Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 768  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Ko`pincha beriladigan savollar

Agar siz yo`lda boshqa bir avtotransport haydovchisi tomonidan yo`l harakati qoidalarini buzilishini ko`rsangiz, shu xududdagi DYHXX idoralariga yoki ishonch telefoni orqali YHXBga bu haqida xabar berishingiz mumkin.

O`zbekiston Respublikasi JPKning 45-moddasiga asosan AYBLANUVChI-ushbu Kodeksda belgilangan tartibda ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi haqida qaror chiqarilgan shaxsdir. 
Agarda Siz jinoyat sodir etishda ayblansangiz: 
-o`zingiz nimada ayblanayotganligingizni bilishingiz; 
-qamoqqa olinganligingiz va turgan joyingiz to`g`risida advokatga yoki yaqin qarindoshingizga telefon orqali qo`ng`iroq qilish yoxud xabar berish; 
- himoyachiga ega bo`lish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeks 230-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan xollar bundan mustasno; 
-o`zingizga qo`yilgan ayblov yuzasidan hamda ishning boshqa har qanday holatlari bo`yicha ko`rsatuvlar berish yoxud ko`rsatuvlar berishdan bosh tortish va ko`rsatuvlaringizdan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida Sizning o`zingizga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo`lish; 
-o`z ona tilingizdan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; 
-o`zingizni himoyalanish huquqingizdan shaxsan o`zingiz amalga oshirish;
-iltimosnoma berish va rad qilish; 
-dalillar taqdim etish; 
-surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; 
- dastlabki tergov tamom bo`lganidan so`ng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olishingiz, materiallar va xujjatlardan texnika vositalari yordamida o`z hisobidan ko`chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o`zga shaklda qayd etish; 
- jinoyat ishining tergovchi yoki prokuror tomonidan tugatilganligiga qarshi e’tiroz bildirishingiz hamda sud muxokamasi o`tkazilishini talab qilish; 
- yarashuv to`g`risidagi, amnistiya aktini qo`llash haqidagi ishlar bo`yicha, birinchi instantsiya va apellyatsiya instantsiyasisudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa, kassatsiya va nazorat instantsiyalari sudining majlislarida ishtirok etish; 
-surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; 
- sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u haqda o`z mulohazalaringizni bildirish; 
- ish bo`yicha keltirilgan protestlar, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan xabardor bo`lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga egadirsiz.

Agarda Siz o`ziningiz yashab turgan mahalladagi militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori faoliyatidan norozi bo`lsangiz, “Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan, yashab turgan ma’muriy hudud ichki ishlar idorasi rahbariga, murojaat qiling, agarda murojaatingizga ushbu idora rahbari tomonidan qoniqarli javob olaolmasangiz, undan yuqori turuvchi shaxar yoki viloyat IIB rahbariyatiga, agarda yuqori turuvchi idora rahbarlari tomonidan ham sizga qoniqarli javob bermasa O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklarning oldini olish Bosh boshqarmasiga yoki vazirlik rahbariyatiga ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.

kapitan Sultonov Baxriddin Murodovich

Jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxs O`zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual Kodeksining 221-moddasida nazarda tutilgan quyidagi asoslardan biri mavjud bo`lganida ushlab turilishi mumkin: 
1.shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo`lga tushsa; 
2.jinoyat shohidlari, shu jumladan jabrlanuvchilar uni jinoyat sodir etgan shaxs tariqasida to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatsalar; 
3.uning o`zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning yaqqol izlari topilsa; 
4.shaxsning jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos bo`ladigan ma’lumotlar mavjud bo`lib, u qochmoqchi bo`lsa yoki doimiy yashaydigan joyi yo`q yoxud shaxsi aniqlanmagan bo`lsa. 
Ichki ishlar organ xodimi, boshqa vakolatli shaxs ushlab turishning ushbu Kodeksning 221-moddasida ko`rsatilgan asoslardan bittasi mavjudligini bevosita ko`rib yoki boshqa shohidlarning so`zlaridan aniqlasa, Sizga u jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlanganligizni bildirishlari va Sizdan yaqin oradagi militsiya muassasasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga birga borishni talab qilishi shart. 
Shu bilan birga, ichki ishlar organi xodimi, boshqa vakolatli shaxs Sizga advokatga yoki yaqin qarindoshingizga telefon orqali qo`ng`iroq qilish yoki xabar berish, himoyachiga ega bo`lishingiz, ko`rsatuvlar berishni rad etishga bo`lgan protsessual huquqlaringizni tushuntirishi, shuningdek bergan ko`rsatuvlaringiz jinoyat ishiga doir dalillar sifatida Sizning o`zingizga qarshi foydalanilishi mumkinligini bildirilishi shart. Bunda ushlayotgan shaxsdan o`zini tanishtirishi va Sizning talabingizga ko`ra shaxsini tasdiqlovchi xujjatni ko`rsatishi shart. 
YODINGIZDA TUTING ! Himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat protsessining har qanday bosqichida shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga bo`lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi. 
Ushlanib militsiya yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organga yetkazilganingizdan so`ng, Sizni ushlab turish muddati yetmish ikki soatdan oshmasligi kerak.

IIV TBB Matbuot kotibi

O`zbekiston Respublikasi JPKning 47-moddasiga asosan GUMON QILINUVChI - bu jinoyat sodir etgani to`g`risida ma’lumotlar bor bo`lsada, bu ma’lumotlar uni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun yetarli bo`lmagan shaxsdir. 
Agar surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror Sizni jinoyat sodir etishda gumon kilishsa, darhol shu ish bo`yicha tegishli qaror chikarishi lozim. Bu qarorni Sizga qo`l qo`yishingiz orqali e’lon etadi va gumon qilinuvchi huquqlarini tushuntiradi. Buning natijasida Siz: 
-o`zingizni nimada gumon qilinayotganligingizni bilish; 
-ushlab turilganligingiz va turgan joyingiz to`g`risida advokatga yoki yaqin qarindoshingizga telefon orqali qo`ng`iroq qilish yoxud xabar berish; 
-ushlanganligingiz yoki gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligingiz to`g`risidagi qaror Sizga ma’lum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega bo`lish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu kodeksning 230-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; 
-ushlanganingizdan keyin yigirma to`rt soatdan kechiktirmay so`roq qilishini talab qilish;
-Sizga nisbatan qo`yilgan gumon xususida hamda ishning boshqa har qanday holatlari to`g`risida ko`rsatuvlar berishdan bosh tortish va ko`rsatuvingizdan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida Sizni o`zingizga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo`lish; 
-o`z ona tilingizdan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; 
-o`zingizni himoyalanish huquqingizdan shaxsan o`zingiz amalga oshirish;
-iltimosnoma berish va rad qilish;
-dalillar taqdim etish; 
- surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; 
-yarashuv to`g`risidagi, amnistiya akti qo`llash haqidagi ishlar bo`yicha sud majlislarida ishtirok etish; 
-surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqiga egasiz.
Gumon qilinuvchi zimmasiga ko`rsatuv berish, shuningdek o`zining jinoyatga aloqador emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas.

