Sayt haritasi

Bizga qo'shil

Saytdagi so'ngi va ommabop yangiliklar haqida bilmoqchimisiz?

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 1203  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish tartibi

Ichki ishlar organlari xizmatiga (keyingi o’rinlarda xizmatga deb yuritiladi) yoshi o’n sakkizdan kichik va o’ttizdan katta bo’lmagan, tegishli ma’lumotga va mutaxassislikka ega bo’lgan, o’zining shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog’lig’ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo’yicha ichki ishlar organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari – safdagi xizmat bilan bog’liq lavozimlarga bo’yi 170 santimetrdan past bo’lmagan erkaklar va 165 santimetrdan past bo’lmagan ayollar ixtiyoriy tartibda, tanlov asosida qabul qilinadi.
Shuningdek, erkaklar O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o’tashi yoxud oliy o’quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o’tgan bo’lishlari shart.

Xizmatga kirish istagini bildirgan shaxslar doimiy yashash joyi bo’yicha ichki ishlar organlariga murojaat etib quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ariza;
fuqarolik pasporti nusxasi (asli ko’rsatilgan holda);
tug’ilganlik haqida guvohnoma nusxasi (asli ko’rsatilgan holda). Dalolatnoma yozuviga o’zgartirish, tuzatish va qo’shimchalar kiritilgan yoki tug’ilganlik haqida guvohnoma almashtirilgan yoxud ‎‎familiyasi, ismi, otasining ismi va boshqa ma’lumotlar o’zgartirilgan bo’lsa, FHDYo organining bu haqdagi ma’lumotnomasi;
qarindoshlarining (ota-ona, er-xotin, aka-uka, opa-singil, o’g’il-qizlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari) fuqarolik pasporti, tug’ilganlik haqidagi, nikoh qayd etilganligi yoki bekor qilinganligi haqida guvohnomalari, nogironlik guvohnomasi (agar mavjud bo’lsa) va vafot etganlar bo’lsa, ularning o’lim haqida guvohnomasi nusxalari (mazkur hujjatlarning asli ko’rsatilgan holda);
3 x 4 sm o’lchamdagi oltita fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 9 x 12 sm o’lchamdagi ikkita fotosurat (bosh kiyimsiz);
tarjimai holi;
anketa-ma’lumotnoma;
o’qish, ish (agar o’qiyotgan yoki ishlayotgan bo’lsa) va yashash joyidan tavsifnoma hamda ma’lumotnoma (yashash joyidan berilgan ma’lumotnomada nomzodning oila a’zolari ko’rsatiladi);
ma’lumoti to’g’risidagi (o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy) hujjatlar (asli va nusxasi);
harbiy guvohnomasi (agar fuqaro O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o’qishga topshirayotgan bo’lsa va unda harbiy guvohnoma mavjud bo’lmasa, uning chaqiruv uchastkasida qayd qilinganligi to’g’risida guvohnomasi);
086-U shakl bo’yicha tibbiy ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (agar mavjud bo’lsa).
Ichki ishlar organlarida xizmatni o’tashning xususiyatidan kelib chiqib, ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish uchun nomzoddan qo’shimcha ravishda zarur hujjat va ma’lumotlar talab qilinishi yoki tegishli tashkilotlardan so’rab olinishi mumkin.
Xizmatga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlov dastlabki va yakuniy bosqichdan iborat.

Dastlabki tanlov tadbirlari quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
yakka tartibdagi suhbat – nomzod birinchi marotaba murojaat qilgan vaqtda o’tkaziladi;
diktant – nomzodning xohishiga ko’ra davlat tilida, qoraqalpoq yoki rus tillarida bir yuz ellik so’zdan kam bo’lmagan matnlar doirasida o’tkaziladi va O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholanadi;
psixologik o’rganish – psixologik test sinovidan o’tkazish orqali amalga oshiriladi;
umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash – yigitlar sport  to’sinida tortilish, 100 metrga va 3000 metrga yugurish, ayollar kuch ishlatish mashqlari kompleksi, 100 metrga va 1000 metrga yugurish mashqlarini bajaradi.
Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik bo’yicha topshirgan sinovlari quyidagi jadval asosida baholanadi:

Mashq turi

Baholash tartibi

a'lo

yaxshi

qoniqarli

Yigitlar uchun me'yorlar

Turnikda tortilish (marotaba)

15

13

11

100 m.ga yugurish (sek.)

