Sayt haritasi

Bizga qo'shil

Saytdagi so'ngi va ommabop yangiliklar haqida bilmoqchimisiz?

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 1169  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Halqaro aloqalar

HAMKORLIKNING YANGI YO’NALISHLARI BELGILAB OLINDI

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida «Xavfsiz shahar» tizimini joriy etishning kelgusi istiqbollari muhokama qilindi.

Samimiy muloqot

Yaponiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito respublika IIVga rasmiy tashrif buyurdi. Qabul chog’ida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor A. Azizov xalqlarimiz ruhan yaqin ekanliklarini ta’kidladi.

Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O’zbekiston Respublikasi IIVga Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi vakillari tashrif buyurdi. GFRning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Naytxart Xyofer-Vissing boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov qabul qildi. O’zaro muloqot chog’idagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Hamkorlikni yanada mustahkamlash yo’lida

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi rasmiy tashrif buyurdi. XXRning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov qabul qildi.

Birgalikda kurashish yo’lida

Respublika IIVga Singapurning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Zulkifli bin Bahoruddin boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini Respublikasi Ichki ishlar vazirining o’rinbosari, polkovnik S. Nurmatov qabul qildi.
Suhbat jarayonida mamlakatlarimiz turli sohalarda, xususan huquqni muhofaza qilish yo’nalishida anchadan buyon yaqindan hamkorlik qilib kelayotgani qayd etildi. Mehmonlar respublikamiz huquqni muhofaza qilish idoralari tizimi bilan tanishtirildi. Ularga mamlakatimiz huquq-tartibot xodimlari aholi bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatishi haqida gapirib berildi.