Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 377  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Dolzarb mavzular

Jinoyatning sodir bo’lish sabablari chuqur o’rganilib, ularni bartaraf etish choralari ko’rilmoqda

Har doimgidek, Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni mamlakatimiz bo’ylab keng miqyosda o’tkazilmoqda. Profilaktik tadbirlarda ochilmay qolgan ko’plab jinoyatlar fosh etilyapti, tergov va sud idoralaridan yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxslar qo’lga olinyapti.

Asosiy maqsad – osoyishtalikni ta’minlash

Jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish choralarini yanada faollashtirish, Navro’z umumxalq bayramining tinch va osoyishta o’tishini ta’minlash maqsadida shu kunlarda respublikamizda «Tozalash – Antiterror» tadbiri o’tkazilmoqda.

«Sizdan ugina, bizdan bugina»

U tengilar allaqachon mashinali, uyli-joyli bo’lib ketishdi. Hatto ota-onasiz o’sgan sinfdoshi Mamatboy ham. Navbahorlik Sharof (ismlar o’zgartirildi) shu haqda o’ylab o’tirarkan, miyasiga kelgan fikrdan birdan suyunib ketdi. «Qanday qilib tez boyish mumkin, deya o’ziga savol berdi u. – Albatta, o’zgalarning hisobiga-da!»

Haydovchining loqaydligi egri niyatli kimsalarga qo’l keldi

Nasriddin afandi qo’shnisi bilan suhbatlashib turgan ekan, qo’shni to’satdan ko’zi tushib qolgan tomonga qarab debdi:
– Afandi qarang, mahallada begona odam qo’y etaklab kelyapti.
Afandi beparvolik bilan javob beribdi:
– Menga nima?

Mafkuraviy tahdidlar va globallashuv muammolari

Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida sodir bo’layotgan noxush voqealar har qanday sog’lom fikrli insonni tashvishga solmasdan qo’ymaydi. Turli mojarolar, o’zaro qarama-qarshiliklar, xunrezliklar jahonning qaysi mamlakatida ro’y bermasin, bundan ko’nglimiz g’ash tortadi.

Noilaning ushalgan orzusi

Noila maktabda o’qib yurgan kezlari ichki ishlar organlari xodimlari o’quvchilar ishtirokida tadbir o’tkazdi. Tadbirda ishtirok etgan osoyishtalik posbonlari orasida xizmat kiyimi o’ziga yarashib turgan ayolning teran fikr-mulohazalariga uning havasi kelgandi. Shu uchrashuv sabab bo’ldi-yu, kelajakda osoyishtalik posboni bo’lish niyatini ko’ngliga tugib qo’ydi.

Baxtli ayol, malakali xodima

Bugun jamiyatimizning turli jabhalarida o’z oilasida to’kinlik va xotirjamlik, ish joyida intizom va barqarorlikni ta’minlayotgan ayollarni ko’rib havas bilan kuzatasiz. Beixtiyor ularning kamtarona, ammo mas’uliyatli xizmatlarini qalamga olishni, xokisor ko’ngillariga quvonch baxsh etishni xohlaysiz.

O’quvchi jinoyat ko’chasiga kirdi.Buning sababi nima: to’qlikka sho’xlikmi yoki nazoratdan chetda qolgani?

Butun respublikamizda bo’lgani kabi poytaxtimizning Mirzo Ulug’bek tumanida o’tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kunida ichki ishlar organlari xodimlari bilan bir qatorda prokuratura, hokimiyat, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish idoralari vakillari ham faol qatnashdi.

Yangi guvohnomalar. Ular qanday afzallikka ega, qachon, qay tartibda almashtiriladi?

So’nggi vaqtlarda yo’l harakati xavfsizligini ishonchli ta’minlash, sohani yanada takomillashtirish, haydovchi va piyodalarga qulayliklar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada hukumatimiz tomonidan qator hujjatlar imzolanib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Taqiqlangan o’yin

— Dadasi, anavilar yana kelishdi. Yarim kechasi darvoza taqillagandi, chiqib qarasam, o’shalar ekan, qo’rqib ketdim. Ering qo’limizga tushsa, kunini ko’rsatamiz, deyishdi.
Hasan (ismlar o’zgartirildi) o’zi shundog’am uxlay olmay, tonggacha to’lg’anib chiqqandi. Xotinining kallai saharlab qo’ng’iroq qilishidan ko’ngli bir uvishib ketdi, gaplari esa yuragini battar g’ash qildi. «Xayriyat, xotinim, bolalarimga jabr qilishmabdi-ku»

Qalbaki pullar

Dang’aralik Mahmudxo’ja aka turmush o’rtog’i bilan maslahatlashib, qo’rasidagi qo’ylardan ikkitasini bozorda sotadigan bo’ldi. Shu maqsadda kechasi ikkilarda qo’ylarini etaklab, Pop tumanidagi mol bozoriga yo’l oldi.
Mahmudxo’ja aka tungi uchlarda kirib kelganida bozor avjida edi. Bir-ikki so’rab keluvchilardan keyin qo’ylarga ikki yosh yigit xaridor bo’ldi.

Korruptsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

«Korruptsiya» atamasi lotincha «corrutio» so’zidan olingan bo’lib, «buzish», «sotib olish» ma’nolarini anglatadi. Ushbu illat ijtimoiy taraqqiyot kushandasi, davlatchilikni ichidan emiruvchi dushmandir. Korruptsiya bor joyda rivojlanish sekinlashadi. Demak, taraqqiyotni istagan xalq, davlat korruptsiyani engishi lozim. Darhaqiqat, korruptsiya darajasi past bo’lgan Daniya, Shvetsiya, Finlyandiya kabi davlatlarda yuqori turmush darajasiga erishilgani fikrimizni tasdiqlaydi.

Tinchlik, ezgulik, obodlik, ahillik ifodasi

Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari boshlandi. Ota-bobolarimizning Vatanga sadoqat, insoniylik, olijanoblik, obodlik, mehr-oqibat, go’zallikni ulug’lash kabi ezgu tuyg’ularini, yaratuvchilik, bunyodkorlikni ifodalovchi hashar mustaqillik yillarida yangicha mazmun kasb etdi. 

Izlanuvchan va tajribali

Qish kuni edi. Guliston shahridagi Quruvchilar ko’chasida yashovchi K. Nazira ishdan kelsa, uyning eshigi ochilib yotibdi. Yuragi hapriqib ketgan ayol xonalarga kirib, seyfi buzilgani va ichidagi pullar yo’qligini ko’rib, vaqtni boy bermay, tezda shahar IIBga xabar beradi. Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi tarkibida etib kelgan EKB ekspert-kriminalisti, kapitan Yulduz Boymatova xonaning eshigi, javon, shkafdagi barmoq izlari suratini tushirdi. Keyin uni tekshirib, barmoq izlari shu mahallada yashaydigan, ilgari sudlangan X. Rustamga tegishli ekanini aniqladi. Gumon qilinuvchi  avvaliga qilgan jinoyatiga iqror bo’lmaydi. Keyin ekspertlar xulosasi bilan tanishtirilgach, aybini tan oldi.

Barchaga o’rnak Zulayho

Vatan himoyasi faqat erkaklarning vazifasi degan kishi yanglishadi. Harbiy libos nafaqat erkaklarga, balki xotin-qizlarga ham juda yarashadi. Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo’lida xizmat qilayotgan ayollar ham anchagina. IIV Qorovul qo’shinlariga qarashli podpolkovnik A.Qulmonov komandirlik qilayotgan harbiy qismda shartnoma asosida xizmat qiluvchi mas’ul ijrochi, kichik serjant Zulayho Qodirova ham ana shunday jonkuyar ayollardan biri.

Adolatni mezon qilib

Bugungi suhbatdoshlarimiz Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo’limi tergovchilari, leytenantlar Madinaxon Mirzakarimova hamda Mahliyoxon Rustamovadir.
– Menimcha, o’zining hayotini tergov sohasi bilan bog’lamoqchi bo’lgan inson haqiqatparvar, mas’­uliyatni chuqur his etadigan bo’lishi lozim, – deydi Madinaxon Mirzakarimova.

 

Burchga sadoqatini namoyon etib…

Viloyat IIB AVBSO katta mutaxassisi, katta serjant Elyor Rahmonovning kasbiga sadoqati va zimmasidagi vazifalarni sidqidildan bajarishini ko’pchilikka ibrat qilib ko’rsatsa arziydi. E’tiborli tomoni, uning har bir ishga mas’uliyat bilan yondashishi, topshiriqlarni o’z vaqtida va aniq bajarishi munosib e’tirof etib kelingan. Xususan, u Vatan himoyachilari kuni arafasida davlatimizning yuksak mukofoti – «Jasorat» medaliga loyiq ko’rildi.

Jinoyat sababini bartaraf etish uning oqibati bilan kurashishdan ko’ra samaralidir

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni «Payshanba – jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni» deb e’lon qilinishi yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Muammolarni hal etish mumkin

Joriy yilning 9 fevralida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatida mavjud muammo va kamchiliklar ko’rsatib o’tilgan edi. Andijon viloyati hokimligining majlislar zalida ana shu muammo va kamchiliklar muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda viloyat, shahar va tuman prokuraturalari xodimlari, viloyat IIB boshlig’ining o’rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari, shahar va tuman ichki ishlar bo’limlarining boshliqlari ishtirok etdi. Yig’ilishni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor A. Azizov olib bordi.

 

Mahalla osoyishtaligi farovonlikka eltar

Yurtimizning qaysi go’shasiga bormang, amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, bunyodkorlik va obodonchilik ishlari, aholi farovonligi yo’lida qilinayotgan sa’y-harakatlarni ko’rib, ko’zingiz quvnaydi. E’tiborli tomoni, bunday o’zgarishlar mamlakatimizning barcha hududlarida birday davom etmoqda.