13.2

14.0

14.7

3000 m.ga yugurish (daq.sek.)

12.00

12.45

13.35

 

Qish mavsumida

1000m.ga yugurish (daq.sek.)

3.30

3.45

4.00

10x10 metrga yugurish (sek)

22

24

26

Ayollar uchun me'yorlar

100 m.ga yugurish (sek.)

16.2

16.8

17.3

1000 m.ga yugurish (daq.sek.)

4.00

4.15

4.35

Kompleks kuch ishlatish mashqlari
(1-daqiqa, marotaba)

38

34-37

30-33

 

Qish mavsumida

400 metrga yugurish (daq.sek.)

1.35

1.45

1.55

10x10 metrga yugurish (sek)

32

36

40

Dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlarning hujjatlarini rasmiylashtirish va tekshirish ishlari amalga oshiriladi va nomzodning hujjatlari to’liq rasmiylashtirilganidan so’ng, xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash uchun harbiy-tibbiy komissiyasiga yo’llanma beriladi.

Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolar, ichki ishlar organlarida xizmatni o’tashga to’sqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo’lgan fuqarolar xizmatga qabul qilinmaydi.
Nomzodning hujjatlarini o’rganish davomida uni xizmatga qabul qilinishiga to’sqinlik qiluvchi salbiy ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, nomzodni xizmatga qabul qilish rad etiladi.
Nomzodning hujjatlari to’liq rasmiylashtirilib, u harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilganda, nomzod yakuniy tanlovga qo’yiladi.

Yakuniy tanlov test sinovi shaklida o’tkaziladi. Test 3 ta ya’ni,  umumiyta’lim, siyosiy-ijtimoiy va ona tili yo’nalishlaridan, har bir yo’nalish bo’yicha 36 ta, jami 108 ta savoldan iborat bo’ladi.
Tanlovlarda ishtirok etadigan nomzodlar soni cheklanmaydi. Yakuniy tanlovda bir lavozimga (o’ringa) kamida ikkita nomzod ishtirok etadi. Tanlovda eng yuqori ball to’plagan nomzodlar xizmatga qabul qilinadi.  
Dastlabki va yakuniy tanlovdan o’ta olmagan nomzodlarga bir yil davomida yana ikki marotaba qayta sinov topshiriga ruxsat etiladi.

Yakuniy tanlovdan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar, qabul komissiyasining qarori e’lon qilingandan so’ng, bayonnomada ko’rsatilgan xizmat yo’nalishlari bo’yicha lavozimlarga tayinlanadi.

Ichki ishlar organlaridagi lavozimlar:
ofitserlar tarkibi lavozimlari – oliy ma’lumotga ega  fuqarolar;
serjantlar tarkibi lavozimlari – IIV oliy ta’lim muassasalarining Serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslarini bitirgan fuqarolar;
safdorlar tarkibi lavozimlari – 11-sinf ma’lumotiga ega o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ma’lumotga ega fuqarolar hisobidan jamlanadi.
Zaxiradagi ofitserlar safdor va serjantlar tarkibidagi lavozimlarga qabul qilinmaydi.
Xizmatga qabul qilingan xodimlarga uch oydan ortiq bo’lmagan dastlabki sinov muddati o’rnatiladi.

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish tartibi

Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o’qishga o’n etti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo’lgan, o’rta va o’rta-maxsus ma’lumotli, bo’yi 170 santimetrdan past bo’lmagan erkaklar hamda IIV Akademiyasiga bo’yi
165 santimetrdan past bo’lmagan ayollar qabul qilinadi.
Shuningdek, ichki ishlar organlarining safdor va serjantlar tarkibida xizmat qilayotgan xodim va harbiy xizmatchilari yigirma besh yoshgacha qabul qilinishlari mumkin.
IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtiga o’qishga o’n sakkiz yoshdan yigirma bir yoshgacha bo’lgan erkaklar qabul qilinadi.
IIV Akademiyasi Serjantlar tarkibini tayyorlash bo’yicha oliy kurslariga o’qishga – ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish uchun belgilangan talablarga javob beradigan, oliy ma’lumotli (tibbiyot xizmatining feldsher hamda kinologiya lavozimlari uchun tegishli o’rta-maxsus ma’lumotga ega bo’lganlar qabul qilinishi mumkin) O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) qabul yilidan oldingi yilning 15 noyabridan qabul yilining
15 fevraliga qadar doimiy yashash joyi bo’yicha ichki ishlar organlari tomonidan qabul qilinadi.
O’qishga kiruvchilarning hujjatlari ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinuvchi nomzodlar kabi rasmiylashtiriladi.

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o’qishga nomzodlarni tanlash uchun quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi.
Harbiy professional yo’nalish – harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatchilarga hamda umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari orasida targ’ibot-tashviqot ishlari o’tkazilib, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o’qishga kirishga eng iqtidorli, har tomonlama kamol topgan, tayyorgarlik ko’rgan va Vatanga sadoqatli yoshlarni jalb etiladi.
Tanlovning keyingi bosqichi ya’ni dastlabki tanlashda - oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirishga qaror qilgan fuqaro yoki harbiy xizmatchiga tegishli ma’lumotlarni, uning ta’lim muassasasidagi o’zlashtirishi darajasini aniqlash, individual-psixologik xususiyatlarini, jismoniy tayyorgarligi va sog’lig’i haqidagi ma’lumotlarni dastlabki to’plash va o’rganishdan iborat.
Harbiy-professional tanlash - iyun oyida oliy harbiy ta’lim muassasalarida o’tkazilib, bunda yakka tartibdagi yakuniy suhbatda uzil-kesil ko’rib chiqish uchun nomzodning asoslangan va psixofiziologik xususiyatlarini, tayyorlanganligi va ko’nikmalarini, shuningdek sog’lig’i va umumjismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda uning tanlangan harbiy mutaxassislikni egallab olishga tayyorligini aniqlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o’tkaziladi:
hujjatlarni o’rganish;
psixofiziologik o’rganish;
tibbiy ko’rikdan o’tkazish;
yozma ish (diktant);
kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan tadbirlar natijasida nomzodlar tomonidan to’plangan ballar maxsus tashkil etilgan komissiya tomonidan o’rganib chiqilib, yakuniy suhbat natijalariga ko’ra yuqori natijalarga erishgan nomzodlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan test sinoviga qo’yiladi.
Nomzodlar test sinovlarini o’zlari tanlagan uch tildan birida o’zbek, qoraqalpoq, rus tillarida topshirishlari mumkin.

O'zbekiston Respublikasi IIV oliy harbiy ta'lim muassasalariga o'qishga kiruvchi abiturientlar uchun mutaxassisliklar bo'yicha test topshirish fanlarining

RO' Y X A T I

Oliy ta'lim muassasalari

Mutaxassisliklar

Test o'tkazish
bo'yicha fanlar

IIV Akademiyasi

-Tergov faoliyati;
-Operativ-qidiruv faoliyati;
-Jinoyatlarni oldini olish faoliyati;
-Ekspert-kriminalistika faoliyati.

Tarix

Ona tili va adabiyoti

Chet tili

Yong'in xavfsizligi oliy texnik maktabi

-Yong'in xavfsizligi;

Matematika

Kimyo

Ona tili va adabiyoti

Chet-tili

Toshkent
oliy harbiy-texnik bilim yurti

-IIV  qo'shinlari  taktik qo'mondonligi;
-IIV  qo'shinlari  taktik- tarbiyaviy qo'mondonligi.

Tarix

Matematika

Chet-tili

- Jazoni o'tash rejimini tashkil etish (yurisprudentsiya).

Tarix

Ona tili va adabiyoti

Chet-tili

-IIV  korxonalarida texnik  nazorat va ishlab chiqarishni tashkil etish muhandisligi.

Matematika

Chet-tili

Ona tili va adabiyoti

-Aniqlovchi va qo'riqlovchi elektron tizimlaridan foydalanish texnik-muhandisligi.

Fizika

Matematika

Chet-tili

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori "O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmat o'tash to'g'risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida"

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori "O'zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlaridagi mavjud bo'sh vakansiyalar bo'yicha 

 

Ohirgi o'zgarish: 05.04.2017 12:04