Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 834  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Murojaat qilish tartibi

Xurmatli foydalanuvchi!

Sizdan diqqat bilan O’zbekiston Ichki Ishlar Vazirligining murojaatlarni qabul qilish va ko’rib chiqish Tartibi bilan tanishib chiqishingiz so’raladi.
O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hamda xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, shuningdek, fuqoroligi bo’lmagan shaxslar Ichki Ishlar Vazirligiga ariza, taklif, shikoyat bilan murojaat qilish xuquqiga ega.
Murojaatlar og’zaki, yozma yoki elektron shaklda: shaxsan taqdim etilishi, pochta orqali yuborilishi, “ishonch telefoni” orqali, elektron pochta orqali, Ichki Ishlar Vazirligining rasmiy veb-sayti orqali, O’zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv xizmatlar Davlat portali (Xukumat portali) orqali yuborilishi mumkin.
Jismoniy shaxslarning murojaatlarida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi) yashash manzili va murojaatning maqsadi ko’rsatilishi lozim.
Yuridik shaxslarning murojaatlarida yuridik shaxsning to’liq nomlanishi, joylashuv ma’lumotlari (pochta manzili) va murojaatning maqsadi ko’rsatilishi lozim. 
Yozma murojaat murojaatchi jismoniy shaxs bo’lganda uning imzosi yuridik shaxs bo’lganda rahbarning yoki vakolatli shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Agar murojaat etayotgan jismoniy shaxsning yozma murojaatini imzolanganligini biriktirish imkoniyati bo’lmagan taqdirda, murojaat murojaatni tuzgan shaxsning imzosi va qo’shimcha ravishda familiyasi (ismi, otasining ismi) biriktirilishi lozim.
Elektron murojaat, raqamli elektron imzo va boshqa mavjud bo’lgan hujjatlar bilan tasdiqlangan, identifikatsiyalash imkoniyatiga ega bo’lgan elektron hujjat shaklida bo’lishi lozim. Elektron murojaat belgilangan qonunchilik talablariga muvofiq bo’lishi lozim.
Ko’rib chiqilmaydigan murojaatlar: yashirin murojaatlar; vakolatlari tasdiqlanmagan tegishli hujjatlari mavjud bo’lmagan jismoniy yoki yuridik shaxslar orqali taqdim etilgan murojaatlar; qonunchilik bilan belgilangan talablarga javob bermaydigan murojaatlar.
O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining rasmiy veb-sayti orqali taqdim etilgan fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqish tartibi:
1. O’zbekiston Ichki Ishlar Vazirligiga murojaat etish imkoniyatini ta’minlovchi qo’shimcha vosita xisoblanadi.
2. Murojaatga javob berish ma’lum vaqtdan keyin Ichki Ishlar Vazirligining rasmiy veb-saytining “Savol va javoblar” sarlavhasida e’lon qilinadi. Murojaatlarni ko’rib chiqish muddati 10 kundan oshmaydi. Agar fuqaroning murojaatini ko’rib chiqish uchun qo’shimcha vaqt talab etilsa, u holda 1 oydan ko’p bo’lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin
3. Ichki Ishlar Vazirligi vakolat doirasiga kirmaydigan savollar ko’rib chiqilmaydi va boshqa tashkilot va korxonalarga yuborilmaydi. Noto’g’ri shaklga ega bo’lgan murojaatlar ko’rib chiqilmaydi.
4. Matnning o’lchami 1000 belgidan oshmasligi lozim.
5. To’liq bo’lmagan yoki jo’natuvchi haqida ma’lumotlar aniq bo’lmagan taqdirda elektron shakldagi murojaatlar (so’rovlar) ko’rib chiqilmaydi.
6. Agar Siz, bizning javobimizdan qoniqish hosil qilmasangiz, Ichki Ishlar Vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish xar kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha fuqarolarni qabul qilish binosida quydagi manzilda amalga oshiriladi: Toshkent shaxri Yu.Radjabiy kuchasi 1 uy. Mo`ljal «Kosmonavtlar» metro bekati. Elektron manzil: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. Телефон: (+99871) 231-36-50.

Ichki ishlar vaziri Azizov Abdusalom Abdumavlanovich qabuliga yozilish uchun Ichki ishlar Vazirligiga ariza bilan murojat qilish zarur, ariza ko`rib, o`rganib chiqilgandan so`ng qo`shimcha ma'lumot sifatida qabul qilish kuni va vaqti haqida ma'lumot beriladi.

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o`rinbosarlari qabulga qatnasha olmagan taqdirda ma'sul boshqarma boshliqlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish amalga oshiriladi.

Ohirgi o'zgarish: 04.01.2017 11:42