Sayt haritasi

Bizga qo'shil

Saytdagi so'ngi va ommabop yangiliklar haqida bilmoqchimisiz?

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 961  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari!

Navro’z umumxalq bayrami kunlari jamoat tartibi va harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida shahrimizning ayrim ko’chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Jumladan, 19 mart kuni kech soat 21-00 dan to bayram tadbirlari tugaguniga qadar Labzak ko’chasining Zulfiyaxonim ko’chasidan Abdulla Qodiriy ko’chasigacha bo’lgan qismida, Qorasaroy ko’chasining Abdulla Qodiriy ko’chasidan Nurafshon ko’chasigacha bo’lgan qismida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to’xtatiladi.
Bundan tashqari, xalq sayllari o’tkazilishi rejalashtirilgan madaniyat va istirohot bog’lari, oromgohlar va boshqa ko’chalarida vaziyat taqazo etganda transport vositalarining qatnovi vaqtincha to’xtatilishi mumkin.
Bayramni ko’ngildagidek o’tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan ushbu ishlarni to’g’ri tushungan holda yondoshishingizni hamda YPX inspektorlari ko’rsatgan yo’nalishlarda harakatlanib xavfsizlikni ta’minlashga hissa qo’shishingizni so’raymiz.

Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati

IIV xabarlari
Ohirgi o'zgarish: 19.03.2017 15:39