizmat foaliyatini yuqori ko'rsatgichlarga ega bo'lish borasida huquqiy negizini ta'minlaydi. Tashkiliy — inspektorlik boshqarmasi o'z faoliyatini Kostitutsiya, qonun, qonunosti aktlari va IIVning meyoriy aktari asosida tashkil etadi. Boshqarma faoliyati O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri farmoyishi va ish rejalariga muvofiq amalga oshiriladi. Boshqarma boshlig'i O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Lavozimi yuzasidan u Vazirlik hay'atiga a'zo. Shtatning birligi va tarkibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri tomonidan tasdiqlanadi. Qoraqolpog'iston Respublikasi IIV, viloyat va Tarsport IIBning tizimalarida Tashkiliy — inspektorlik bo'limi, Toshkent shahar IIBB tarkibida esa Shtab mavjud, ularning vazifalari Ichki ishlar Vazirligi TIB vazifalariga mos keladi. 

Asosiy vazifalar quyidagilardir:

- O'zbekistondagi ichki ishlar idoralarining xizmat faoliyatini takomillashtirish va respublikadagi boshqa huquqni muhofaza etuvchi organlar bilan hamkorligini ta'minlash; 
- Tezkor vaziyatni uzliksiz kuzatish va uning o'zgarishi yuzasidan o'z vaqtida tegishli choralar ko'rish; 
- Taxliliy va rejalashtirish ishlarini tashkillashtirish, yuqori davlat hokimiyati hamda tashkilotlarga, konstitutsion idoralarga ma'lumotlarni yuborish;
- Ijroni nazorat qilish va tekshirish; 
- Vazirlik apparatini boshqa xizmatlari Bilan birgaligida ilg'or tajriba va ilmiy texnik yutuqlarni amaliyotga tadbiq etish; 
- O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralarining jinoyatchilikka qarshi kurash borasida xalqaro aloqalarni o`rnatish, rivojlantirish va takomillashtirish; 
- O'zbekiston Respublikasi IIV mutassaddi xizmatlari bilan birgalikda ichki ishlar idoralarining asosiy yo'nalishlari bo'yicha qonun loyihalari hamda meyoriy xujjatlarini birgalikda ishlab chiqishda qatnashish.

O'zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi

O'zbekiston Respublikasi IIV JQ va TQKBB 2001 yil iyun` oyida sobiq Jinoyat qidiruv va Korruptsiya, reket va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmalari asosida tashkil qilingan. 
O'zbekiston Respublikasi IIV JQ va TQKBB tarkibida 5 boshqarma va 1 mustqil bo'lim mavjud.


1-Boshqarma. Jinoyatchilik va terrorizmning turli qo'rinishlariga qarshi kurashish muvofiqlashtirish boshqarmasi.
2-Boshqarma. Kriminal va uyushgan jinoyatchilikka qarshi qurashish boshqarmasi. 

Asosiy vazifalari:

-fuqarolarning hayoti va salomatligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar bilan kurashish; 
- xududlararo xarakterdagi uyushgan jinoyatchilik turlriga qarshi kurashish;
- bosqinchilik va mulkni o'g'irlashning boshqa turlariga qarshi kurashish; 
- jinoyatchilarni, bedarak yo'qolganlar kidiruvini tashkillashtirish va noanik murdalar shaxslarini aniqlash.

3-Boshqarma. Terrorizm ko'rinishlari va uning turlariga qarshi kurashish boshqarmasi.

Asosiy vazifalari:

- terrorizm va ekstrmizmning, shu jumladan yoshlar orasidagi har xil ko'rnishlariga qarshi kurashish; 
- qurol - aslaxa va portlovchi moddalarni noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish; 

4-Boshqarma. Korruptsiya, tovlamachilik va reketga qarshi kurashish.

Asosiy vazifalari:

- korruptsiya, tovlamachilik va reketga qarshi kurashish; qonunga xilof ravishda qiymatli qog'ozlar tayyorlash, 
- qalbaki pul yasash va valyuta operatsiyalrini qoidalarini buzishga qarshi kurashish; 
- tadbirkorlarni tovlamachilik va reketdan ximoya kilish. 
- qo'shma korxonalarni tovlamachilik va reketdan himoyaqilish.

