Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 1576  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Pasport-viza faoliyati

Xizmat nomi

Chet elga chiqish (borish) uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirish. 
Chet elga vaqtincha chiqayotganda fuqarolarga chet elga borish uchun 2 yil mobaynida amal qiladigan ruxsatnoma yozuvi stikeri (keyingi o’rinlarda stiker deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Pasport-viza faoliyati hujjatlari. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari. 
O’zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

Chet elga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi stikeri fuqarolarning doimiy ro’yxatda turgan joylari (harbiy xizmatchilar uchun - harbiy qism (muassasa) joylashgan joy) bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, shuningdek Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining tuman bo’linmalari tomonidan, shuningdek chet eldagi O’zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalari bilan kelishgan holda rasmiylashtiriladi. 

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

Chet elga bormoqchi bo’lgan fuqarolar 
-pasportini, 
-belgilangan namunadagi anketa-arizani (2 nusxada), 
-davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiyani, 
-35 x 45 mm o’lchamli 4 ta fotosuratni, 
-harbiy guvohnomani (harbiy guvohnoma mavjud bo’lmagan taqdirda chaqiruv yoshidagi shaxslar uchun mudofaa ishlari bo’yicha bo’limning belgilangan namunadagi ma’lumotnomasini) taqdim etgan holda doimiy ro’yxatda turgan joydagi kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalariga (harbiy xizmatchilar uchun harbiy qism (muassasa) joylashgan joy bo’yicha) murojaat qiladilar. 
Harbiy xizmatga majbur 17 yoshdan 27 yoshgacha bo’lgan, chaqiruv uchastkasida qayd etilgan va haqiqiy muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi shart bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet elga chiqish maqsadlaridan qat’i nazar, mudofaa ishlari bo’limlaridan, ularning O’zbekiston Respublikasidan chet elga chiqishlari mumkinligi to’g’risidagi ma’lumotnoma taqdim etadilar (mudofaa ishlari bo’limlari tomonidan ma’lumotnoma berish so’rov xatisiz amalga oshiriladi). Haqiqiy harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi zaxirasidagi xizmatni o’tab bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari mudofaa ishlari bo’limlaridan ma’lumotnoma taqdim qilmaydilar. 
O’zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, chet elga bormoqchi bo’lgan fuqaroligi bo’lmagan shaxs yashash uchun hujjatni, belgilangan namunadagi anketa-arizani, davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiyani va 35 x 45 mm o’lchamli 4 ta fotosuratni taqdim etgan holda, doimiy ro’yxatda turgan joydagi kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmasiga murojaat qiladi. 
Xorijga vaqtincha chiqishga stikerni rasmiylashtirish uchun ma’lumotlarni yig’ish punktiga quyidagi hujjatlar topshiriladi: 
a) belgilangan shakldagi ariza-anketa; 
b) ushbu muassasa yoki tashkilot orqali chiqilgan taqdirda muassasa yoki tashkilotning belgilangan namunadagi buyurtmanomasi; 
-agarda fuqaro davolanish uchun xorijga ketayotgan bo’lsa, yuqorida ta’kidlab o’tilgan hujjatlardan tashqari, sog’liqni saqlash organlari yo’llanmasi yoki xorijdagi davolash muassasasi taklifnomasini ham takdim etadi. 
-xizmat safari bilan xorijga ketayotgan fuqarolar safarga jo’natayotgan tashkilotlarning bu haqdagi talabnomasini takdim etadilar. 
-xususiy yo’nalishlar bo’yicha xorijga borish uchun murojaat qilgan shaxslar taklifnoma nusxasini taqdim etadilar. 
v) pasport yoki harakatlanish hujjati; 
g) tug’ilganlik haqida guvohnoma; 
d) 35 x 45 mm o’lchamli to’rtta fotosurat; 
e) O’zbekiston Respublikasi hududida birga yashaydigan ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi; 
j) fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsga hamrohlik qilayotgan shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati; 
z) davlat boji yoki konsullik yig’imlari va boshqa yig’imlar to’langanligi to’g’risida kvitantsiya. 
Fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs ota-onalardan biri bilan xorijga vaqtincha chiqayotganda ota-onalardan ikkinchisining roziligi talab qilinmaydi. 
Doimiy yashash maqsadida chet elga chiqish uchun stikerni rasmiylashtirishda ma’lumotlarni yig’ish punktiga quyidagi hujjatlar topshiriladi: 
a) yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar; 
b) 15 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan chet elga chiqib ketayotgan fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsning notarial tasdiqlangan roziligi; 
v) ota-onalardan biri vafot etgan taqdirda - uning vafoti to’g’risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi. 
Doimiy yashash uchun chet elga chiqishda fuqarolar O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan o’z ota-onasining va turmush o’rtog’ining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek agar birgalikdagi nikohdan bolalar bo’lsa, O’zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush o’rtog’ining notarial tasdiqlangan roziligini, ular vafot etgan yoki bedarak yo’qolgan hollarda esa - vafot etganlik to’g’risidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yo’qolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasini kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalariga taqdim etadilar. 
Fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ota-onalari bilan birgalikda doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketayotganda yuqoridagi "e" kichik bandida nazarda tutilgan rozilik talab qilinmaydi. 
Fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxsning xorijga vaqtincha chiqishiga ruxsatnomani rasmiylashtirish to’g’risidagi murojaati qondirilganda uning pasporti yoki harakatlanish hujjatiga ikki yil muddatga amal qiladigan stiker yopishtiriladi. Stikerning amal qilish muddati tugagach pasport yoki harakatlanish hujjatiga amal qilish muddati ikki yil bo’lgan yangi stiker yopishtiriladi. Bunda stikerning amal qilish muddati tegishli pasport yoki harakatlanish hujjatining amal qilish muddatidan ortiq bo’lmasligi kerak. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 6 yanvardagi 8-sonli "O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va O’zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 25 maydagi 181-sonli "Chet elga borish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikerini tasdiqlash to’g’risida"gi qarori. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 iyuldagi 200-sonli " O’zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini va 16 yoshga to’lmagan shaxslar uchun fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini berish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori. 

