Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 467  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Yong'in xavfsizligi

Xizmat nomi

Yong’inga qarshi avtomatika vositalarini, qo’riqlash signalizatsiyalarini, yong’indan darak beruvchi va yong’indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish faoliyatini litsenziyalash. 

Xizmatning soxaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda, ro’yxatdan o’tgan (tashkil etilgan) yuridik shaxslar. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi.

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong’in xavfsizligi bosh boshqarmasi (YoXBB) tomonidan - yong’inga qarshi avtomatika vositalarini, yong’indan darak beruvchi va yong’indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish faoliyati bo’yicha va O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi “Qo’riqlash” Respublika birlashmasi tomonidan - qo’riqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish faoliyati bo’yicha litsenziyalar beriladi. Shuningdek ularning hududiy boshqarmalari tomonidan ham litsenziyalar beriladi. 

Bog’lanish

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong’in xavfsizligi bosh boshqarmasining manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov ko’chasi, 17-uy. 
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi “Qo’riqlash” Respublika birlashmasining manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, S.Baraka ko’chasi, 52a-uy. 
Shuningdek ularning hududiy boshqarmalari: Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB YoXBB va “Qo’riqlash” RB xizmatlari tomonidan beriladi. 

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni)

Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
litsenziya berish to’g’risida ariza, unda quyidagilar ko’rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo’ljallanayotgan turi; 
yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi; 
litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish to’g’risidagi ariza ko’rib chiqilganligi uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi hujjat; 
litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shakl bo’yicha mutaxassislarning malaka tarkibi to’g’risidagi tegishli hujjatlar (mehnat daftarchasining, ma’lumoti yoki maxsus tayyorgarligi to’g’risidagi hujjatlarning nusxasi) ilova qilingan ro’yxati; 
litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy-texnik bazaning mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotlar. 
Yuridik shaxs-litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o’zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko’rsatib o’tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to’g’risida ariza berishi shart. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 martdagi 136-sonli “Yong’inga qarshi avtomatika vositalarini, qo’riqlash signalizatsiyalarini, yong’indan darak beruvchi va yong’indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish faoliyatini litsenziyalash to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori. 

Xizmat narxi va to’lash tartibi

Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko’rib chiqilganligi uchun ariza berilgan kunda amaldagi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig’im undiriladi. Yig’im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o’tkaziladi va litsenziyalovchi organ yig’imni litsenziyalashda ishtirok etgan bo’linmalar o’rtasida taqsimlaydi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berishni rad etgan taqdirda to’langan yig’im summasi qaytarilmaydi. 
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to’g’risidagi arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lanadigan summaning yarmi miqdorida yig’im undiriladi. Yig’im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o’tkaziladi. 
Amal qilish muddati o’tmagan yo’qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o’rniga litsenziatning arizasiga ko’ra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat ommaviy axborot vositalarida yo’qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to’g’risida axborot e’lon qilishi va e’lonni litsenziyalovchi organga taqdim etishi shart. 
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to’g’risidagi arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lanadigan summaning yarmi miqdorida yig’im undiriladi. Yig’im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o’tkaziladi. 
Yong’inga qarshi avtomatika vositalarini, qo’riqlash signalizatsiyalarini, yong’indan darak beruvchi va yong’indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun to’lov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining o’n baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Davlat boji respublika byudjetiga o’tkaziladi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi

Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi va barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab o’ttiz kundan ortiq bo’lmagan muddatda qabul qilinadi. 
Litsenziyalovchi organ xulosa tayyorlash uchun o’z mablag’lari hisobiga: 
-litsenziya talabgorida litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun talab qilinadigan mavjud shart-sharoitlarni joyiga borib baholash; 
-tegishli xulosalar tayyorlash uchun shartnoma asosida ekspertlarni jalb etish huquqiga ega. 
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to’g’risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi. 
Litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi to’g’risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to’lash muddati ko’rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). 

Ohirgi o'zgarish: 31.08.2016 09:50