Ushbu holatda qo`shningiz tomonidan O`zbekiston Respublikasi MJTKning 192-moddasida ko`rsatilgan “Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish” huquqbuzarligi sodir etilgan. “Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida”ga O`zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan o`zingiz yashab turgan hududga xizmat ko`rsatuvchi militsiya tayanch punkti profilaktika inspektoriga, agarda ushbu tayanch punkti tungi xizmatda bo`lmasa o`zingiz yashab turgan Ichki ishlar idorasiga og`zaki yoki bo`lmasa yozma ravishda murojaat qilsangiz ular tomonidan tegishli choralar ko`riladi.

podpolkovnik Filippova Yelena Viktorovna

Agarda yoningizda shaxsingizni tasdiqlovchi xujjat bo`lmasa, ichki ishlar idorasi xodimlari, O`zbekiston Respublikasi MJTKning 288-moddasiga asosan, sizni shaxsingizni aniqlash maqsadida uch soatgacha ushlab turish huquqiga ega.

podpolkovnik Filippova Yelena Viktorovna

O`zbekiston Respublikasi JPKning 65-moddasiga asosan jinoyat ishi bo`yicha aniqlanishi lozim bo`lgan biror holatni bilishi mumkin bo`lgan har qanday shaxs GUVOH sifatida ko`rsatuv berish uchun chaqirilishi mumkin.
Agar Sizni guvoh sifatida ko`rsatuv berish uchun chaqirishsa Siz quyidagi huquqlarga egasiz: 
-advokatning yuridik yordamidan foydalanish; 
-tergov harakatlarida advokat bilan birga ishtirok etish; 
-so`roq yuritilayotgan tilni bilmasangiz, o`z ona tilida ko`rsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish; 
-sizning so`roq qilinishida ishtirok etuvchi tarjimonni rad qilish; 
- ko`rsatuvlaringizni o`z qo`lingiz bilan yozib berish; 
-o`zingizga qarshi ko`rsatuv bermaslik; 
-so`roq bayonnomasi bilan tanishish, unga qo`shimcha va o`zgartishlar kiritish; 
-ko`rsatuvlar berishda yozma belgilar va xujjatlardan foydalanish; 
- o`z manfaatlaringizni himoya qilish uchun surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga egadirsiz. 
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga taaluqli holatlar haqida guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat o`zlarining roziliklari bilan so`roq qilinishlari mumkin. 
Advokat guvohning qonuniy haq-huquqlarini himoya qiluvchi shaxs hisoblanadi.Suroqqa advokat bilan kelgan guvoh yoki ayblanuvchi advokat ishtirokida so`roq qilinish huquqiga ega; 
Y`ODINGIZDA TUTING! Huquqni muhofaza etuvchi organining biron-bir xodimi Sizni haqoratlash, sha’ningizga dog` tushirish, qadr-qimmatingizni kamsitish yoki jismoniy ta’sir ko`rsatish huquqiga ega emas, agar bu jismoniy ta’sir o`tkazish Sizning qarshilik ko`rsatgan harakatlaringizga qarshi ishlatilmagan bo`lsa.

Ushbu holatda siz “Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan to`g`ridan-to`g`ri shu hududning Ichki ishlar bo`limiga murojaat etishingiz kerak. 

podpolkovnik Filippova Yelena Viktorovna

Fuqarolar familiyasi, ismi, otasining ismi, tug`ilgan yilini o`zgartirish yoki yozuvlardagi chalkashliklarni aniqlik kiritish maqsadida pasportni almashtirish uchun shu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2002 yil 13 dekabrda tasdiqlangan “Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O`zbekiston Respublikasi IIVning 2003 yil 7 fevral kundagi 43-sonli buyrug`iga asosan profilaktika inspektorlari o`zlarining vakolatlari doirasidagi hal etiladigan ariza va shikoyatlarini kelgan kundan boshlab bir oygacha bo`lgan muddatda, qo`shimcha o`rganish va tekshirish talab etmaydigan ariza va shikoyatlarni esa o`n besh kundan kechiktirmay ko`rib chiqadi.Ariza va shikoyatni hal etish uchun maxsus tekshiruv o`tkazish, qo`shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko`rish zarur bo`lgan hollarda ichki ishlar idorasi rahbari yoki uning o`rinbosarlari tomonidan istisno tariqasida uzog`i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. Bu haqida ariza yoki shikoyat qilgan shaxsga xabar qilinadi.

podpolkovnik Filippova Yelena Viktorovna

Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning O`zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo`lishlari va tranzit o`tishlari tartibi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-sonli Qarorida belgilab berilgan. 
Shunga ko`ra, O`zbekiston Respublikasiga vaqtinchalik yashash uchun kelgan xorijiy fuqarolar, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar, shu jumladan MDXga a’zo davlatlar fuqarolari bayram va dam olish kunlarini hisobga olmaganda 3 kun muddat ichida xududiy ichki ishlar idoralari yoki mexmonxonalarda vaqtinchalik qayddan o`tishlari lozim. 
Vaqtincha qayddan o`tish yoki uning muddatini uzaytirish uchun xududiy Ichki ishlar idoralarining Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlariga quyidagi xujjatlar taqdim etadi: 
-vaqtincha qayddan o`tkazish bo`yicha, xorijiy fuqaroni respublikamizga taklif etgan yuridik shaxs tomonidan yozilgan talabnoma (hususiy taklifga ko`ra kelgan bo`lsa bo`lsa xorijiy fuqaro tomonidan ariza); 
-milliy pasport; 
-O`zbekiston Respublikasi kirish vizasi; 
-davlat boji to`laganligi haqida kvitantsiya (patta); 
-taklif qiluvchining yozma arizasi; 
-respublikaga 3 oydan ortiq muddatga kelgan chet el fuqarolari uchun 35x45 mm hajmdagi 3 dona fotosurat. 
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning vizalarining amal qilish muddati tugashidan 10 ish kuni oldin O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga quyidagi xujjatlar taqdim etadi. 
-viza muddatini uzaytirish bo`yicha tegishli talabnoma (xususiy taklifga ko`ra kelgan chet el fuqarolari ariza); 
-milliy pasport; 
-respublikamizda mehnat faoliyati bilan shug`ullanayotgan xorijiy fuqarolar - tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan berilgan "O`zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish ruxsatnomasi". 
-davlat boji to`laganligi haqida kvitantsiya (patta).

