Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 613  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Mustaqillik 25 yil

RSS feed

Faxriylar tinglovchilar huzurida

Ichki ishlar idoralarida uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriylar O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlab tashkil etilayotgan turli uchrashuvlarda faol ishtirok etib, yosh xodimlarni ona Vatanga muhabbat, burchga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo’shmoqdalar.
Ayni kunlarda IIV Akademiyasi o’quv-dala poligonida birinchi bosqichga qabul qilingan tinglovchilar xizmat, jangovar va saf tayyorgarligi bo’yicha saboq olmoqda. Bu jarayonda ularning sohaga oid dastlabki ko’nikmalarni olishlari, kasb sirlarini o’rganishlari, ma’naviyatini oshirishlari hamda dunyoqarashlarini kengaytirishga alohida e’tibor berilayapti.

Takomillashayotgan sohaviy xizmat

Mustaqillik barcha jabhalarda bo’lgani kabi ichki ishlar idoralari qo’riqlash xizmatida ham tub islohotlar o’tkazish, mazkur xizmatni zamon talabi darajasida shakllantirish va yanada takomillashtirish imkonini berdi. Istiqlol yillarida IIV huzuridagi Respublika «Qo’riqlash» birlashmasi va uning quyi tizimlarida tub o’zgarishlar, yangilanishlar yuz berdi. Qo’riqlash xizmati qoloq tizimdan eng zamonaviy texnik vosita va jihozlar bilan ta’minlangan xizmatlardan biriga aylandi. Shu bois, eng ulug’ va eng aziz bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yilligini munosib kutib olishga tayyorgarlik ko’rilayotgan shu kunlarda «Kim edigu kim bo’ldik?» degan savolga aynan shu soha misolida javob bersak bo’ladi. 

Otam, onam va men – sportchilar oilasi

Mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama etuk bo’lib voyaga etishi hukumatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri ekanligi har birimizda faxr-iftixor tuyg’ularini uyg’otadi. Respublika IIV rahbariyati tomonidan ham bu borada ko’plab ibratli ishlar bajarilmoqda. «Otam, onam va men — sportchilar oilasi» musobaqasini ana shunday xayrli tadbirlardan biri deyish mumkin.
Toshkent shahar IIBB Kasbiy tayyorgarlik markazida mazkur sport musobaqasining Ichki ishlar vazirligi bosqichi yuqori saviyada bo’lib o’tdi. Uning ochilish marosimida IIV ShTBIX boshlig’ining o’rinbosari, polkovnik A. Usmanov so’zga chiqib, yurtimizda mustaqilligimizning 25 yilligini munosib kutib olish maqsadida «Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!» degan ezgu g’oyani o’zida mujassam etgan ko’plab madaniy tadbirlar, targ’ibot-tashviqot ishlari, sport musobaqalari ko’tarinki ruhda tashkil etilayotganini alohida ta’kidladi. Shuning­dek, mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish, yosh avlodni sportga oshno etib tarbiyalash, onalar va qizlarimizni jismoniy tarbiya bilan muntazam shug’ullantirish orqali sog’lom kelajakni shakllantirish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirilayotganini e’tirof etdi.

Mardlik, azmu shijoat –bizga bobomeros fazilat

Barchamiz buyuk va muhim tarixiy sana arafasida turibmiz. O’zbekiston xalqi davlat mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish va tantanali ravishda nishonlash uchun har tomonlama qizg’in tayyorgarlik ko’rmoqda. Mustaqillik, haqiqatan ham, tom ma’noda buyuk tarixiy voqea sifatida hayotimizga kirib keldi. Uning buyukligi shundaki, istiqlol Vatanimiz tarixida yangi davlat, yangi jamiyat barpo etish yo’lini ochib berdi.
Istiqlol tufayli har tomonlama barkamol bo’lib voyaga etayotgan yosh avlod O’zbekiston dovrug’ini dunyoga yoymoqda. Buning tasdig’ini sportchi yigit-qizlarimizning dunyo miqyosidagi turli nufuzli sport tadbirlarida qo’lga kiritayotgan ulkan yutuq va natijalari misolida ko’rishimiz mumkin. Zero, O’zbekiston yoshlari ilm-fan, san’at bilan birga sportda ham g’oliblik shohsupalariga ko’tarilayotgani yurtimizning iste’dodlarga boyligini anglatadi.