Sayt haritasi

Bizga qo'shil

Saytdagi so'ngi va ommabop yangiliklar haqida bilmoqchimisiz?

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 1170  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

O`tkazilgan tadbirlar haqida

IIV Akademiyasida davra suhbati

2017 yilning 31 may kuni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi...

Maqsad – xizmat samaradorligini oshirish

Navoiy viloyatida «Respublika hududida sodir bo’lgan yong’inlarni o’chirishni takomillashtirish, yong’in va favqulodda holatlarni bartaraf etishga jalb etilgan kuch va vositalarning samarali boshqaruvini tashkil etish» mavzusida o’quv-seminar o’tkazildi.

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida matbuot anjumani

2017 yil 23 may kuni Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida  «Xalq dardi bilan yashaydigan, uning manfaatlari yo’lida xizmat qiladigan mutaxassis kadrlar tayyorlash – dolzarb vazifa» mavzuida matbuot anjumani o’tkazildi.

Musobaqalarga start berildi

Ayni kunlarda respublikamizning barcha o’rta maxsus, kasb-munar ta’limi muassasalari o’quvchilari o’rtasida  «Yosh  o’t  o’chiruvchi»  musobaqalarining  o’tkazilishi  bu borada alomida ahamiyat kasb etadi.

Qizg’in, murosasiz bahslar

Samarqand shahrida patrul-post xizmati xodimlari o’rtasida respublika miqyosida kasb mahorati tanlovi bulib o’tdi. Unda 14 jamoa ishtirok etdi.

Hamkorlik qilishga kelishib olindi

IIV Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’minlash boshqarmasida  BMTning  Bola huquqlari bo’yicha qo’mitasi raisining o’rinbosari Renata Vinter bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Navoiy shahrida yong’in o’chirish amaliy sporti

Joriy yilning 21-23 aprel kunlari Navoiy shahrida yong’in o’chirish amaliy sporti bo’yicha O’zbekiston “Dinamo” JTSJ chempionati bo’lib o’tdi. Mazkur bellashuvda jami 16 ta terma jamoa vakillari 4 ta shart bo’yicha g’oliblik uchun o’zaro kuch sinashdilar. Dastlab Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida start olgan bahslarda sportchilar 100 metr masofaga to’siqlar osha yugurish hamda yong’in o’chirish estafetasi bo’yicha imkoniyatlarini sinab ko’rdilar. 22-23 aprel kunlaridagi bellashuvlar esa Navoiy viloyati IIB YOXB va “Kimyogar” o’yingohlarida bo’lib o’tdi.

ILMIY-AMALIY SEMINAR

O’zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtida “O’zbekiston Respublikasida qo’riqlash tizimlari va ularning axborot ta’minotini zamonaviy texnologiyalarni qo’llash bilan joriy etish yo’llari”mavzusida o’tkazilgan respublika ilmiy-amaliy seminari  o’tkazildi.

JINOYATLARGA QARSHI KURASHNING MILLIY VA XORIJIY TAJRIBASI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar hamda «O’zbekiston Respublikasida 2017 yilda xalqaro va respublika miqyosida o’tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi» ijrosini ta’minlash maqsadida...

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir

IIV Madaniyat saroyida bo’lib o’tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir «Harakatlar strategiyasi: taraqqiyotning yangi bosqichi» mavzusiga bag’ishlandi. Uni IIV SHTBIX boshlig’ining o’rinbosari, polkovnik Alisher Usmanov kirish so’zi bilan ochdi.

HUQUQIY HUJJATLAR O’RGANILDI

“Farg’ona azot” aktsiyadorlik jamiyati majlislar zalida Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi Qonun mazmun-mohiyatini o’rganishga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.

Inson huquq va manfaatlari kafolati profilaktika inspektorlari faoliyatining asosiy mezonidir

Poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida ichki ishlar organlari tayanch punktlari ko’rik-tanlovining respublika bosqichi bo’lib o’tdi.

Jinoyatning sodir bo’lish sabablari chuqur o’rganilib, ularni bartaraf etish choralari ko’rilmoqda

Namangan viloyatining Chortoq tumanida Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni tadbirlari ertalab soat sakkizda umumta’lim maktab­larida, litsey va kollejlarda davomatni tekshirishdan boshlandi. So’ng hududiy profilaktika inspektorlari xonadonlarni aylanib, pasport-viza tartibotini tekshirishdi, profilaktik suhbatlar o’tkazishdi.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish – dolzarb vazifa

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo’yicha komissiyaning viloyat hududiy komissiyasi tomonidan olib borilgan o’rganishlar natijasi muhokama etildi.

Ahdi qat’iy o’g’lonlar

Ona Vatanni himoya qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir mard o’g’lon uchun oliy sharafdir. Bugun Qurolli Kuchlarimiz safida muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan yigitlarning ko’pchiligi shartnoma asosida xizmatni davom ettirish orzusida.

«Ichki ishlar organlari to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi – inson manfaatlarini ta’minlashning muhim huquqiy kafolati

2017 yilning 16 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida «Ichki ishlar organlari to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi – inson manfaatlarini ta’minlashning muhim huquqiy kafolati» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo’lib o’tdi.

Navbat – respublika bosqichiga

Kuni kecha IIV Madaniyat saroyida «Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punkti» ko’rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Tantanali tadbirni Toshkent shahar IIBB boshlig’i, general-mayor B. Qurbonov ochib, poytaxtimizda ichki ishlar organlari, xususan, profilaktika xizmati samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, profilaktika inspektorlariga yaratilayotgan qulayliklar xususida alohida to’xtalib o’tdi.

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida

Inson ma’naviyatini yuksaltirishda kitobning ahamiyati beqiyosdir. Shu bois yurtimiz aholisining, ayniqsa, kelajagimiz egalari bo’lmish yosh avlodning kitobga bo’lgan mehrini yanada oshirish maqsadida ko’plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Borliqni munavvar etguchi siymo

Ayollarni gulga qiyoslashadi. Bu bejiz emas. Chunki ular o’zlarining tarovati bilan borliqqa go’zallik baxsh etuvchi suluv bahorga o’xshaydi. Bahorning ilk bayrami ham vafo va sadoqat timsoli bo’lgan xotin-qizlar kuni bilan boshlanishi, balki, shundandir.

 

Jinoyat kodeksini takomillashtirish masalalariga bag’ishlandi

Toshkent davlat yuridik universitetida O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksini takomillashtirish masalalariga bag’ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi. 
Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori Z.Esonova va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa, sud hokimiyati mustaqilligini bosqichma-bosqich mustahkamlashga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.