O`zbekiston Respublikasi IIVning 150-sonli buyrug`iga asosan profilaktika inspektorlari fuqarolar tomonidan pasport tizimi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash, ro`yxatdan o`tmasdan hamda pasportsiz yashayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida xizmat hududidagi xonadonlarni muntazam ravishda tekshirib borishi vazifa etib belgilangan. Ushbuga asosan xodim uyingizga kelgan mehmonlardan xujjatlarini ko`rsatishlarini talab qilishi mumkin.

kapitan Sultonov Baxriddin Murodovich

Yo`l transport xodisasiga uchraganda har bir xaydovchi, xududiy Yo`l harakati xavfsizligi xizmatiga yoki yaqin oradagi ichki ishlar idoralariga xabar berishi kerak.

Yo`l-transport xodisasi sodir bo`lganida unga daxldor haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart: transport vositasini darhol to`xtatishi, falokat yorug`lik ishoralarini yoki falokat sababli to`xtash belgisini o`rnatishi, transport vositasini va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qo`zg`atmasligi, to`xtagan joyidan qo`zg`atmasligi; shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish uchun zarur bo`lgan choralarni ko`rishi, shoshilinch hollarda esa shikastlanganlarni yaqin oradagi davolash muassasasiga yo`lakay transportda jo`natishi, buning iloji bo`lmagan hollarda o`z transport vositasida olib borishi, u yerda o`z ismi-sharifini, transport vositasining raqam belgisini bildirishi (haydovchilik guvohnomasi yoki o`z shaxsini tasdiqlovchi, transport vositasining ro`yxatdan o`tganlik hujjatini ko`rsatishi) va xodisa ro`y bergan joyga qaytib kelishi kerak.

Ichki ishlar idoralarining mansabdor shaxslari xatlarini ko`rib chiqish chog`ida ularing mazmunini diqqat bilan o`rganib chiqishlari lozim, xatlarni xar taraflama mufassal va xolisona ko`rib chiqish uchun qo`shimcha axborotlar, ma’lumotlar va materiallarga zarurat paydo bo`lsa, ularni to`plash, xodimlarni xatda bayon etilgan holatni tekshirish uchun joylarga yuborishlari, shikoyatni keltirib chiqargan sabablarini, sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish uchun boshqa choralar ko`rishlari shart. 
Xatlarni tekshirish uchun ichki ishlar idoralarining shtatsiz xodimlari, shuningdek jamoatchilikning boshqa vakillari jalb qilinishi mumkin. 
Xatlarni tekshirish natijalari bo`yicha to`plangan hujjatlarni ob’ektiv taxlil etishni o`z ichiga olgan asosli xulosa tuzilishi kerak. Agar tekshiruv paytida fuqarolarning xuquqlari va qonun bilan ximoyalangan manfaatlari buzilganligi, ichki ishlar idoralari faoliyatidagi kamchiliklar va nuqsonlar, mansabdor shaxsning vakolatini yoki mansabini suiste’mol qilish xollari aniqlansa, xulosada fuqarolarning buzilgan xuquqlari va qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini tiklash, kamchilik va nuqsonalarni bartaraf etish bo`yicha, hamda aybdor shaxslarga nisbatan qanday choralar ko`rilgani ko`rsatilishi kerak. Xulosa tekshirish o`tkazgan shaxs, idoraning tarkibiy bo`lak rahbari, mazkur ichki ishlar idorasi rahbaryati tomonidan imzolanadi.
Xatlar bo`yicha qabul qilinadigan qarorlar asoslangan bo`lishi lozim. Iltimosni (shikoyatni) qondirishga loyiq deb topgan mansabdor shaxs, qabul qilingan qarorni o`z vaqtida va to`g`ri bajarilishini ta’minlashi shart. 
Xal etish natijalari xaqida davlat va xukumat idoralari, radio, televidenie, gazeta va jurnallar taxririyatlariga javob berilishi lozim bo`lgan xatlar alohida nazoratga olinadi va birinchi navbatda hal etiladi. Bunday xollarda xatlarga va kartochkalarga «Alohida nazoratda» shtampi qo`yiladi. Bunday xatlar bo`yicha tekshirish o`tkazish odatda quyi idoralarga yuklanmaydi. Bunday xatlarni tekshirish natijalari yuzasidan, ular kelib tushgan ichki ishlar idorasi rahbari tomonidan tegishli idoralarga hamda xat mualliflariga javob beriladi. 
Fuqarolarning ariza va shikoyatlari ichki ishlar idoralariga kelgan kundan boshlab bir oygacha bo`lgan muddat ichida, qo`shimcha o`rganishni va tekshirishni talab etmaydiganlar esa o`n besh kundan kechiktirmay ko`rib chiqiladi. Ichki ishlar idorasi rahbari ariza va shikoyatni ko`rib chiqish muddatini qisqartirishi xam mumkin. 
Ariza yoki shikoyatni hal etish uchun maxsus tekshiruv o`tkazish, qo`shimcha materilallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko`rish zarur bo`lgan hollarda, ariza yoki shikoyatni ko`rib chiqish muddati, ichki ishlar idorasi rahbari yoki uning o`rinbosarlari tomonidan, istisno tariqasida o`zog`i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqida ariza yoki shikoyat qilgan shaxsga xabar qilinadi. 
Xarbiy xizmatchilarning, shuningdek ular oila a’zolarining ariza va shikoyatlari kelib tushgan kundan boshlab qonunda belgilangan bir oy muddatda, O`zbekiston Respublikasi IIVda boshqa barcha ichki ishlar idoralarida 15 kundan kechiktirilmay xal etiladi. Zarur bo`lgan xollarda bu xatlarni ko`rib chiqish muddati bir oygacha uzaytirilishi mumkin. Bu xaqida xat muallifiga xabar qilinadi. 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Korakalpog`iston Respublikasi Joqari Kengesi deputatlari, shuningdek maxalliy kengashlar deputatlarining xatlari bir oy muddatda, qo`shimcha o`rganish va tekshirishni talab kilmaydiganlari esa 15 kundan kechiktirilmay xal etiladi. 
Deputatlarning xatlarini ko`rib chiqish alohida nazoratga olinadi. Tegishli ichki ishlar idorasi rahbari xatni ko`rib chiqish natijalari xaqida deputatga xabar qiladi. Deputatlar yoki fukarolardan tegishli sessiyalar nomiga yuborilgan xatlar, ko`rib chiqish uchun ichki ishlar idorasiga yuborilgan taqdirda, ular yuqorida qayd etilgan muddat ichida ko`rib chiqiladi. Xat kelib tushgan ichki ishlar idorasi rahbari uning ko`rib chiqilishi ustidan nazorat o`rnatadi va qabul qilingan qaror xaqida bevosita xat muallifiga xamda xatni ko`rib chiqish uchun yuborgan idoraga xabar qiladi. 
Televidenie, radio, gazeta va jurnallar taxririyatlaridan kelib tushgan fuqarolarning xatlari, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan takliflari, muloxazalari, shikoyatlari bilan bog`liq materallar ichki ishlar idoralari tomonidan vazirlik me’yoriy buyrug`ida ko`zda tutilgan tartibda va muddatlarda ko`rib chiqiladi. 
Agar xatda bayon qilingan masalalar xal etilayotganda xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatini tekshirish zarurati yuzaga kelsa, bu ish tegishli qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Xatlarni xal etish muddati ichki ishlar idorasiga kelgan kundan e’tiboran arizachilarga xal etish natijalari haqidagi xabar jo`natilgan kungacha xisoblanadi. 
Xatda ko`tarilgan barcha masalalar ko`rib chiqilgach, ular bo`yicha zarur choralar ko`rilib, xat mualliflariga amaldagi qonunchilikka ko`ra quyidagi javoblardan biri berilgan xollardagina xal etilgan xisoblanadi: 
-ichki ishlar idorasi vakolatiga kirgan masalalar bo`yicha iltimosni ijobiy xal etish choralari ko`rilganligi xaqida javob berilgan bo`lsa; 
-xatda bayon egilgan iltimosni qondirishni rad qilish yoki avval ko`rib chiqilgan xat bo`yicha ko`rilgan choralarni tasdiqlash xaqida javob berilgan bo`lsa; 
-qo`yilgan masalalarni xal etish ichki ishlar idoralari vakolat doirasiga kirmasligi to`g`risida unda ko`tarilgan masalalarni xal etish tartibini tushuntirgan xolda xat muallifiga javob berilgan bulsa. 
Xat yuzasidan qaror qabul qilgan ichki ishlar idorasining mansabdor shaxsi, agar fukaro qarordan norozi bo`lsa, unga qaror ustidan shikoyat berish tartibi tushuntirilishi lozim.Fuqaroning xatini ko`rib chiqqan ichki ishlar idorasi, uning mansabdor shaxsi uni ko`rib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini nazorat qilishi, agar fuqaroga uning huquqlari erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida zarar yoki ma’naviy ziyon yetkazilgan bo`lsa, qonunda belgilangan tartibda zararning o`rnini qoplash yoki ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilishga doir chora-tadbirlarni xam ko`rishi shart. 
Og`zaki javob berilgan xollarda tegishli ma’lumotnoma tuzilib, xatning tekshirish hujjatlariga tikib qo`yiladi. Xisobga olish jurnalida tekshirish natijalari, arz qiluvchiga u bilan suhbatda xabar qilinganligi to`g`risida belgi qo`yiladi. Fuqarolarning jamoatchilik ahamiyatiga ega bo`lgan takliflari, shuningdek ariza va shikoyatlarini ko`rib chiqish natijalari zarur xollarda mexnat jamoalari yig`ilishlarida va ularning yashash joylarida muhokama qilinadi.