Xizmat narxi va to’lash tartibi

O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun eng kam oylik ish haqining 80 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-sonli “Davlat boji stavkalari haqida” gi Qarori) 

Xizmatni ko’rsatish tartibi

Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalari fuqaroning murojaatini 15 ish kuni mobaynida ko’rib chiqadi va chet elga chiqish huquqiga cheklovlar uchun asos bo’lmagan taqdirda uning pasportiga stiker yopishtiradi. 
Amal qiladigan stiker haqiqiy bo’lmagan pasportdan yangi pasportga ko’chirilgan hollarda, ushbu stikerni rasmiylashtirish muddati 7 ish kunidan oshmasligi kerak. 
Chet elga xizmat safariga borayotgan fuqarolarga, ular ishlaydigan tashkilotlarning mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, chet elga chiqish huquqini cheklashlar uchun asos bo’lmagan taqdirda, stikerni rasmiylashtirish uchun hujjatlarni ko’rib chiqish muddati 10 ish kunidan oshmasligi kerak. 
O’zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishni talab qiladigan shoshilinch davolanish zaruriyatini, og’ir kasallik holatlarini yoki yaqin qarindoshi vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganda fuqaroga va unga hamrohlik qiluvchi shaxslarga stikerni rasmiylashtirish muddati, chet elga chiqish huquqini cheklash uchun asos bo’lmagan taqdirda, 5 ish kunidan oshmasligi kerak. 
Chet elda doimiy yashash uchun chiqish hujjatlarini rasmiylashtirishda fuqarolarning doimiy ro’yxatda turgan joylaridagi kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalari arizachilarning murojaatini 15 ish kuni mobaynida ko’rib chiqadi va fuqaroning chet elga chiqishiga to’sqinlik qiluvchi holatlar bo’lmagan taqdirda, uning pasportiga doimiy yashash uchun stikerni yopishtiradi. Qo’shimcha tekshirishlar o’tkazish zarur bo’lganda hujjatlarni ko’rib chiqish muddati 30 kungacha uzaytirilishi mumkin. 
Chet elga vaqtincha yashashga ketgan (xizmat safariga, o’qishga, kontrakt bo’yicha ishlashga va shu kabilar) O’zbekiston Respublikasi fuqarolari muayyan yoshga to’lganligi hamda pasportida belgilar va vizalar qo’yish uchun varaqlar tugaganligi, shuningdek chet elga borish uchun stikerni rasmiylashtirish munosabati bilan pasport almashtirilgan hollarda O’zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga pasport berish va chet elga chiqish uchun stikerni rasmiylashtirish to’g’risida belgilangan shakldagi ariza bilan murojaat qiladilar. Fuqarolarning arizalari belgilangan tartibda konsullik muassasalari tomonidan rasmiylashtiriladi hamda pasport va stikerni rasmiylashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Ichki ishlar vazirligiga jo’natiladi. Rasmiylashtirilgan pasport egasiga berish uchun Tashqi ishlar vazirligi orqali O’zbekiston Respublikasining tegishli konsullik muassasasiga yuboriladi. Pasportni rasmiylashtirishning to’liq davriy muddati 30 ish kunidan oshmasligi kerak. 

