Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 333  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Qo’qon shahrida jinoyat fosh etildi

Farg’ona viloyati Qo’qon shahar ichki ishlar bo’limiga Samarqand shahrida yashovchi 30 yoshli  fuqaro  murojaat qilib,  Bog’iston ko’chasida joylashgan yuk avtomashinalari turar joyida o’zining "Isuzu" rusumli avtomashinasida dam olib o’tirgan vaqtida uni shu shaharda yashovchi ikki notanish fuqarolar mast holatda kuch ishlatish yo’li bilan qo’rqitib,  pul talab qilganligini ma’lum  qilgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu sodir etilgan talonchilik to’liq fosh etilib, gumonlanuvchilar qo’lga olindi. Ular shu shaharda yashovchilar 36 va 26 yoshli fuqarolar ekan.  Mazkur holat bo’yicha jinoyat ishi qo’zg’atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O’zbekiston  Respublikasi  IIV  Matbuot  xizmati

Tezkor xabarlar
Ohirgi o'zgarish: 16.12.2016 10:07