O`zbekiston Respublikasi IIV Kotibiyat boshlig`i o`rinbosari Omilov Zoxid Komilovich

Ushbu holatda siz “Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan to`g`ridan-to`g`ri xonadoningiz joylashgan ma’muriy hududning Ichki ishlar bo`limiga agarda ichki ishlar bo`limi yashayotgan uyingizdan uzoqda joylashgan bo`lsa, xonadoningiz joylashgan hududga xizmat ko`rsatuvchi militsiya tayanch punktiga murojaat etishingiz mumkin.

podpolkovnik Filippova Yelena Viktorovna

O`zbekiston Respublikasining 02.07.1992 yildagi «O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi to`g`risida»gi Qonuning 20-moddasiga ko`ra, ushbu qonunda belgilangan tartibda shaxsning iltimosnomasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga ruxsat etiladi. 
Agar O`zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni iltimos qiluvchi shaxs davlat oldidagi majburiyatlarini yoki fuqarolarning yoxud davlat va jamoat tashkilotlarining muhim manfaatlari bilan bog`liq mulkiy majburiyatlarini bajarmagan bo`lsa, uning O`zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi rad etilishi mumkin. 
Agar O`zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni iltimos qiluvchi shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi zarur bo`lgan sud Hukmi bo`lsa yoki shaxsning O`zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi O`zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi manfaatlariga zid bo`lsa, uning O`zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga yo`l qo`yilmaydi

O`zbekiston Respublikasining 02.07.1992 yildagi «O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi to`g`risida»gi Qonuning 17-moddasiga ko`ra, Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar o`z iltimosnomalariga ko`ra ushbu qonunga binoan kelib chiqishidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa e’tiqodlaridan qat’i nazar O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi mumkin. 
O`zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish shartlari quyidagilardan iborat: 
Chet el fuqaroligidan voz kechish; 
So`nggi besh yil davomida O`zbekiston Respublikasi Hududida doimiy yashaganlik; 
qonuniy tirikchilik manbalarining mavjudligi; 
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini tan olish va bajarish; 
O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bo`yicha quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim: 
Iltimosnoma; 
So`rov arizasi; 
Chet el fuqaroligidan chiqqanligini tasdiqlovchi hujjat (Fuqaroligi yo`q shaxslardan tashqari);
Tarjimai xol;
Qonuniy yashash manbai haqida guvohlik beruvchi hujjat (ish joyidan o`rtacha ish xaqi haqidagi yoki uning o`rnini bosadigan nafaqa, yordam puli, dividentlar va boshqa yashash manbai haqidagi ma’lumotnoma);
Turar joyidan oilangiz haqidagi ma’lumotnoma;
Davlat boji to`langanligi haqidagi hujjat;
Fotosurat «3.5x4.5»-4 dona;
Tug`ulganlik haqida guvoxnoma;
Nikoh tuzilganligi yoki bekor qilinganligi to`g`risidagi guvoxnoma nusxasi;
Mehnat daftarchasidan nusxa;
Uy daftarchasidan nusha;
So`rov anketasining 20-bandida o`zi bilan birga voyaga yetmagan farzandlarini fuqarolikka qabul qilishni so`rasa, ularning tug`ilganlik to`g`risidagi guvoxnomasidan nusha hamda 14-18 yoshgacha bo`lgan farzandlarining notarial tasdiqlangan rozilik xati;

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-sonli Qarorining 1-ilova, IV-bob, 19-bandiga asosan xorijiy fuqaroning O`zbekiston Respublikasiga kelishlari quyidagi hollarda rad etilishi mumkin: 
а) milliy xavfsizlik yoki jamoat tartibini muhofaza qilishni ta’minlash manfaatlari yo`lida; 
б) agar bu O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa shaxslarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya kilish uchun zarur bo`lsa; 
в) agar shaxs O`zbekiston Respublikasi konunchiligini buzganlik uchun ilgari jinoiy javobgarlikka tortilgan va undan sudlanganligi belgilangan tartibda olib tashlanmagan bo`lsa; 
г) agar shaxs chet el terrorchi, ekstremist va boshqa jinoiy tashkilotlarning faoliyatiga aloqador bo`lsa; 
д) agar shaxs o`zi haqida kasddan soxta ma’lumotlar bergan bo`lsa yoki zarur hujjatlarni taqdim etmagan bo`lsa; 
е) agar shaxs ilgari xorijiy shaxslarning O`zbekiston Respublikasiga kelish-ketish tartibini hmda bu yerda bo`lish qoidalarini, O`zbekiston Respublikasining bojxona, valyuta va boshqa qonunchiligini buzganligi aniqlangan bo`lsa; 
ж) agar shaxs kasal bo`lsa yoki uning salomatligi jamiyat xavfsizligi va sog`lomligiga xavf tug`dirsa hamda ushbu kasallik O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro`yxatga kiritilgan bo`lsa.

