Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 810  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Ma`ruzalar

YO’L HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASН –DOIMIY E’TIBORDA

Bugungi shiddatli zamonda transport vositalari kundalik hayotimizda eng yaqin ko’makchi bo’lib qolmoqda. Aholi turmush farovonligining yuksalishi, ayniqsa, yurtimizda avtomobilsozlik sanoati izchil rivojlanib borayotgani natijasida shaxsiy avtomobillar soni sezilarli darajada oshib, yo’llarda avtoulovlar qatnovi ko’paygan
 

«TILSIZ YОV” NI TIZGINLASН YO’LIDA

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ichki ishlar organlarining hamma sohalari singari, yong’in xavfsizligi xizmatini takomillashtirish borasida ham tub islohotlar o’tkazildi va ayni paytda ham bu boradagi keng qamrovli ishlar davom ettirilmoqda. Yong’in xavfsizligini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, unga «Davlat ahamiyatidagi muhim masala» maqomi berilib, soha tizimini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish yuzasidan tegishli qonun hujjatlari qabul qilinmoqda.

Taassurotga boy bo’ldi

Mamlakatimizda buyuk mutafakkir, so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi keng nishonlandi. Turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, mushoira va badiiy kechalar bo’lib o’tdi. Xuddi shunday tadbir IIV Qorovul qo’shinlariga qarashli podpolkovnik I. Ortiqov komandirlik qilayotgan harbiy qismda ham yuksak saviyada tashkil etildi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korruptsiyaga qarshi ekspertizasi

Insoniyat tarixidan ma’lumki, davlat vujudga kelishi bilan birga yuzaga kelgan korruptsiya degan jirkanch illat uzoq davrlar osha yashab kelmoqda. Afsuski, uning har joyda va har vaqt turli shakl hamda ko’rinishlarini uchratish mumkin. Korruptsiya inson hayotiga shu darajada chuqur kirib borganki, ba’zan u tabiiy hol yoki odat tusini olgan. Moddiy manfaat evaziga o’z xizmat lavozimi yoki mavqeidan foydalanayotganlar va korruptsiya orqali ishini bitirayotgan ayrim shaxslar uning jinoyat, g’ayriqonuniy qilmish ekanligini o’ylab ham ko’rishmaydi. Bu orqali jamiyat va davlat manfaatiga zarar etkazayotganligi, taraqqiyot yo’liga to’siq bo’layotganligi haqida bosh qotirmaydi. Bunda asosiysi moddiy manfaatdorlik, engil pul topish, boshqacha qilib aytganda, «Ko’rsang tekin – urgin sekin» qabilida ish tutishdir.

Bayram fayzi – tinchlik va osoyishtalikda

Tinch-osoyishta yurtimizga bayramlar yarashadi. Bunday kunlarda xalqimizning ahilligi, mehr-oqibatliligi, bag’rikengligi yanada yaqqol namoyon bo’ladi. Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 19 fevraldagi «2016 yilgi Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq ushbu ayyomni munosib kutib olish uchun har tomonlama puxta taraddud ko’rilmoqda. Xususan, ichki ishlar idoralari tomonidan bayramni tinch-osoyishta o’tkazish, aholi xavfsizligini ta’minlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari Tursunpo’lat Tursunpo’latov bu haqda O’zA muxbiriga qu­yidagilarni so’zlab berdi:
– Tinch hayot qadri bayram kunlarida yanada yaqqol namoyon bo’ladi. Chunki bu xalqimizga yaratuvchanlik, bunyodkorlik kabi qon-qoniga singib ketgan ezgu amallarni ro’yobga chiqarishga keng yo’l ochadi. Shu kunlarda barcha qishloqlarda, shaharlarda yurtdoshlarimiz ko’chat ekish, obodonlashtirish ishlari bilan band. Bunday emin-erkinlik, turmushimizni go’zallashtirayotgan sa’y-harakatlar zamirida mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik mujassam.  

Inson manfaatlarining mustahkam kafolati

2001 yil 4 yanvarda davlatimiz rahbarining «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risida»gi Farmoyishi qabul qilingan edi. Ushbu hujjatda boshqa vazifalar bilan bir qatorda mazkur masala  bo’yicha doimiy ruknlar turkumi, tasviriy vositalar tashkil etish lozimligi ko’rsatib o’tilgan. Shu ma’noda Asosiy qonunimizni doimiy ravishda o’rganib borish davr talabidir.
Ma’lumki, inson huquqlari va ularni real kafolatlash bugungi kunda jahon davlatlarining demokratik va insonparvarlik mohiyatini belgilovchi bosh mezon hisoblanadi. Mamlakatimizda inson va uning manfaatlarini ta’minlash borasida keng ko’lamli sa’y-harakatlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Buning samarasini o’tgan davr mobaynida erishilgan yutuq hamda marralarimizda, xalqimiz farovonligi tobora oshib borishida, jahon hamjamiyatida yurtimiz nufuzi kun sayin yuksalib borayotganligida yaqqol ko’rish mumkin. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ushbu muhim vazifalarni bajarishda mus­tahkam huquqiy asos bo’lib xizmat qilayotir.