Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 1022  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Bosqinchilik fosh etildi

Navoiy shahar IIBga Karmana tumanida yashovchi 20 yoshli ayol murojaat qilib, noma’lum shaxs  "Kimyogarlar" o’yingohining orqasida uni urib jarohat etkazib "SAMSUNG" rusumli  qo’l telefonini olib ketganligini ma’lum qiladi.

Shahar ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida gumonlanuvchi "issiq izida" qo’lga olindi va ushbu jinoyat to’liq fosh etildi. Aniqlanishicha, mazkur bosqinchilikni Nurota tumanida yashovchi fuqaro sodir etgan. Ushbu holat bo’yicha jinoyat ishi qo’zg’atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati

Tezkor xabarlar
Ohirgi o'zgarish: 13.12.2016 08:16