O`zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 223-moddasiga ko`ra ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Pasportning amal qilish muddatiga 15 kun qolganda, fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilishi lozim. Pasport olish uchun fuqaro doimiy istiqomat qilayotgan joydagi ichki ishlar organiga yoki O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga quyidagi xujjatlarni topshiradi: 
-O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo`yicha ariza; 
-ilgari olingan pasport, 
-35x45 millimetr hajmdagi bosh kiyimsiz tushilgan 2 ta oq-qora yoki rangli fotosurat,zaruriy hollarda O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi va shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar taqdim etiladi;

Fuqaro pasportni avaylab asrashi shart. Pasport yo`qolgani haqida fuqaro doimiy qayd etilgan joyidagi ichki ishlar organlariga yoki O`zbekiston Respublikasining shaxs borgan xorijdagi diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga darhol xabar qilishi lozim.

O`z xizmat vazifalarini bajarishlarida patrul-post naryadlariga quyidagi huquqlar beriladi: 
1) fuqarolardan va mansabdor shaxslardan jamoat tartibiga rioya qilinishini, qonunbuzarliklar va ichki ishlar xodimlari vakolatlarini amalga oshirishda to`sqinlik qiladigan hatti-harakatlar to`xtatilishini talab qilish, bu talablar bajarilmaganda esa qonunda ko`zda tutilgan majburiy choralarni qo`llash; 
2) jinoyat sodir etilganda yoki boshqa qonunbuzarliklarda asosli ravishda gumon qilinganda fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini, shuningdek pasport qoidalariga, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tomonidan O`zbekiston Respublikasida bo`lish va Respublika hududi orqali tranzit o`tish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish uchun kerakli bo`lgan hujjatlarni tekshirib chiqish; 
3) ) jamoat tartibi va yo`l xarakati qoidalari buzilgan hollarda qonunlarda ko`zda tutilgan tartibda choralar ko`rish, sudyalar, shuningdek sud maslahatchilari o`z vazifalarini bajarayotganda, harbiy xizmatchilar, ichki ishlar xodimlari, jinoiy javobgarlikka tortiladigan shaxslar, 16 yoshga to`lmagan yoshlar, diplomatik immunitetdan foydalanuvchi chet-el fuqarolari tomonidan yo`l qo`yilgan qonunbuzarliklar haqida bildirgi orqali ichki ishlar idorasi navbatchisi yoki boshlig`iga axborot berish; 
4)zarur bo`lganda ko`chalar va avtomobil yo`llaridagi transport hamda piyodalar qatnovini cheklash va taqiqlash, zarur hollarda transport vositalarini to`xtatish va haydovchilarning transportni boshqarish hamda foydalanish huquqi haqidagi hujjatlarini, yo`l varaqalari va tashib ketilayotgan yuklarining transportdagi yuklarga hamda hujjatlarga mos kelishini tekshirish, transport vositalaridan noqonuniy maqsadlarda foydalanganligi gumon qilinganda ularni ko`zdan kechirib chiqish, mast holdagi, shuningdek transport vositasini boshqarish va foydalanish uchun hujjatlari bo`lmagan shaxslarni transport vositasini boshqarishdan chetlatish, belgilangan tartibda davlat transportidan shaxsiy maqsadlarda o`zboshimchalik bilan foydalanish hollarini oldini olish choralarini ko`rish; 
5) patrul avtomashinasi haydovchilariga maxsus bo`yalgan, mayoqi yoki maxsus tovushli signali bo`lgan avtomobilda kechiktirib bo`lmaydigan xizmat topshiriqlarini bajarish vaqtida yo`l harakati xavfsizligini ta’minlagan holda yo`l harakati qoidalari talablaridan chetga chiqish; 
6) jamoat tartibi va xavfsizligini, fuqarolarning hayoti va sog`lig`i saqlanishini ta’minlash maqsadida, shuningdek ayrim tergov jarayonlarini o`tkazish joylariga yoki ob’ektlarga fuqarolarning o`tishini vaqtincha cheklash yoki taqiqlash; 
7) jinoyatlarning oldini olish, jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ta’qib etish maqsadida, jamoat tartibiga yoki fuqarolarning shaxsiy xavfsizligiga xavf soladigan tabiiy ofatlar va boshqa favqulotda holatlar hamda vaziyatlarda har qanday vaqtda fuqarolarga tegishli turar joy va boshqa xonalarga, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning hududi hamda xonalariga (chet el elchixonalari, vakolotxonalari, diplomatik immunitet huquqiga ega boshqa horijiy vakolatxonalaridan tashqari) bemalol kirish va ularni ko`zdan kechirish; 
8) O`zbekiston Respublikasi IIVning 1999 yil 20 iyuldagi 147 sonli buyrug`ida ko`zda tutilgan hollarda va tartibda tabel qurolini qo`llash; 
9) boshqa ta’sir ko`rsatish choralari qolmaganda ma’muriy qonunbuzarliklarning oldini olish maqsadida, shuningdek shaxsini aniqlash va qonunbuzarlik haqidagi bayonnomani tuzish uchun fuqarolarni ichki ishlar idoralariga olib kelish, ularni shaxsan ko`zdan kechirish, narsalarni tekshirish, narsalari va hujjatlarini belgilangan tartibda olib qo`yish; 
Ko`chalarda va boshqa jamoat joylarida qattiq zaharlangan, giyohvandlikdan mast bo`lgan, bosh suyagi shikastlangan va boshqa tan jarohatlari, shuningdek sog`lig`i uchun xavfli ko`rinishdagi boshqa belgilari bilan behush holatda bo`lgan shaxslar, homiladorligi bilinib turgan ayollar, nogironligi ko`rinib turgan shaxslar uchun shu joyga zudlik bilan tez yordam mashinasi chaqirtiriladi. Bunday kishilarni ichki ishlar idoralarining xizmat xonalariga, shuningdek maxsus mahkamalariga keltirish taqiqlanadi. 
10) harbiy patrul yo`qligida jamoat tartibini buzayotgan harbiy ximatchilarni ushlash va ularni harbiy komendaturalarga, harbiy qism komandiriga topshirish uchun ichki ishlar idorasiga keltirish. 
Naryadlar quyidagi asoslardan biri mavjud bo`lgan taqdirdagina jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni ichki ishlar idorasiga olib kelishga haqlidirlar: 
а) agar shaxs jinoyat sodir etilayotganda yoki bevosita sodir bo`lgandan so`ng voqea joyida yoki shu atrofda ushlangan bo`lsa; 
б) agar guvohlar, shu jumladan jabrlanganlar uni jinoyat sodir etgan shaxs sifatida ko`rsatishsa; 
в) agar gumon qilinayotgan shaxsda yoki uning kiyimida, o`zida yoki turar joyida jinoyatning aniq belgilari (izlari) topilsa. 
Jinoyatni sodir etganlikda gumondor qilish asosini beradigan boshqa ma’lumotlar mavjud bo`lganda, shaxs qochishga harakat qilsa, yoki doimiy turar joyiga ega bo`lmasa, yoki gumon qilinayotgan kishining shaxsi aniqlanmasa u ichki ishlar idorasiga olib kelinishi mumkin. 
Diplomatik immunitetga ega bo`lgan chet el fuqarolarini ichki ishlar idorasiga keltirish taqiqlanadi. 
Tabiiy ofat joyiga borish, tez yordamga muhtoj bo`lgan fuqarolarni davolash muassasalariga yetkazish, jinoyatni sodir etgan shaxslarni ta’qib etib borish, ushlash va ularni ichki ishlar idorasiga olib borish, shuningdek voqea sodir bo`lgan joyga zudlik bilan yetib borish kerak bo`lgan hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar jamoat uyushmalari yoki fuqarolarga tegishli bo`lgan transport vositalarini to`xtatish va ulardan foydalanish (diplomatik, konsullik va chet el davlatlarining boshqa vakolatxonalari, halqaro tashkilotlarning transport vositalari bundan istisno). 
Transportdan foydalangan ichki ishlar xodimi haydovchining iltimosiga ko`ra unga ma’lumotnoma beradi yoki yo`l varaqasida yurgan vaqti, masofasi, o`zining familiyasi, lavozimi, xizmat guvohnomasining va xizmat telefonining raqamini yozib beradi. 
Naryadlar xizmat maqsadida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoatchilik uyushmalarining, kechiktirib bo`lmaydigan hollarda fuqarolarning aloqa vositalaridan foydalanishi mumkin.

