Sayt haritasi

Bizga qo'shil

Saytdagi so'ngi va ommabop yangiliklar haqida bilmoqchimisiz?

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 978  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Matbuot xizmati haqida

Matbuot xizmati haqida

Matbuot xizmati haqida

Abdullaev To’lagan Patxullaevich

O’zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati boshlig’i

Тelefon: 231-45-50

Qabul kunlari: 

 

 

 

 

 

Ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni amalga oshirish tartibi to’g’risida

NIZOMdan

Ko’chirma

 Ichki ishlar organlari faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni axborotdan foydalanuvchilar uchun taqdim etish tartibi

Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid ma’lumotlarni axborotdan foydalanuvchilar uchun taqdim etish vakolatiga ega bo’lgan vazirlik sohaviy xizmatlari va hududiy ichki ishlar organlari:

bosh boshqarmalari, boshqarmalari, mustaqil bo’limlari;

vazirlik ta’lim muassasalari;

vazirlik tizimidagi sport sog’lomlashtirish komplekslari;

Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar va Transportdagi ichki ishlar boshqarmalari;

shahar va tuman ichki ishlar boshqarmalari va bo’limlari, tarmoq ichki ishlar bo’limlari;

shaharcha, posyolka ichki ishlar organlari bo’linmalari va ichki ishlar organlari tayanch punktlari.

Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari va hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari ichki ishlar organlari faoliyatiga oid ma’lumotlarni axborotdan foydalanuvchilar uchun taqdim etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning doimiy nazoratini olib boradi.

 Axborot olishga doir so’rovni ko’rib chiqish muddati va tartibi, so’rovga qo’yiladigan talablar

 Axborotdan foydalanuvchining so’rovi ro’yxatdan o’tkazilgan kundan e’tiboran ko’pi bilan o’n besh kunlik muddatda ko’rib chiqiladi.

Ommaviy axborot vositalarining ichki ishlar organlari faoliyati to’g’risida axborot olishga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to’g’risidagi so’rovi ko’pi bilan etti kunlik muddatda ko’rib chiqiladi.

Agar axborotdan foydalanuvchining so’rovini ko’rib chiqish ichki ishlar organlarining vakolatlariga kirmasa, so’rov so’ralayotgan axborotni taqdim etish vakolatiga kiritilgan organga ro’yxatdan o’tkazilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida yuboriladi, axborotdan foydalanuvchi esa bu haqda xabardor qilinadi.

Rasmiy nashrlarda, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan (chop etilgan) yoxud rasmiy veb-saytlarda joylashtirilgan axborot so’ralganda ichki ishlar organlari so’rovga beriladigan javobda so’ralayotgan axborot e’lon qilingan (chop etilgan) rasmiy nashrning, ommaviy axborot vositalarining nomi, chiqarilish sanasi hamda raqamini yoki so’ralayotgan axborot joylashtirilgan rasmiy veb-saytning elektron manzilini ko’rsatgan holda havola berishi mumkin.

So’rov rad etilgan taqdirda axborotdan foydalanuvchiga asoslantirilgan javob yuboriladi.

Jismoniy shaxsning so’rovida uning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan va so’rovning mohiyati bayon etilgan bo’lishi kerak. Yuridik shaxsning so’rovida yuridik shaxsning to’liq firma nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan, so’rovning mohiyati bayon etilgan bo’lishi kerak.

Yozma so’rovlar axborotdan foydalanuvchining shaxsiy imzosi bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak. So’rovni shaxsiy imzo bilan tasdiqlash imkoniyati bo’lmagan taqdirda, u qo’shimcha ravishda tuzuvchining ham familiyasi, ismi, otasining ismi qo’yilgan holda uning imzosi bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak.

Axborotdan foydalanuvchini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko’rsatilmagan so’rovlar anonim hisoblanadi va ko’rib chiqilmaydi.

Ichki ishlar organlari faoliyatiga yoki vakolatiga taalluqli bo’lmagan so’rov unda qo’yilgan masalalar yuzasidan axborot taqdim etish vakolatiga kiradigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yoki mansabdor shaxsga yuboriladi.

Belgilangan tartibda yuborilgan so’rovlar ko’rib chiqilishi shart.

 O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini ichki ishlar organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibi

 O’zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari ichki ishlar organlarining faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali o’z vaqtida va xolisona yoritish maqsadida hamkorlik qilishni so’rab, o’zining rasmiy blankasida rahbarning imzosi qo’yilgan, muhr bilan tasdiqlangan buyurtmanoma bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan taqdirda, ushbu ommaviy axborot vositalari vakillari ichki ishlar organlari huzurida akkreditatsiya qilinadi.

Akkreditatsiya qilish borasida taqdim etilgan buyurtmanomada quyidagilar ko’rsatilishi kerak:

ommaviy axborot vositalarining nomi va turi;

ixtisoslashuvi;

tarqalish hududi;

elektron pochta manzili;

telefon va faks raqamlari;

akkreditatsiyaga taqdim etilgan vakilning familiyasi, ismi va otasining ismi;

ommaviy axborot vositalari vakili kasb vazifalarini bajarish uchun o’zi bilan birga olib yurishi zarur bo’lgan apparatlar ro’yxati.