PDF

Xizmat nomi

Familiyasi, ismi, otasining ismi va tug’ilgan yili o’zgarganligi sababli O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini almashtirib berishni rasmiylashtirish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi

Pasport-viza faoliyati hujjatlari. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi

O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga - doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlarining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalari tomonidan. 

Bog’lanish

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy istiqomat joylaridagi (shahar-tuman) ichki ishlar organlarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalari. 

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni)

Familiyasi, ismi, otasining ismi va tug’ilgan yili o’zgarganligi sababli O’zbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga quyidagilarni taqdim etadilar: 
-belgilangan shakldagi ariza; 
-O’zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti; 
-Familiyasi, ismi, otasining ismi va tug’ilgan yili o’zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar; 
-davlat bojini to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi PF-2240 sonli Farmoni. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 5 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4262 sonli Farmoni. 

Xizmat narxi va to’lash tartibi

O’zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. 
Familiyasi, ismi, otasining ismi va tug’ilgan yili o’zgarganligi sababli fuqaro pasportini almashtirish ishlarini yuritganlik uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-sonli “Davlat boji stavkalari haqida” gi Qarori. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi

Familiyasi, ismi, otasining ismi va tug’ilgan yili o’zgarganligi sababli fuqaro pasporti ariza berilgan kundan boshlab bir oy mobaynida beriladi 

PDF

Xizmat nomi va xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 20 noyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risida»gi PF-500 sonli Farmoni;

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni)

O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun, O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish uchun doimiy yashab turgan IIBga quyidagi xujjatlar topshirilishi zarur:

chet el fuqaroligidan voz kechish;

so’nggi besh yil davomida O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaganlik (ushbu qoida O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lish istagini bildirgan shaxslarga, basharti ular shu erda tug’ilgan va hech bo’lmasa ota-onasidan biri, buvasi yoki buvisi O’zbekiston Respublikasi hududida tug’ilganligini va boshqa davlatlarning fuqarosi emasligini isbotlasa, taalluqli bo’lmaydi);

- qonuniy tirikchilik manbalarining mavjudligi;

- O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini tan olish va bajarish (yuqorida qayd etib o’tilgan talablar alohida hollardagina O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan O’zbekiston Respublikasi oldida buyuk xizmatlari yoki fan, texnika va madaniyat sohasida katta yutuqlari bo’lgan, shuningdek O’zbekiston Respublikasini qiziqtiradigan kasb yoxud malakaga ega bo’lgan ayrim shaxslarga nisbatan hisobga olinmasligi mumkin)

shartlarga rozi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 20 noyabrdagi PF-500 sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqish tartibi to’g’risida”gi Nizomning 2-bo’limida belgilangan

- fuqarolikka qabul qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza (arizada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tan olinishi, uning talablarini bajarish majburiyati olinishi va chet el fuqaroligini rad etilishi ko’rsatiladi);

- tegishli shakldagi ariza-anketa 2 nusxada;

- chet el fuqaroligidan chiqqanligini tasdiqlovchi hujjat (chet el fuqarolariga);

- tarjimai hol 2 nusxada;

- qonuniy daromad manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (ish joyidan ma’lumotnoma yoki ish xaqi, pensiya, nafaqa, dividendlar va boshqa daromad manbalari ko’rsatilgan hujjatlar);

- 3.5x4.5 o’lchamdagi fotosurat 4 ta;

- yashash joyidan oila a’zolari xam ko’rsatilgan ma’lumotnoma 2 nusxada;

- davlat boji to’langanligi yoki uni to’lashdan ozod etilgani xaqida hujjatlar.