Agarda sizning qo`lingizga qalbaki pullar tushib qolsa, “Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan darhol shu hududning ichki ishlar bo`limiga murojaat etishingiz kerak.

kapitan Sultonov Baxriddin Murodovich

Jinoyat-protsessual kodeksining 48-moddasiga muvofiq Siz ushlangan yoki gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi to`g`risidagi qaror ma’lum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega bo`lish hamda uchpashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, Sizga nisbatan qo`yilgan gumon xususida hamda ishning boshqa har qanday xolatlari to`g`risida ko`rsatuvlar berish yoxud ko`rsatuvlar berishdan bosh tortish va ko`rsatuvlardan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida Sizning o`zingizga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo`lish huquqiga egasiz. 
JPKning 51 moddasining 3-qismiga muvofiq «Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko`rsatilgan hollarda Sizning iltimosingizga ko`ra yoxud ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan himoyachi taklif qilinmagan bo`lsa, O`zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmasi rahbari surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning himoyachi tayinlash to`g`risidagi qarori yoki sudning ajrimiga binoan qaror yoxud ajrim O`zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasiga kelib tushgan paytdan e’tiboran to`rt soatdan kechiktirmay jinoyat ishi bo`yicha himoyachining ishtirokini ta’minlashi shart». 
JPKning 230 moddasiga ko`ra Sizga himoyachi bilan birinchi xoli uchrashuvga birinchi so`roqqacha ruxsat beriladi.

IIV TBB Matbuot kotibi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 26 may 256-raqami bilan tasdiqlangan «Avtomototransport vositalarini ro`yxatdan o`tkazish, qayta ro`yxatdan o`tkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqam belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida»gi qarori e’lon qilingan. 
Ushbu qarorda «Transport vositalarini ro`yxatga olish tartibi» belgilab berilgan. 
Unga asosan: 
Avtotransport vositalari 18 yoshga to`lgan, mototransport vositalari esa 16 yoshga to`lgan shaxslar nomiga ro`yxatdan o`tkaziladi (lotoreya va shunga o`xshash boshqa ommaviy o`yinlarda yutuqqa chiqqan, vasiyatnoma va qonun bilan belgilangan tartibda meros asosida o`tgan avtomototransport vositalari bundan mustasno). 
Mustasno tarzida avtotransport vositalarini 18 yoshga to`lmagan shaxslarga, mototransport vositalarini 16 yoshga to`lmagan shaxslarga istisno tariqasida nomiga ro`yxatdan o`tkazishda transport vositalarining qayd etish guvohnomasi ushbu shaxslarning nomiga rasmiylashtiriladi. 
Qayd etish guvohnomasiga va avtomototransport vositalarini ro`yxatga olish hisobga olish kartochkasiga "Transport vositasi egasi 18 (16) yoshga to`lgunga qadar homiylik yoki vasiylik qiluvchi idoralarning yoki ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylar)ning ruxsatisiz shaxsga notarial tasdiqlangan bitimlarni tuzish hamda YHXX organlari hisobidan chiqarish taqiqlanadi" deb yozib qo`yiladi. 
Jismoniy shaxslarga qarashli transport vositalari ularning doimiy turar-joylariga, doimiy turar-joyi bo`lmagan taqdirda vaqtinchalik turar-joylariga O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq muomala layoqatiga ega bo`lgan fuqarolar jismoniy shaxslar nomiga ro`yxatdan o`tkaziladi. 
Transport vositalarini harbiy xizmatchilar nomiga ro`yxatdan o`tkazish turar-joyiga ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi ichki ishlar organi yoki uy-joy ajratilganligi to`g`risida harbiy qism tomonidan berilgan ma’lumotnomalarga asosan amalga oshiriladi. 
Izoh: 
a) O`zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan olib kelingan transport vositalarini ro`yxatdan o`tkazish bojxona xizmati tomonidan beriladigan guvohnoma asosida va mazkur guvohnomaning «Bojxona idoralari belgilari» bandida ko`rsatilgan shartlar (agar shunday shartlar nazarda tutilgan bo`lsa) hisobga olingan holda amalga oshiriladi. 
b) Savdo xuquqiga tegishli ruxsatnomaga ega bo`lgan ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari (avtotransport ishlab chiqaruvchi korxonalar, ularning vakillari (dillerlar) xamda vositachi (distribyutor) tashkilotlar) tomonidan berilgan xisob-ma’lumotnomalar. Savdo xuquqiga tegishli ruxsatnomaga ega bo`lgan ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari (avtotransport ishlab chiqaruvchi korxonalar, ularning vakillari (dillerlar) xamda vositachi (distribyutor) tashkilotlariga xisob-ma’lumotnomalar IIV YHXX bosh boshqarmasi tomonidan ajratiladi.
v) Bir vazirlik, idora, tashkilotlarga qarashli va bir moliyaviy tizimdagi bir tashkilot balansi(nomi)dan ikkinchi tashkilot balansiga transport vositalarini yuqori idoralarning bepul ajratilganligi to`g`risidagi buyrug`i (farmoyish)dan ko`chirma asosida ro`yxatlanadi.Transport vositalarini, ularning raqamli agregatlarini ro`yxatdan o`tkazishda, egasi o`zgarishi bilan qayta ro`yxatdan o`tkazishda, hisobdan chiqarish vaqtida transport vositasi haqidagi ma’lumotlar YHXX RIB-TRIB-TRBlari tomonidan O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB axborot markazlaridagi olib qochilgan yoki o`g`irlangan transport vositalari ro`yxati bilan solishtiriladi.Mototsiklga yon kajavani o`rnatish dvigateli tsilindrining ish hajmi 350 kub sm.dan ortiq bo`lgan hamda uni ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan ko`zda tutilgan bo`lsa ruxsat etiladi.Nogironlar tomonidan boshqariladigan transport vositalariga qo`l boshqaruvi moslamasini, "Nogiron" belgisini o`rnatish nogironning yozma arizasiga muvofiq ruxsat etiladi va bu haqda qayd etish guvohnomasiga yozib qo`yiladi.

