Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 365  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

IIV xabarlari

Sayyor qabul – samarali usul

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudoyberganovning Namangan viloyati shahar va tumanlarida o’tkazayotgan sayyor qabullari davom etmoqda. 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to’qqizinchi yalpi majlisi to’g’risida axborot

2017 yil 28 mart kuni Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to’qqizinchi yalpi majlisi ochildi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. 

Xalqimizning roziligi – barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbaidir

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 28 mart kuni Navoiy viloyatida bo’ldi. 

Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to’g’risida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Respublikamizni juda murakkab va og’ir yillarda boshqarib, yurtimiz taraqqiyoti yo’lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo’shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug’lash hamda tavalludining100 yilligini munosib nishonlash maqsadida: 

Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to’g’risida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Respublikamizni juda murakkab va og’ir yillarda boshqarib, yurtimiz taraqqiyoti yo’lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo’shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug’lash hamda tavalludining100 yilligini munosib nishonlash maqsadida: 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Navoiy viloyatiga keldi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 28 mart kuni Navoiy viloyatiga keldi. 

Axborot xizmati

2017 yilning 26 mart kuni soat 17-05 larda Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumani, Uchterak qishlog’i hududidan o’tuvchi 4R6 “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo’lining 69-km.da “G’azalkent-Chimyon” yo’nalishida 2 metr kenglikdagi, uzunligi 15-20 metr bo’lgan yo’lning qatnov qismida ko’chki yuzaga kelgan.

Huquqbuzarliklarning oldi olinmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan mamlakatimizda joriy etilgan profilaktika kunida Andijon viloyatidagi mehnat jamoalari, ta’lim muassasalari, mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar o’tkazilmoqda.

Qonunlar targ’ibotiga bag’ishlandi

Andijonda O’zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi va «Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonunlari targ’ibotiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. 

Mening o’g’lim Vatan himoyachisi

O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo’shinlarining Jizzax viloyatidagi harbiy qismlaridan birida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarning qasamyod qabul qilishiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi.

Shavkat Mirziyoev: mahalla aholisi bir oila kabi ishonchli, mustahkam rishtalar bilan o’zaro uzviy bog’lanishi kerak

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Yunusobod tumanidagi Uvaysiy nomidagi mahallada bo’lib, bu erda fuqarolar yig’ini xodimlari, profilaktika inspektori va aholi uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishdi. 
Mahalla fuqarolar yig’inlari o’zini o’zi boshqarishning chinakam xalqona instituti sifatida jamiyatimizdan mustahkam o’rin egallagan. Bu xalq bilan muloqot qilish va inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ezgu vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.  

Shavkat Mirziyoev: zamonaviy yangi ko’priklar, keng va ravon yo’llar xalqimiz manfaatiga xizmat qiladi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi Yangi shahar va Bog’ishamol ko’chalarini tutashtiruvchi yangi ko’prik bilan tanishdi. 

O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qo’shnichilikni mustahkamlash to’g’risida qo’shma deklaratsiya

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev Prezident Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22-23 mart kunlari Qozog’iston Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasidagi ikki tomonlama muzokaralar natijalariga ko’ra, 

Marhamatda profilaktika kuni

Andijon viloyati Marhamat tumanida payshanba – profilaktika kuni munosabati bilan tadbir o’tkazildi. 
Tadbir doirasida mahallalarda “O’z uyingni o’zing asra!”, “Ogohlik – davr talabi” mavularida uchrashuvlar tashkil etildi. 

Huquqbuzarliklarning oldi olinmoqda

Buxoro shahrida ham payshanba - profilaktika kuni doirasidagi tadbirlar uyushqoqlik bilan o’tkazilmoqda.

Xalq uchun doimo eshiklar ochiq

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni asosida Samarqand viloyatida ham O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi faoliyati yo’lga qo’yildi. 

O’zbekiston – Qozog’iston: azaliy do’stlik va strategik sheriklikka asoslangan hamkorlikning yangi bosqichi.

Avval xabar qilinganidek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboevning taklifiga binoan 22-23 mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo’ldi. 

Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida muloqotni davom ettirdilar. 

Istiqbolli hujjatlar imzolandi

O’zbekiston-Qozog’iston muzokaralari yakunida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo 13 hujjat imzolandi. 
Shavkat Mirziyoev va Nursulton Nazarboev O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qo’shnichilikni mustahkamlash to’g’risidagi qo’shma deklaratsiyani imzoladilar. 

O’zbekiston va Qozog’iston Prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi

Oqo’rda qarorgohida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi bo’ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O’zbekiston va Qozog’iston davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Nursulton Nazarboev faxriy qorovul safi oldidan o’tdilar.