Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 366  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Tezkor xabarlar

O’zbekiston Respublikasi IIV YHXBB

2017 yil  12 mart kuni soat 19-30 larda, Qashqadaryo viloyati, G’uzor tumani hududida, noma’lum haydovchi, noma’lum transport vositasini boshqarayotib, yo’lni kesib o’tayotgan velosipedchi, shu tumanda yashagan G’.B.ni urib yuborib yo’l-transport hodisasi joyidan yashiringan. 

O’zbekiston Respublikasi IIV YHXBB

2017 yil 11 mart kuni soat 14-00 larda tushgan xabarga ko’ra, shu kuni soat 12-00 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida noma’lum haydovchi, «NEKSIYА» rusumli avtomobilini boshqarayotib, piyoda Qashqadaryo viloyati, Yakkabog’ tumanida yashovchi Ya.F.ni urib yuborib yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan joydan yashiringan. Natijada piyoda Ya.F. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

O’zbekiston Respublikasi IIV YHXBB

2017 yil 9 mart kuni soat 18-30 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida, noma’lum haydovchi, noma’lum transport vositasini boshqarayotib, piyoda Toshkent shahar, Uchtepa tumanida yashovchi Q.J.ni urib yuborib yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan joydan yashiringan. Natijada piyoda Q.J.ga kasalxonada tibbiy yordam ko’rsatilgan.

YoSh UMRINI PANJARA ORTIGA ALMAShTIRDI

Sirdaryo tumanida 2 noma’lum shaxs yuzlariga niqob kiygan holda U.Xodjaev ko’chasida yashovchi, nafaqaxo’r, 1953 yilda tug’ilgan ayolning uyiga bostirib kirib, uni urib, tan jarohati etkazib 230 ming so’m puli, sariq metaldan yasalgan zargarlik buyumi va “Nokiya” rusumli mobil telefonini olib voqea joyidan yashiringanlar.

TELEFON O’G’RILARI UZOQQA BOROLMADI

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 2 noma’lum shaxs Sh.Rashidov ko’chasida joylashgan “O’zbegim” to’yxonasi oldida shu ko’chada yashovchi, 1998 yilda tug’ilgan kasb-hunar kolleji o’quvchisiga nisbatan kuch ishlatish yo’li bilan qo’rqitib 100 ming so’m puli va “Lenovo” rusumli mobil telefon apparatini tortib olib, ko’zdan g’oyib bo’lganlar.

TALONChI QO’LGA OLINDI

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tungi soat 02:00larda noma’lum shaxs Qorasuv ko’chasida yashovchi hech qaerda ishlamaydigan, 1985 yilda tug’ilgan ayolni o’z uyi oldida kuch ishlatish yo’li bilan qo’rqitib, uning 30 ming so’m puli, qo’l soati va 2 turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini olib ketgan.

Tarki odat amri mahol

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida  yashovchi  1963  yilda  tug’ilgan hususiy tadbirkor ichki ishlar  bo’limiga  ariza  bilan murojaat  qilib, noma’lum shaxs  uning  15  bosh  qo’ylarini  o’g’irlab  ketganligini  ma’lum  qilgan.

Birovniki buyurmaydi

Toshkent shahar Yunusobod tumanida noma’lum shaxs kasb-hunar kollejida o’qiydigan, 1999  yilda  tug’ilgan qizni  kuch  ishlatish  yo’li  bilan  qo’rqitib,  uning «Samsung»  mobil  telefonini   tortib  olib  ketgan.

Qoramol o’g’risi qo’lga tushdi

Farg’ona  viloyati Bag’dod tumanida yashovchi 1984 yilda tug’ilgan  fuqaro  ichki ishlar  bo’limiga ariza  bilan   murojaat  qilib, noma’lum shaxs  uning  2  bosh   qoramolini  o’g’irlab  ketganligini  ma’lum  qilgan. Mazkur holat yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining  169-moddasi 2-qismi  bilan jinoyat  ishi  qo’zg’atilgan.

FIRIBGAR AYoL FOSh ETILDI

Toshkent shahrtining Bektemir tumanida noma’lum ayol “Qo’yliq” avtobuslar shoh bekatida Mirobod tumanida yashovchi 1993 yilda tug’ilgan ayolning plastik kartochkalaridagi pul mablag’larini naqdlashtirib berishni aytib, aldash yo’li bilan ishonchiga kirib hisobida 19 million va 42 million puli bo’lgan 2 dona plastik kartochkalarini  olib, shundan 6 million so’mini naqdlashtirib berib, qolgan 55 million so’m pulini firibgarlik yo’li bilan olib ketgan.