O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 14 sentyabrdagi «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo’lgan shaxslar – O’zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro’yxati to’g’risida»gi Qonuni

O’zbekiston Respublikasi IIVning 2012 yil 1 maydagi “O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida”gi 71-sonli buyrug’i;

Xizmat nomi

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo’yicha hisobga olish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi

Pasport-viza faoliyati hujjatlari. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

Besh kundan ortiq muddatga Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolar. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi

Toshkent shahri IIBB va Toshkent viloyati IIB Huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmalarining (tuman) militsiya tayanch punktlari. 

Bog’lanish

Toshkent shahri IIBB va Toshkent viloyati IIBning shahar-tuman ichki ishlar bo’limlarining militsiya tayanch punktlari. 

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni)

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan fuqarolar kelgan kunidan boshlab besh kun muddatda o’zi vaqtincha turgan joydagi militsiya tayanch punktiga (keyingi o’rinlarda MTP deb yuritiladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
-1-ilovaga muvofiq ariza; 
-pasport; 
-kontrakt bo’yicha harbiy xizmatchining yoki O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun); 
-16 yoshga to’lmagan shaxslar uchun - tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma va 35 x 45 mm o’lchamli ikkita fotosurat; 
-2-ilovaga muvofiq turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi to’g’risidagi arizasi (roziligi); 
-turar joy uchun hujjatlarning nusxalari; 
-hisobga olish uchun davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 

Qayd varag’i yo’qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda fuqaro hisobga olingan MTPga shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda qayd varag’i yo’qolishi yoki yaroqsiz holga kelishi holatlarini ko’rsatib, qayd varag’ining dublikatini rasmiylashtirish to’g’risida 3-ilovaga muvofiq ariza bilan murojaat qiladi. 
MTP profilaktika (katta) inspektori fuqaroning qayd varag’i yo’qolgan yoki yaroqsiz holga kelganligi yuzasidan yozgan arizasini qabul qilib, arizada ko’rsatilgan manzilda ushbu fuqaroning hisobga olinganligi to’g’risidagi ma’lumotlar mavjudligini tekshiradi. Fuqaroning arizada ko’rsatilgan turar joyda hisobga olinganligi tasdiqlangan taqdirda, ariza beruvchiga o’sha kunning o’zida qayd varag’ining dublikatini rasmiylashtirib beradi va "Fuqarolarning turgan joyi bo’yicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobi"ning "izoh" ustuniga "dublikat" deb qizil rangda yozib qo’yadi. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi

"Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo’lgan shaxslar - O’zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro’yxati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-son "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo’lgan shaxslar - O’zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro’yxati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi qarori. 
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012 yil 21 mayda 2366-son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012 yil 20 maydagi 74-son “O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo’yicha hisobga olish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug’i. 

Xizmat narxi va to’lash tartibi

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo’yicha hisobga olganlik uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-sonli “Davlat boji stavkalari haqida” gi Qarori. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi

Ko’rsatilgan hujjatlar to’liq taqdim etilgandan keyin MTP profilaktika (katta) inspektori fuqaroning arizasini "Fuqarolarning turgan joyi bo’yicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobi"ga qayd etadi hamda shu kunning o’zida fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan, Toshkent shahri (Toshkent viloyatida) turgan joyi bo’yicha hisobga olish to’g’risidagi hujjatga qayd varag’i beradi. 
Qayd varag’i fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan, qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma (16 yoshga to’lmagan shaxslar uchun) ko’rsatilgan taqdirda, unda ko’rsatilgan muddat mobaynida haqiqiy hisoblanadi. 

PDF

Xizmat nomi

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo’yicha hisobga olish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi

Pasport-viza faoliyati hujjatlari. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

6 oydan ortiq muddatga Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolar. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi

O’zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi (HOOBB). 

Bog’lanish

Toshkent shahri IIBB va Toshkent viloyati IIBning shahar-tuman ichki ishlar bo’limlarining militsiya tayanch punktlari. 