Buyurtmanomaga batafsil ma’lumotlar (vakilning xizmat mavqei, pasportiga oid ma’lumotlar, diplomi nusxasi, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami) hamda belgilangan shakldagi to’rtta fotosurat ilova qilinadi.

Buyurtmanoma ichki ishlar organlari tomonidan murojaat olingan kundan boshlab, bir oy mobaynida ko’rib chiqiladi.

Ommaviy axborot vositalari taqdim etgan buyurtmanoma va hujjatlarni o’rganish mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Ommaviy axborot vositalari tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatini yoritish bo’yicha akkreditatsiya qilish uchun taqdim etilgan buyurtmanoma va hujjatlarni o’rganish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ekspertlar guruhi tarkibi, 3-ilovasiga muvofiq Toshkent shahar IIBB, Toshkent viloyati IIB va Transportdagi IIBda tuziladigan ekspertlar guruhi tarkibi, 4-ilovasiga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida tuziladigan ekspertlar guruhi tarkibi tomonidan amalga oshiriladi. Hujjatlarni ko’rib chiqish natijalari murojaat tushgan paytdan boshlab, o’n kun muddatda ekspertlar guruhi xulosasi bilan rasmiylashtiriladi.

Ekspertlar guruhi xulosasi mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o’tuvchi ommaviy axborot vositalari vakillarining ichki ishlar organlari faoliyatiga oid axborotlardan foydalanish va ularni yoritish borasidagi malakasini o’rganish bo’yicha attestatsiya komissiyasi tarkibi tomonidan, 6-ilovasiga muvofiq Toshkent shahar IIBB, Toshkent viloyati IIB va Transportdagi IIBda akkreditatsiyadan o’tuvchi ommaviy axborot vositalari vakillarining ichki ishlar organlari faoliyatiga oid axborotlardan foydalanish va ularni yoritish borasidagi malakasini o’rganish bo’yicha attestatsiya komissiyasi tarkibi tomonidan, 7-ilovasiga muvofiq Qoraqalpog’iston  Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida akkreditatsiyadan o’tuvchi ommaviy axborot vositalari vakillarining ichki ishlar organlari faoliyatiga oid axborotlardan foydalanish va ularni yoritish bo’yicha malakasini o’rganish bo’yicha attestatsiya komissiyasi tarkibi tomonidan o’rganib chiqiladi.

Mazkur komissiya ikki ish kuni mobaynida ommaviy axborot vositalari vakilini attestatsiyadan o’tkazib, uni ichki ishlar organi huzurida akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi.

Attestatsiya komissiyasining akkreditatsiya qilish to’g’risidagi qaroriga asosan Attestatsiya komissiyasi kotibi tomonidan bir hafta muddat ichida ommaviy axborot vositalarining vakiliga mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq Ichki ishlar organi huzurida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish to’g’risida guvohnoma rasmiylashtirib beriladi.

Ommaviy axborot vositalari vakili ushbu guvohnomadan bir yil mobaynida foydalanishi mumkin.

Ommaviy axborot vositalari vakiliga beriladigan akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnoma mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq Ommaviy axborot vositalari vakillariga beriladigan akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomani qayd etish kitobiga imzo qo’ydirish orqali beriladi.

Mazkur kitob ichki ishlar organlari kotibiyatida qayddan o’tkazilib, belgilangan tartibda yuritiladi.

 OAV da va IIV Veb-saytida yoritiladigan axborotlar ro’yxati

 Vazirlik sohaviy xizmatlari, ta’lim muassasalari quyidagi yo’nalishlarni ommaviy axborot vositalarida va vazirlik veb-saytida yoritadi hamda bu boradagi ma’lumotlarni axborotdan foydalanuvchilar uchun taqdim etadi:

Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’minlash boshqarmasi  vazirlik tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini, vazirlik tomonidan tashkil etilgan xalqaro tadbirlar, majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, konferentsiyalar, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni;

Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi vazirlik tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni, o’tkaziladigan hay’at majlislari, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, konferentsiyalar, brifinglar va boshqa tadbirlarning kun tartibi, o’tkaziladigan joyi, sanasini hamda xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan amalga oshirilayotgan hamkorlikni, xalqaro shartnomalar to’g’risidagi ma’lumotlarni;

vazirlik Kotibiyati jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda Ichki ishlar vazirligi rahbariyatining qabul kunlari to’g’risidagi ma’lumotlarni;

Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati  ishga qabul qilish shartlari va bo’sh ish o’rinlarini etuk mutaxassislar bilan jamlash, vazirlik ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun nomzodlarga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi ma’lumotlarni;

Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan shaxsga, tinchlik va xavfsizlikka, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi, iqtisodiyot sohasidagi, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlariga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlargt va erishilgan natijalarni, shov-shuvga sabab bo’lgan hamda «issiq izida» fosh etilgan jinoyatlarning tafsilotlarini (sud bo’lmaguncha aybdorning ismi familiyasini ko’rsatmagan holda);