RUYXATDA TURMAGAN OV MILTIG’I OLINDI

Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida o’tkazilgan “Antiterror-Tozalash” tadbiri davomida, Qarmish qishlog’ida yashovchi,  1956 yilda tug’ilgan fuqaroning uyidan Ichki ishlar bo’limi ro’yxatida turmagan ov miltig’i topildi va daliliy ashyo sifatida olib qo’yildi.

YaNGIYO’LDA TALONChILIK FOSh ETILDI

Toshkent viloyatining Yangiyo’l tumanida 3 nafar noma’lum shaxs Ramadon mahalla fuqarolar yig’ini Samarqand ko’chasida, 1970 yilda tug’ilgan fuqaroni kuch ishlatish yo’li bilan qo’rqitib, 2 dona “Nokiya” mobil telefonini tortib olib voqea joyidan yashiringanlar.

MASTLIK OQIBATI

Qoraqalpog’iston Respublikasining Nukus shahrida 1978 yilda tug’ilgan fuqaro  A.  mast holda  E.Alako’z ko’chasida, o’zaro janjal oqibatida 1963 yilda tug’ilgan fuqaroning yuz qismiga urib, tan jarohati etkazgan. Natijada jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan va ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shu erda   vafot etgan.

O’ta og’ir jinoyat fosh etildi

2017 yil 6 mart kuni soat: 15:30 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Kat mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan uydan 10 yoshli o’g’il bolaning o’tkir tig’li jism bilan ko’p marotaba jarohat etkazilgan holdagi jasadi topilgan.

UCh BOSQINChI QO’LGA OLINDI

2017 yil 08 mart kuni tungi soat 01.20 larda Farg’ona shahar IIB navbatchilik qismiga Farg’ona shahar A.Navoiy ko’chasida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, xonadoniga uch nafar noma’lum shaxslar temir jism bilan qurollangan holda, g’ayriqonuniy ravishda uning xonadoniga bostirib kirishib, hayoti va sog’lig’i uchun xavfli bo’lgan zo’rlik ishlatib, tan jarohati etkazishib, 2600 AQSh dollari va «Jentra» rusumli avtomashinasini egallab, noma’lum tomonga yashiringanligini bildirgan.

QOTIL 9-SINF O’QUVChISI EKAN

Joriy yilning 6 mart kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida noma’lum shaxs Farobiy 17-berk ko’chasida yashagan, 1971 yilda tug’ilgan ayolning uyiga kirib, uni tanasining turli joylariga o’tkir tig’li jism bilan urib jarohat etkazib voqea joyidan yashiringan.

O’tgan hafta mobaynida sodir bo’lgan yong’inlar to’g’risida:

Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi fuqaro M.Akbarovaning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong’in sodir bo’lib, uyning 160 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Qoramol o’g’risi qo’lga olindi

Farg’ona viloyati Rishton tumani IIBga noma’lum shaxslar Chek Jalaer qishlog’ida yashovchi 1975 yilda tug’ilgan fuqaroning hovlisiga ochiq eshik orqali kirib, molxonasidan ikki bosh qoramolini o’g’irlab ketishgani haqida xabar kelib tushgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan edi.

Toshkent shahridagi xonadonlardan birini “o’margan”likda gumonlangan shaxslar qo’lga olindi

Noma’lum shaxslar Toshkent shahrining Yunusobod tumani 13 dahasida joylashgan ko’p qavatli uydagi xonadonlardan biriga eshik qulfini kalit tanlash yo’li bilan ochib kirib, ko’p miqdordagi pullarini o’g’irlab ketganlar. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

QO’RIQLASh PULTI QO’L KELDI

2017 yil  03  mart kuni soat 16-30 larda  noma’lum shaxs o’zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj  kilish maksadida, Mirobod tumani, Gospitalniy dahasidagi xonadonlardan birining eshigi kulfini temir jism yordamida ochib, kirib, Xitoy  Xalk Respublikasida 1982 yilda tug’ilgan, Mirobod tumanidagi «Xuavey»  korxonasida ishlovchi V. P.ga tegishli  qimmatbaho buyumlarni  o’g’irlamoqchi bo’lgan vaktida qo’riqlash pulti signalizatsiyasi orqali qo’riqlash pultiga “tashvish” xabari kelib tushgan.