5-Boshqarma. Narkotrofik va giyoxvand moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomila qilishga qarshi kurashish. 

Asosiy vazifalari:

- narkotrofik va giyoxvand moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomila qilish, axborot taxlil va tashkiliy ta'minoti; 
- narkotik va giyoxvand moddalarni tarkatishga qarshi kurash; 
- giyoxvand moddalarni noqonuniy ishlab chiqarishga qarshi kurashish va tarkibida giyoxvand moddalar bo'lgan preparatlar va psixotrop moddalardan foydalanishga qarshi kurashish. Alohida bo'lim — Shaxsiy tarkib bo'yicha inspektsiya. 

Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bo'linmalarining asosiy vazifalari :

- jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, jinoiy va ma'muriy huquqbuzarliklarni oldini olish va sodir etilishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha profilaktik tadbirlar o'tkazishning samarali tizimni yaratish; 
- ko'chalarda va boshqa jamoat joylarida sodir etilgan xodisalar va huquqbuzarliklar to'g'risidagi va jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyati natijalari bo'yicha axborotlarni to'plash, jamlash, sistemalashtirish va ularni tahlil qilishni tashkillashtirish, jamoat tartibini saqlashda mavjud kuch va vositalardan samarali foidalanish bo'yicha choralarni belgilash; 
- jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash, qo'poruvchilik-terroristik faoliyat ko'rinishlarini, giyohvand moddalar, o'qotar qurol-aslaxalarini qonunga xilof ravishda o'tkazish, shuningdek boshqa jinoiy tajovuzlarni oldini olish, aniqlash va ularning sodir etilishiga yo'l qo'ymaslikni amalga oshirishda yo'l-patrul xizmati, profilaktika inspektorlari, jinoyat-qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish, ichki qo'shinlar va ichki ishlar idoralarining boshqa xizmat va bo'linmalari bilan samarali hamkorlikni ta'minlash; 
- ommaviy tadbirlarni o'tkazish vaqtida ko'chalar va boshqa jamoat joylarida, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashda Patrul`-post xizmati naryadlarining samaradorligini ta'minlash, shuningdek jinoyat-qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish apparatlari, huquqni muhofaza qilish tizimining boshqa bo'linmalariga sodir etilgan jinoyatlarni «issiq izlari» bo'yicha ochishda yordam ko'rsatish; 
- Patrul`-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bo'linmalari shaxsiy tarkibining favkulotda vaziyatlarda xarakat kilish uchun doimiy jangovar tayyorgarligini ta'minlash; 
- o'qotar qurol, alohida foydalanish tartibi o'rnatilgan predmet va moddalarni sotib olish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalarining buzilishini oldini olish va barham berish, ularni o'g'irlanishi, yo'qolishi, maqsaddan tashqari yoki jinoyat maqsadlarda ishlatilish hollarini oldini olish; 
- horijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari xavfsizligini ta'minlash, vakolatxonalar joylashgan hududlarlarda ommaviy tartibsizliklar, tabiiy ofatlar xavfi va favqulotda xodisalar yuzaga kelishi mumkin bo'lganda, shuningdek vakolatxonalarning ichkarisiga terroristik, ekstremistik va boshqa jinoiy maqsadlaridagi shaxslarni o'tib ketishidan ishonchli himoyalash; 
- jinoyat sodir etishda gumon qilingan va hibsga olingan shaxslarni ishonchli quriqlash, ularni saqlash va konvoy etish tartibotiga amal qilinishi, ma'muriy huquqbuzarliklar uchun hibsga olinganlar uchun maxsus qabulxonalar, vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati ustidan samarali nazorat o'rnatish; 
- kinologiya xizmati faoliyatini tashkil etish; 
- Patrul`-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bo'linmalarining, fuqarolarni o'z - o'zini boshqarish idoralari, «maxalla posbonlari» jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikni ta'minlash, ularning jamoat tartibini saqlash borasidagi ishlarni amalga oshirishlarida har tomonlama yordam ko'rsatish va ularni bu jarayonga faol jalb etishni ta'minlash; 
- karantin - qo'riklash tadbirlarini amalga oshiruvchi otryadlarning asosiy vazifa va maqsadlari O'zbekiston Respublikasi hududida epizootiyaga qarshi kurash tadbirlari olib borishda jamoat tartibini va xavfsizligini ta'minlash; 
- veterinariya idoralariga Respublikada karantin - qo'riklash tadbirlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko'rsatish, hayvonlar va parrandalar orasida tarqalgan o'ta xavfli yuqumli kasalliklarni bartaraf qilishi bo'yicha ularning topshiriqlarini bajarish; 
- Respublikada chorvachilik hayvonlarni, parrandalarni, chorva maxsulotlarini va xomashyolarni olib kirish, olib chiqish, tashish hamda haydab o'tish qoidalari talablarini bajarilishi ustidan nazorat qilish.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklarni oldini olish bo'linmalarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