Transport vositalari texnik ko`rikdan o`tkazishga DYHXX organlari tomonidan ko`rsatilgan joyga qo`yiladi. 
Har qaysi transport vositasining texnik ko`rigi ro`yxatdan o`tkazish to`g`risidagi guvohnomada (texnik pasportda, texnik talonda) ko`rsatilgan ma’lumotlarga transport vositasi turi, markasi, modeli, davlat raqami belgilari, shassi (rama), kuzov va dvigatelning identifikatsiyalash raqamlarining muvofiqligini tekshirishdan boshlanadi. 
Har qaysi transport vositasining texnik holati va jihozlari standartlar talablariga, yo`l harakati xavfsizligi qoidalari va normalariga muvofiqligi jihatidan tekshiriladi. 
Tirkamalar va yarim tirkamalarning texnik holati ham avtopoezd tarkibida, ham alohida turgan holatida tekshiriladi. 
Texnik ko`rikdan o`tgan transport vositalari bo`yicha dalolatnoma tuziladi. 
Texnik ko`rikdan o`tgan transport vositasini ro`yxatdan o`tkazish guvohnomasiga (texnik pasportiga, taloniga) DYHXX organining xodimi belgilangan namunada shtamp qo`yadi, sozligi to`g`risida «SOZ» so`zini qayd etadi, imzo bilan tasdiqlaydi va texnik ko`rikdan o`tganligi to`g`risida talon beradi. 
Texnik ko`rikdan o`tganligi to`g`risidagi talonni (yoki dublikatni) berganlik uchun yig`im undirilmaydi. 
DYHXX xodimi texnik ko`rikdan o`tkazilgani to`g`risidagi talonning yil oylari rim raqamlari bilan ko`rsatilgan o`ng yoki chap qismidagi kvadratlardan bittasini qirqib oladi (kompostyor qiladi, o`chiradi). Qirqib olingan kvadrat transport vositasini navbatdagi texnik ko`rikka qo`yilishi kerak bo`lgan muddatni belgilaydi. 
Texnik ko`rikdan o`tgani to`g`risidagi talon navbatdagi texnik ko`rik o`tkazilgungacha saqlanadi. 
Texnik ko`rikdan o`tganligi to`g`risidagi talon yo`qolganda (yoki yaroqsizlanganda) yuridik yoki jismoniy shaxs - transport vositasi egasining yozma arizasiga ko`ra ro`yxatdan (vaqtinchalik ro`yhatdan) o`tkazilgan joydagi DYHXX organi ko`rikdan o`tkazilganlik faktini tekshiradi. 
Ko`rikdan o`tganligi fakti tasdiqlanganda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar ko`rsatilganda talon dublikati rasmiylashtiriladi va beriladi. Bunda transport vositasining texnik holati tekshirilmaydi va uni navbatdagi texnik ko`rikdan o`tkazishga qo`yish muddati o`zgarmaydi. O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining ruxsatnomasini olish talab qilinadigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarga ega bo`lgan transport vositalarida tegishli ruxsatnomaning mavjudligi tekshiriladi. 
Maxsus va tezkor xizmatlar transport vositalarida maxsus rangli va ovozli signallar qurilmalarining mavjudligi, sozligi va qonuniyligi, shuningdek transport vositasining rang-grafik bo`yash sxemalarining standartlar talablariga muvofiqligi tekshiriladi. 
Konservatsiyaga qo`yilgan transport vositalarini texnik ko`rikdan o`tkazishda ularning butligi tekshiriladi. Transport vositasining soz holatdaligiga shubha tug`diradigan sabablar mavjud bo`lganda transport vositasini tagliklardan qo`zg`atmagan holda uning dvigateli va transmissiyasining ishlay olishi tekshiriladi. 
Texnik ko`rik natijalari transport vositasining ro`yxatdan o`tkazish kartochkasida, shuningdek DYHXX hududiy organlarining hisobga olish hujjatlarida qayd etiladi. Jismoniy shaxs tomonidan transport vositasini (nosozligi yoki boshqa uzrli sabablar tufayli) texnik ko`rikdan o`tkazishga qo`yish imkoniyati bo`lmagan taqdirda ro`yhatdan o`tkazish, qayta ro`yhatdan o`tkazish, hisobdan chiqarish uchun yoki (bitta transport vositasini ko`rikdan o`tkazish dalolatnomasini albatta taqdim etish talab qilinadigan) boshqa holatlarda transport vositasi egasining yozma arizasiga ko`ra DYHXX hududiy organi xodimi tomonidan u joylashgan joyda, bitta transportni ko`rikdan o`tkazish dalolatnomasi tuzilgan holda texnik ko`rikdan o`tkazilishi mumkin. Dalolatnoma berilgan vaqtidan boshlab 30 kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi. 
Texnik holati va jihozlari yo`l harakati xavfsizligi talablaridan hatto bittasiga javob bermaydigan transport vositasi ham nosoz hisoblanadi va undan foydalanish taqiqlanadi. 
Bunday transport vositasini takroriy ko`rikdan o`tkazish oldingi ko`rikdan o`tkazilgan vaqtidan boshlab yigirma kundan kechikmay, ushbu Nizomda belgilangan tartibda o`tkaziladi. Bu holda texnik holatni tekshirish faqat oldingi ko`rikdan o`tkazishda yo`l harakati xavfsizligi talablariga muvofiq bo`lmagan ko`rsatkichlar bo`yichagina o`tkaziladi. 
Transport vositasi oldingi ko`rikdan o`tkazish vaqtidan boshlab 20 kundan ko`p bo`lgan muddatda takroriy ko`rikdan o`tkazishga qo`yilgan taqdirda texnik holatni tekshirish to`liq hajmda o`tkaziladi.