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni)

Buning uchun fuqaro qayd varag’i muddati tugashidan kamida o’n besh kun oldin turgan joyiga xizmat ko’rsatuvchi MTPga quyidagi ko’rsatilgan hujjatlar bilan birga ilovaga muvofiq qayta hisobga olinishi yuzasidan ariza taqdim etadi. 
-pasport; 
-kontrakt bo’yicha harbiy xizmatchining yoki O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun); 
-16 yoshga to’lmagan shaxslar uchun - tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma va 35 x 45 mm o’lchamli ikkita fotosurat; 
-2-ilovaga muvofiq turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi to’g’risidagi arizasi (roziligi); 
-turar joy uchun hujjatlarning nusxalari; 
-hisobga olish uchun davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi

"Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo’lgan shaxslar - O’zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro’yxati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-son "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo’lgan shaxslar - O’zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro’yxati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi qarori. 
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012 yil 21 mayda 2366-son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012 yil 20 maydagi 74-son “O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo’yicha hisobga olish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug’i. 

Xizmat narxi va to’lash tartibi

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo’yicha hisobga olganlik uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-sonli “Davlat boji stavkalari haqida” gi Qarori. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi

Ko’rsatilgan hujjatlar to’liq taqdim etilgandan keyin MTP profilaktika (katta) inspektori bir oygacha bo’lgan muddat ichida o’zida fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan, Toshkent shahri (Toshkent viloyatida) turgan joyi bo’yicha hisobga olish to’g’risidagi hujjatga qayd varag’i beradi. 
Qayd varag’i fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan, qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma (16 yoshga to’lmagan shaxslar uchun) ko’rsatilgan taqdirda, unda ko’rsatilgan muddat mobaynida haqiqiy hisoblanadi. 

PDF

Xizmat nomi

O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va undan chiqishni rasmiylashtirish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi

Pasport-viza faoliyati hujjatlari. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

So’nggi besh yil davomida O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar. 
O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan (yoki chet elda yashayotgan) O’zbekiston Respublikasi fuqarolari. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari. 

Bog’lanish

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy istiqomat joylaridagi (shahar-tuman) ichki ishlar organlarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalari. 

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni)

O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish: 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to’g’risidagi ariza, quyidagilarni ilova qilgan holda; 
anketa-ariza 2 nusxada; 
chet el fuqaroligidan voz kechganligini tasdiqlovchi hujjat (fuqaroligi bo’lmagan shaxslardan boshqa); 
tarjimai hol 2 nusxada; 
qonuniy tirikchilik manbalarining mavjudligi (pensiya, ish haqi, dividendlarni ko’rsatuvchi ish joyidan yoki boshqa joydan ma’lumotnoma); 
4 ta fotosur’at; 
oila a’zolari tarkibi to’g’risidagi yashash joyidan ma’lumotnoma, 2 nusxada; 
davlat boji to’laganlik to’g’risidagi kvitantsiya. 
18 yoshga to’lmagan shaxslar xususidagi iltimosnomalar ular vakillarining notarial idoralar tomonidan, chet elda esa O’zbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan qonuniy vakillarining iltimosiga binoan ko’rib chiqiladi. 
14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarni O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga olish, O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tiklash va undan chiqarish to’g’risida ariza topshirish chog’ida ularning roziligi bo’lishi shart. Bunday rozilik yozma bayon etilishi va notarial idoralar tomonidan, chet elda esa O’zbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlangan bo’lishi kerak. 

O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish: 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to’g’risidagi ariza, quyidagilarni ilova qilgan holda; 
anketa-ariza 2 nusxada; 
tarjimai hol 2 nusxada; 
3 ta fotosur’at; 
yashash joyidan ma’lumotnoma, 2 nusxada; 
2 nusxada ish yoki o’qish joyidan ma’lumotnoma, ishsiz bo’lsa yashash joyidan ma’lumotnoma, ularda, ushbu shaxs tomonidan davlat oldidagi majburiyatlarini yoki fuqarolarning yoxud davlat va jamoat tashkilotlarining muhim manfaatlari bilan bog’liq mulkiy majburiyatlari mavjudligi ko’rsatilishi va tuman hokimligi tomonidan tasdiqlanishi lozim; 
agar shaxs chaqiriq uchastkasida ro’yxatga olingan va haqiqiy muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi kerak bo’lsa - haqiqiy muddatli xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi zaxirasidagi xizmatni o’tagandan so’ng O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq undan ozod qilinganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma; 
davlat boji to’laganlik to’g’risidagi kvitantsiya. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi

O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 632-XII sonli “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi