Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 445  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Axborot hizmati

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 24-fevral kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi. 

Tinib-tinchimas xodim

Bugungi kunda ichki ishlar organi tayanch punktlariga e’tibor yanada kuchaytirilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Negaki, mazkur tayanch punktlarida faoliyat ko’rsatayotgan profilaktika inspektorlari doim xalq orasida xizmat olib borishadi, ko’pchilik bilan muloqotda bo’ladilar. Shu ma’noda mahalla yoki qishloqda osoyishtalikning ta’minlanishi ko’p jihatdan ularning qanday faoliyat ko’rsatayotganiga bog’liq, desak, adashmagan bo’lamiz.

Samarqandda noqonuniy ravishda dori-darmon savdosi bilan shug‘ullanayotgan huquqbuzarlar fosh etildi

Prezidentimizning 2016 yil 31 oktabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Samarqand viloyati davlat soliq idoralari tomonidan ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Iste’molga yaroqsiz shokoladlar

Mamlakatimizda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu sababli, xorijdan oziq-ovqat mahsulotlarini keltirishda sanitariya-epidemiologik xulosa va muvofiqlik sertifikatlari talab etiladi.

Hamkorlik – illatga qarshi kurashning samarali omili

Buxoroda “Odam savdosiga qarshi kurashish hamda ayollar o‘rtasida noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish – sog‘lom va adolatli jamiyat taraqqiyoti kafolati” mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

Ombudsman 2016 yildagi faoliyati to’g’risidagi axborotni deputatlarga taqdim etdi

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Unda deputatlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman)ning 2016 yildagi faoliyati to’g’risidagi hisobotni eshitdilar.  

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Hukumati raisining o‘rinbosarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-fevral kuni Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Rossiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi. 

Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot

2017-yil 14-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. 

Davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirishning dolzarb masalalari

Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori mazmun-mohiyatini ijrochilar va aholiga etkazish mavzusida hududlarda qator targ’ibot tadbirlari o’tkazib kelimnoqda. 

Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirishning dolzarb masalalari

Yuristlar malakasini oshirish markazida “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida konferentsiya o’tkazildi. 

AMNISTIYa- INSONPARVARLIK IFODASI

2017 yil 25 yanvar kuni Senatda Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo’mitasining majlisi bo’lib o’tdi. Unda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to’rt yilligi munosabati bilan amnistiya to’g’risida”gi Senat Qarori ijrosi yakunlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o’rinbosarining axboroti eshitildi.

FUQAROLIK JAMIYaTINI RIVOJLANTIRIShDA IShONChLI TAYaNCh

Prezidentimizning shu yil 3 fevralda qabul qilingan “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni yurtdoshlarimiz tomonidan cheksiz mamnuniyat bilan kutib olingani, unda belgilangan maqsad va vazifalarni keng jamoatchilik katta qiziqish bilan o’rganayotgani barchamizga yaxshi ma’lum. 

Shavkat Mirziyoyev: asosiy maqsadimiz – jamiyatimizda adolat tamoyilini mustahkamlash

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasini borib ko‘rdi. 

Nazariya va amalio’t uyg’unligida

Fuqarolik oliy ta’lim muassasalarini tamomlab, ichki ishlar idoralarida xizmat faoliyatini endi boshlagan xodimlarning bilimini, kasbiy mahorati va jismoniy tayyorgarligini yanada oshirish, dunyoqarashini kengaytirish vazirlik rahbariyatining doimiy e’tiborida. IIV Akademiyasi dala poligonida kasbiy tayyorgarlik bo’yicha o’quv yig’ini mashg’ulotlarining olib borilayotgani bu borada o’z samarasini bermoqda. 
Navbatdagi o’quv yig’ini Ichki ishlar vazirligining «Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi militsiya tayanch punk­t­lari profilaktika inspektorlari lavozimlariga tayinlanishi rejalashtirilgan zaxiradagi xodimlar bilan qayta tayyorlash o’quv yig’inini tashkil etish to’g’risida»gi farmoyishi asosida tashkil etildi. 