O`zbekiston Respublikkasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 21 noyabrdagi 241-sonli "Yo`l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir qo`yimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qaroriga asosan amaldagi "Yo`l harakati xavfsizligi qoidalari"ga transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchining telefonda foydalanishning taqiqlanishi to`g`risida o`zgartirish kiritilgan va 2007 yilning 1 yanvaridan boshlab amalda qo`llanmoqda. Bu turdagi huquqbuzarliklar uchun mamuriy javobgarlik belgilangan. 
Mazkur o`zgartirish va ko`shimchalarda transport vositasi harakatlanib ketayotganda haydovchining Hand-free komplektlari yoki telefonning boshqa funktsiyalaridan foydalanish ko`zda tutilmagan.

podpolkovnik M.Xadjayev

Ushbu holatda siz “Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan to`g`ridan-to`g`ri voqea sodir bo`lgan hududning Ichki ishlar bo`limiga yoki bo`lmasa voqea sodir bo`lgan joyga yaqin joylashgan militsiya tayanch punktiga yozma ravishda yoki telefon orqali murojaat etishingiz kerak.

kapitan Sultonov Baxriddin Murodovich

Vaqtincha qayd etish, shaxsining o`zi belgilagan istiqomat joyida bo`lishi davrida amalga oshiriladi. 
Vaqtincha qayd ettirish uchun O`zbekiston fuqarolari quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: 
-turar-joyni sotib olish haqida shartnoma yoki tegishli organlar tomonidan berilgan order, 3-shakl bo`yicha ariza, 
-O`zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti 
-tug`ilganlik to`g`risida guvoxnoma – 16 yoshga to`lmagan, ota-onalaridan (vasiylar va xomiylardan) alohoda yashovchi shaxslar uchun; 
-davlat boji to`langanligi to`g`risida kvitantsiya. 
Doimiy yoki vaqtinchalik ro`yhatdan o`tmagan shaxslar O`zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 223-moddasiga ko`ra ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Amaldagi "Yo`l harakati qodilari"ning 3.5-bandida tarnsport vositasi haydovchisining harakatni boshlashdan oldin transport vositasining texnik sozligini, tozaligini va to`liq jihozlanganligini tekshirishga majburligi belgilangan. 
Shuningdek, mazkur qoidaning 3-ilovasi 7.9-bandida ko`rsatilgan asbob-anjomlar (tibbiyot qutichasi, o`t o`chirgich, majburiy to`xtaganini bildiruvchi belgi va boshqalar) bilan jihozlanmagan transport vositalaridan foydalanish man etilgan. 
O`zbekiston Respublikasining Yo`l harakati havfsizligi to`g`risidagi Qonunining 9-moddasida Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga yo`l harakati qatnashchilarining mazkur qonunga, yo`l yo`l harakati qoidalariga hamda yo`l harakati havfsizligiga doir boshqa qonunosti xujjatlariga amal qilishlarini nazorat qilishga vakolat berilgan. 
Shu sababdan Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari xavfsizlik nuqtai nazaridan haydovchining transport vositasini ko`rikdan o`tkazish uning to`liq jihozlanganligini tekshirish uchun uning yukxonasini ochishni talab etishga haqli.

podpolkovnik M.Xadjayev

Yo`l harakati xavfsizligi xodimi ish faoliyatidan norozi bo`lgan xollaringizda uning bevosita raxbariga yoki DYHXXning yuqori turuvchi idoralariga og`zaki yoki yozma ravishda murojaat etishingiz mumkin.

Transport vositalarini qayta ro`yhatdan o`tkazish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 26 maydagi 256-sonli qarori asosida amalga oshiriladi. 
YHXX organlarida yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari egasi korxona yoki tashkilotning yozma arizasi fuqarolar uchun shaxsiy pasport yoki uning o`rniga berilgan hujjat, transport vositasini qonuniy sotib olinganligini, ro`yxatdan o`tkazish uchun belgilangan yig`imlar to`langanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida ro`yxatdan o`tkaziladi. 
Yuridik shaxslar transport vositalarini ro`yxatdan o`tkazishda yuridik shaxsning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnoma nusxasini taqdim etadilar. 
Transport vositalari ularni qayd etishdan oldin hududiy mudofaa ishlari bo`yicha bo`limlarda ro`yxatdan o`tkaziladi yoki ro`yxatdan chiqariladi. 
Yangi tashkil etilgan tashkilot va korxonalarni avtoxo`jaliklarni ro`yxatdan o`tkazish vaqtida transport vositalarini saqlash uchun yetarli joy maydoni (garaj, avtosaroy) mavjudligi yoki bunday joy ijaraga olinganligi haqidagi shartnomadan nusxa, hududiy YHXX organi tomonidan shu joyning ko`rikdan o`tkazilgani to`g`risidagi dallolatnoma taqdim etiladi.
Transport vositalari ushbu hollarda qayta ro`yxatdan o`tkaziladi: 
Transport vositalarining turar-joy yoki egasining yashash joyi o`zgarganda, quyidagi hujjatlar asosida: 
-belgilangan tartibda ariza; 
-texnik hujjat (qayd etish guvohnomasi, texnik pasport, texnik talon); 
-korxona va tashkilotlar transport vositalarining turgan o`rni o`zgarishiga asos bo`lgan hujjat (buyruq, ijara shartnomasi, hokimlik qarori); 
-transportlarning turgan o`rnini hududlardagi YHXB organlari tomonidan ko`rikdan o`tkazganligi haqidagi dalolatnoma; 
Tashkilotning nomi, egasining familiyasi, ismi va otasining ismi o`zgarganda, quyidagi hujjatlar asosida: 
-belgilangan tartibda ariza; 
-ismi o`zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (buyruq, farmoyish, qaror); 
-fuqarolar uchun shaxsiy pasport, familiyasi, ismi va otasining ismi o`zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik holatini dalolatnomalarini qayd etish organi yoki sud organi tomonidan berilgan hujjat). 
Egasi o`zgarganda, quyidagi hujjatlar asosida: 
-belgilangan tartibda ariza;
-notarial idoralari tomonidan berilgan oldi-sotdi, hadya, ayriboshlash shartnomalari, vorislik, meros va mulkka egalik qilish huquqini beruvchi guvohnomalar; 
-sud qarori; 
-O`zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo`mitasi idoralari tomonidan berilgan order; 
-Chetdan keltirilgan va bojxona nazorati ostida turgan transport vositalari uchun bojxona idorasi tomonidan beriladigan maxsus guvohnoma;

Ohirgi o'zgarish: 03.09.2016 21:56