Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 985  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Tezkor xabarlar

JINOYaTGA JAZO MUQARRAR

Xalqimizda “bir kun janjal bo’lgan joydan qirq kun baraka ko’tariladi”, degan ibora bor, ko’pincha yaxshi gap-so’zlar bilan boshlangan ulfatlar bazmi spirtli ichimlik ta’sirida oxir-oqibat janjal-to’polon bilan yakunlanib, mushtlashuvgacha borib etadi, eng ayanchlisi, bunday holatlardan  nafaqat ularning o’zlari balki, yaqinlari ham birdek aziyat chekadilar.

Transport vositalari bilan bog’liq jinoyatlar haqida

 

2017 yil 11 aprel kuni soat 03-00 larda, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Loyish shaharchasi hududida noma’lum haydovchi, noma’lum transport vositasi bilan piyoda Oqdaryo tumani, Loyish shaharchasida yashovchi, 1990 yilda tug’ilgan S.N.ni urib yuborib yo’l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada piyoda S.N. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

QO’LI EGRINING YO’LI EGRI

Azaldan xalqimiz halollikni ulug’lab, o’g’rilik, qo’li egrilikni qoralagan. Egasidan so’roqsiz hech bir narsaga hatto qo’l tekkizishga botinmagan. Lekin oramizda shunday insonlar borki, ular o’zganing haqiga xiyonat qilishdan tap tortmaydi.

"QO’RIQLASH" XIZMATI FAOLIYATIGA OID

Joriy yilning 16 aprel  kuni kech soat 02.54larda Navoiy viloyati Zarafshon shahar IIB huzuridagi qo’riqlash bo’limi Texnik qo’riqlash punkti qo’rig’ida bo’lgan Zarafshon shahar “Ruxshona-Zarafshon” MCНJga tegishli spirtli ichimliklar savdo do’konidan tushgan “Tashvish xabari” TQP  operatori M.Narinbetova tomonidan ...

"QO’RIQLASH" XIZMATI FAOLIYATIGA OID

Joriy yilning 21 mart kuni soat 20.27larda Toshkent shahar  Yashnabod tumani Farg’ona yo’li ko’chasi 39-uyda joylashgan OOO “Guruzliik” inshootidan “Tashvish” xabari kelib tushgan, mazkur tashvish xabarga asosan Yashnabod tumani Qo’riqlash xizmati tezkor xarakatlanuvchi gurux xodimlari...

"QO’RIQLASh" XIZMATI FAOLIYaTIGA OID

Joriy yilning 20 mart kuni soat 19.00larda Samarqand viloyati Samarqand shahar yashovchi, ishlamaydigan, 1983-yilda tug’ilgan fuqaro U.T “Shodiyona” savdo majmuasida joylashgan Xo’jagunjoish mahallasida yashovchi, xususiy tadbirkor, 1992 yilda tug’ilgan fuqaro ....

"QO’RIQLASh" XIZMATI FAOLIYaTIGA OID

Joriy yilning 16 mart kuni kech soat 22.55larda Navoiy viloyati Karmana tumani Jaloyir Qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi, 1995 yilda tug’ilgan, fuqaro B.A  shaxar buyum bozori oldi tomonidagi avtoturargoxda turgan Navoiy shahar G’alaba Shox ko’chasi 137-uy 12-xonadonda yashovchi fuqaro...

O’tgan hafta mobaynida sodir bo’lgan yong’inlar to’g’risida:

Qoraqalpog’iton Respublikasi Kegeyli tumanida yashovchi fuqaro S.Qobilovning uyidagi isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong’in kelib chiqib, uyning 90 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Fosh etilgan transport bilan bog’liq jinoyatlar haqida

2017 yil 10 aprel kuni soat 21-00 larda, Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli-Lutfikor ko’chalari chorrahasida, noma’lum haydovchi noma’lum transport vositasi bilan piyoda Sergeli tumanida yashovchi, 1969 yilda tug’ilgan F.M.ni urib yuborib yo’l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada piyoda F.M. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

Fosh etilgan transport bilan bog’liq jinoyatlar haqida

2017 yil 18 aprel kuni soat 01-00 larda, Farg’ona viloyati, Farg’ona shahri hududida, noma’lum haydovchi, noma’lum transport vositasi bilan velosipedchi Toshloq tumanida yashagan, 1974 yilda tug’ilgan Z.D.ni urib yuborib yo’l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada velosipedchi Z.D. tan jarohati olib kasalxonada vafot etgan.