Xizmatga shaylandi yurt o’g’lonlari

Mustaqillik yillarida har tomonlama tayyorgarlikka ega va ar­miyada chiniqish maktabini o’tagan, har qanday fursatda Vatan himoyasi uchun tayyor bo’lgan butun bir avlod voyaga etdi va mustahkam oyoqqa turdi, deb g’urur va iftixor bilan ta’kidlashimiz mumkin.
Islom KARIMOV

Bugun mamlakatimiz Qurolli Kuchlari safida xizmat qilish har bir yigit uchun ezgu orzu, sharafli burchga aylandi. Qalbida ona yurtga muhabbat hissi jo’sh urgan o’g’lonlarimiz Vatanimiz sar­hadlari daxlsizligini ta’minlashni o’zlarining muqaddas burchi deb biladilar.
Shu kunlarda respublikamizning barcha joylarida har jihatdan sog’­lom va baquvvat, saralangan yigitlar harbiy xizmatga otlanmoqda. Armiyamiz saflariga muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan bu yoshlarni IIV Qorovul qo’shinlariga qarashli harbiy qism­larda ham tantanali kutib olish marosimlari bo’lib o’tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri IIV Qorovul qo’shinlariga qarashli podpolkovnik I. Ortiqov komandirlik qilayotgan harbiy qismda tashkil etildi. 

Hayot maktabida toblanganlar

IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan askarlarga oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun tavsiyanomalarni topshirish va ularni uyga kuzatish tadbiri bo’lib o’tdi.
Bilim yurtida muddatli harbiy xizmat davomida safdoshlariga har tomonlama ibrat ko’rsatgan, ma’naviy-ma’rifiy va jangovar tayyorgarlik mashg’ulotlari bo’yicha olingan sinovlar natijasiga ko’ra, eng yuqori ball to’plagan askarlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar, Zangiota tumani hokimiyati va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tuman kengashi tomonidan Faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg’alari topshirildi.

O’ta muhim tadbir

Avval xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 noyabrda qabul qilingan «Har yili yong’in xavfsizligi oyligini o’tkazish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq mamlakatimizda «Yong’in xavfsizligi oyligi» boshlandi. 20 dekabrga qadar davom etadigan mazkur oylikni muvaffaqiyatli o’tkazish maqsadida tegishli vazifalar belgilab olinib, ayni paytda joylarda turli tadbirlar o’tkazilmoqda. Oylik aholining keng qatlamini qamrab olishi, unda yong’in xavfsizligini ta’minlash, «tilsiz yov» bilan bog’liq ko’ngilsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarga katta o’rin berilishi bilan ham ahamiyatlidir. «Yong’in xavfsizligi oyligi» boshlanishi munosabati bilan «O’zbekiston temir yo’llari» aktsiyadorlik jamiyatida yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishda oylik mobaynida tizimdagi korxona, tashkilot va temir yo’l bilan bog’liq transport vositalarni yong’in xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish, ob’ektlarda yong’in xavfsizligini yanada mustahkamlash bo’yicha keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Izlarni «til»ga kiritib

Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi bilan etib kelgan shahar IIB EKB eksperti, leytenenat Odil Donaboev mashinaning bir necha joylaridan barmoq izlari suratini oldi. Ushbu barmoq izlari tekshirib ko’rilgach, ulardan biri ilgari ham ana shunday jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan S. V.ning qo’l-barmoq izlariga mos ekani ma’lum bo’ldi. Voqea joyidan qochib ketgan S. V. ashyoviy dalillar oldida bosh egib, qilmishiga iqror bo’ldi.
Yana bir misol. Noma’lum shaxs B. Dilbarning uyida hech kim yo’qligidan foydalanib, ichkariga kiradi va bir necha yuz ming so’mlik buyumlarni o’g’irlab ketadi. Xonadon sohibasi ishdan qaytgach, qo’shnilarining maslahati bilan shahar IIBga bu haqda xabar berdi. Guliston shahar IIB tergov-tezkor guruhi voqea joyiga etib kelib, surishtiruv-tekshiruv ishlarini olib bordi. Eshik va derazalarda qoldirilgan barmoq izlari solishtirib ko’rilganida ular gulistonlik J. E.ga tegishli ekani aniqlandi.

O’zbekiston prezidentining yangi kitobi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir» nomli kitobi «O’zbekiston» nashriyoti tomonidan ko’p ming nusxada chop etildi. 
Ma’lumki, 2015 yil 29 mart kuni yurtimizda ulkan siyosiy voqea – O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bo’lib o’tdi. Har tomonlama yuqori saviyada, muqobillik asosida o’tgan bu saylov mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo’lida muhim, hal qiluvchi bosqich bo’lib, xalqimizning o’z kuchi va salohiyatiga bo’lgan ishonchi naqadar mustahkam ekani, uning siyosiy-huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi, Vatanimiz taqdiri uchun daxldorlik hissi tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.