Tergov bosh boshqarmasi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan shaxsga, tinchlik va xavfsizlikka, jamoat xavfsizligi, jamoat tartibiga qarshi, iqtisodiyot sohasidagi, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlari va boshqa jinoyatlarning tergov qilinishi, ushbu jinoyatlarning sudda ko’rib chiqilib, jazoning muqarrarligini ta’minlash borasidagi hamda Oliy Majlis Senatining amnistiya to’g’risidagi qarori ijrosi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni;

Huquqbuzarliklarning oldini olish bosh boshqarmasi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ijobiy tajribalarni, profilaktika xizmati faoliyatining samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni, huquqbuzar-liklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar, muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada erishilgan yutuqlarni hamda  Oliy Majlis Senatining amnistiya to’g’risidagi qarori ijrosi bo’yicha amalga oshirilayotgan  ishlarni;

Axborot markazi vazirlik rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan axborotlar ro’yxatini;

Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi  pasport tizimi talablari, O’zbekiston Respublikasidan chiqish va unga kirish uchun zarur bo’lgan hujjatlar, doimiy va vaqtincha yashash, turgan joyi bo’yicha hisobga olinish uchun ruxsatnomalarni berish hamda rasmiylashtirish tartibi, O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lish qoidalari to’g’risidagi ma’lumotlarni;

Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi respublikada yo’l-transport hodisalari va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va erishilayotgan yutuqlarni;

Yong’in xavfsizligi bosh boshqarmasi yong’in xavfsizligining ahvolini  hamda respublikada yong’inlar va ularning oqibatlarini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni;

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi jazoni ijro etish muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar, bu erda jazo muddatini o’tayotgan mahkumlarning sodir etgan jinoyatidan pushaymonligi haqidagi fikrlari, Oliy Majlis Senatining amnistiya to’g’risidagi qarori ijrosi bo’yicha amalga oshirilayotgan  ishlarni;

Moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan o’tkaziladigan ochiq tanlovlar (tenderlar) va kim oshdi savdolari to’g’risidagi ma’lumotlarni;

vazirlikning barcha sohaviy xizmatlari va ta’lim muassasalari kuratorlikni amalga oshiruvchi Ichki ishlar vaziri o’rinbosari bilan kelishgan holda mazkur xizmatlar ish tartibi, faoliyati, ular tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni va bu borada huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlar va keng jamoatchilik bilan tashkil etilgan hamkorlikni;

vazirlik ta’lim muassasalari mazkur oliy ta’lim muassasasiga nomzodlarni o’qishga qabul qilish va o’qitish tartib qoidalarini, ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan islohotlarni, O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijrosi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni, o’tkazilayotgan  ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar, matbuot anjumanlari va brifinglarni hamda boshqa tadbirlarning tafsilotlarini.

Hududiy ichki ishlar organlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar va Transportdagi ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari bilan kelishgan holda Nizomning 6-bandi talablari asosida hududiy ichki ishlar organlari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida va vazirlik veb-saytida yoritadi hamda bu boradagi ma’lumotlarni axborotdan foydalanuvchilar uchun taqdim etadi.

Axborot xizmati ichki ishlar organlarining faoliyati to’g’risida axborot tarqatishning qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa usullaridan ham foydalanishi mumkin.

 Ichki ishlar organlarining faoliyati to’g’risida e’lon qilinishi (chop etilishi) mumkin bo’lgan axborotlar materiallar

 Ichki ishlar organlarining faoliyati to’g’risidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi (davlat va xizmat sirlariga ega bo’lgan hujjatlar bundan mustasno):

Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo’linmalarining huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar;

Vazirlik tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga va boshqa hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni o’z kuchini yo’qotgan deb topish to’g’risidagi ma’lumotlar;

Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan qabul qilingan Davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar, ularning amalga oshirilishi to’g’risidagi ma’lumotlar;

ichki ishlar organlari tomonidan olib boriladigan statistik ma’lumotlar;

ichki ishlar organlari tomonidan o’tkaziladigan ommaviy tadbirlar;

fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha o’tkaziladigan majlislar, uchrashuvlar, konferentsiyalar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar to’g’risidagi ma’lumotlar;

huquqbuzarliklarning umumiy, maxsus, yakka tartibdagi hamda viktimologik profilaktikasini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar;

profilaktika (katta) inspektorlarining ma’muriy hududda aholi bilan o’tkazadigan hisobot uchrashuvlari to’g’risidagi ma’lumotlar;

ichki ishlar organlarining davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi to’g’risidagi ma’lumotlar;

amalga oshirilishida ichki ishlar organlari ishtirok etayotgan O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risidagi ma’lumotlar;

ichki ishlar organlariga ishga va o’qishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi ma’lumotlar;

ichki ishlar organlari tomonidan o’tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kim oshdi savdolari to’g’risidagi ma’lumotlar;

ichki ishlar organlarining faoliyati to’g’risidagi axborot jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.

Ichki ishlar organlarining faoliyati to’g’risidagi axborotdan foydalanish, agar mazkur axborot qonunda belgilangan tartibda davlat sirlari yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar jumlasiga kiritilgan bo’lsa, bunday ma’lumotlar cheklab qo’yiladi.