"Qo’riqlash" xizmati faoliyatiga oid

Joriy  yilning  03 mart kuni soat 09.40larda 1972 yilda tug’ilgan Guliston shahar, 2-mavze, Sayqal mahallasi 22/1-uyda yashovchi fuqaro ishdan qaytib uyiga kirayotgan vaqtida uy eshigi ochilganligi sezib uyga kirganda noma’lum shaxs borligini sezib,  sekingina ko’chaga qochib chiqadi ...

"Qo’riqlash" xizmati faoliyatiga oid

Joriy yilning 07 yanvar kunidan  08-yanvar kuniga o’tar kechasi Guliston shahar, N.Zokirov ko’chasida tungi yo’nalish militsiyasida xizmatni olib borayotgan Guliston shahar IIB xuzuridagi tumanlararo Qo’riqlash bo’limi militsionerlari kichik serjant J.Abbosov hamda safdor O.Abdullaevlar xizmat vaqtida....

JANGARI FILMLAR TA’SIRIDA...

O’smir psixologiyasi shundayki, unga kuchli ta’sir ko’rsatgan vosita misli toshga o’yilgan bitikday ongida, fe’l-atvorida muhrlanib qoladi. Bugun xorijning jangari va zo’ravonlikni targ’ib etuvchi filmlarini ko’rib, o’zini o’sha asar qahramonlariday tutishga urinish ayrim hollarda og’ir jinoyatlarning sodir etilishiga ham sabab bo’lmoqda.

Toshkent shahri va viloyati hududida sodir etilgan yo’l-transport hodisalari haqida

2017 yil 13 aprel kuni soat 14-30 larda, Toshkent shahar, Mirzo-Ulug’bek tumani, Buyuk Ipak Yo’li ko’chasida, haydovchi Olmazor tumanida yashovchi, 1987 yilda tug’ilgan A.N. «LASETTI» rusumli avtomobilini boshqarayotib, rul boshqaruvini yo’qotib yo’l chetidagi daraxtga urilgan.

“Sirg’ali”lik jinoyatchilar qilmishi

Toshkent shaxrining Yakkasaroy tumanida noma’lum shaxs Bobur ko’chasida joylashgan “Al-Qasr” kafesi oldida 1989 yilda tug’ilgan fuqaroning “Spark” rusumli  avtomashinasining orqa o’rindig’ida turgan, ichida 7.600.000 so’m puli bo’lgan tselofan paketini olib voqea joyidan yashiringan.

FIRIBGARNING NAG’MASI O’TMADI

Samarqandlik 1992 yilda tug’ilgan fuqaro firibgarlikni o’ziga kasb qilib, qoraqalpog’istonlik ayolni chuv tushirdi. Bu ustaomon yosh yigit poytaxtimizning Yashnobod tumani hududida 1971 yilda tug’ilgan vaqtincha Mirobod tumanida ro’yxatda turgan ayolni aldash yo’li bilan ishonchiga kirgan.

TALONChILAR QO’LGA OLINDI

Toshkent viloyati Angren shahrida 3 nafar noma’lum shaxslar ishdan chiqib oilasiga shoshilgan 1975 yilda tug’ilgan D.Karimovni tunab ketdilar. Jabr diyda fuqarodan 450 000 so’m puli va “Nokiya” mobil telefoni bo’lgan sumkasini tortib olib qo’lga kiritgan jinoyatchilar shu onda ko’zdan g’oyib bo’lishga urinishadi.

QONUN BARChAGA BAROBAR

Ohangaron tumani IIB Navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko’ra,  tunda ikki nafar noma’lum shaxslar, o’zganing mulkini bosqinchilik yo’li bilan talon-taroj qilish maqsadida, yuzlariga niqob kiyib,  qo’llariga qo’lqop taqib, Ohangaron tumani, Ubayd qishlog’ida yashovchi 1992 yilda tug’ilgan ayolning xonadoniga kirish eshigini buzib kirgan.

O’G’IRLIKNI KASB QILIB OLGAN

Ohangaron tumanida istiqomat qiluvchi 1988 yilda tug’ilgan X. Timofey muqaddam ham jinoyat sodir etganligi bois javobgarlikka tortilgan bo’lsada, bundan xulosa chiqarmay o’zgalarning mol-mulkini yashirin  ravishda talon - taroj qilishga urinadi.

O’tgan hafta mobaynida sodir bo’lgan yong’inlar to’g’risida:

Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi fuqaro R.Saidakbarovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong’in sodir bo’lib, uyning 24 kv. metr maydonda shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.