Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 496  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Qo`riqlash xizmati

Xizmat nomi

O’z vakolati doirasida davlat hukumati idoralari va boshqarmalarining ob’ektlarini va mulkiy boyliklarni qo’riqlash hamda mulkchilik turidan qat’iy nazar shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarga qo’riqlash xizmatlarini ko’rsatish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

Yuridik va jismoniy shaxslarga qo’riqlash xizmatlarini ko’rsatish. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi.

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi “Qo’riqlash” Respublika birlashmasi, shuningdek ularning hududiy boshqarmalari tomonidan qo’riqlash xizmatlari ko’rsatiladi. 

Bog’lanish

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi “Qo’riqlash” Respublika birlashmasining manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, S.Baraka ko’chasi, 52a-uy. 
Shuningdek ularning hududiy boshqarmalari: Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB “Qo’riqlash” RB. 

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni)

Ob’ektlarini va mulkiy boyliklarni qo’riqlash uchun texnik qo’riqlash Punktiga qabul qilishda shahar telefon aloqasi bo’lishi zarur. 1. Texnik qo’riqlash Punktiga jismoniy shaxslardan mol-mulklari va uy-kvartiralarini qabul qilishda: Fuqarolik pasporti, uy-kvartiraga egalik qilish to’g’risidagi hujjat va qo’riqlashga topshirish to’g’risidagi qo’riqlash boshqarmasi boshlig’i nomiga ariza. 2. Texnik qo’riqlash Punktiga yuridik shaxslardan qabul qilishda yoki “ogoh tugmasi”ni o’rnatishda: Qo’riqlashga qabul qilish to’g’risidagi Qo’riqlash bo’limi-boshqarmasi boshlig’i nomiga xat, tashkilot rahbarining pasporti nushasi, rahbar lavozimiga tayinlash to’g’risidagi buyruqning nushasi, tashkilot litsenziyasi va ustavi(nizomi)ning nushasi. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 1 martdagi 110-sonli “Respublika "Qo’riqlash" birlashmasini O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining muassasadan tashqari qo’riqlash Bosh boshqarmasi etib qayta tashkil qilish to’g’risida”gi Qarori. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 24 yanvardagi 16-sonli “O’zbekiston Respublikasida qo’riqlash faoliyati bilan shug’ullanishni tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. 

Xizmat narxi va to’lash tartibi



Xizmatni ko’rsatish tartibi

Ohirgi o'zgarish: 31.08.2016 10:41