-jinoyatchilikni oldini olish va unga yo'l qo'ymaslik uchun mamlakatdagi, alohida xudud va shaharlardagi kriminogen vaziyatni chuqur o'rganish, mavjud kuch va vositalardan foydalanish samaradorligini tahlil etish; 
-huquqbuzarliklarning oldini olishning dastlabki tadbirlarini tashkil etish, huquqbuzarliklar va alohida turdagi jinoyatlarni sodir etilishining sabab va sharoitlarini aniqlash va ularni o'z vaqtida bartaraf etish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish; 
-operativ-profilaktik ro'yxatga olingan, tarbiyaviy jihatdan nosog'lom oilalar bilan, muqqaddam sudlangan shaxslar bilan profilaktik ishlar olib borish, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod bo'lganlarni ishga joylash-tirishda yordam ko'rsatish; 
-voyaga yetmaganlar va yoshlar o'rtasida ta'lim muassasalarida yoshlarning jam bo'lib yashash joylarida, ularning turar va ish joylarida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek davlat hokimiyati mahalliy idoralari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish idoralari bilan hamkorlikda yoshlarni ishga joylashtirish, usmirlarning o'qish va ishdan bo'sh vaktlarini o'tkazishini tashkil etish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish; 
-axolini mehnat bilan ta'minlash, uning yashash sharoitini yaxshilash, ijtimoiy keskinlikni kamaytirish va jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishning asosiy sharti sifatida kichik biznesni taraqqiy ettirishda hokimiyat idoralariga yordam ko'rsatish; 
-fuqarolar va muassasalar tomonidan pasport-viza tartibotini, o'kotar qurollarni saqlash tartibi va qoidalariga qat'iy amal qilinishi ustidan nazoratni ta'minlash va jinoyatlarni ochish, tergov va sudga kelishdan bosh tortuvchilarni va bedarak yo'qolganlarni qidirishda jinoyat qidiruv, tergov xodimlariga amaliy yordam kursatish; 
-amaldagi qonunlarga asosan ozodlikdan mahrum etish bilan bog'lik bo'lmagan, muayyan huquqlaridan mahrum etilgan ahloq tuzatish ishlariga va shartli hukm qilinganlarga nisbatan jazolarni ijrosini tashkil qilish; 
-huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi o'rtasida huquq madaniyatini shakllantirish va oshirish masalalarini hal etishda xalq ta'limi, madaniyat, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish idoralari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni va ular faoliyatini muvofiqlashtirishni ta'minlash; 
-huquqbuzarliklarni oldini olish bo'linmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, ushbu xizmat xodimlarini umumiy va maxsus tayyorgarligini yuqori darajadagi ko'tarishga xizmat qiluvchi ta'lim texnologiyalari va o'qitishni intensiv usullarini keng qo'llash.

Ohirgi o'zgarish: 25.08.2016 11:30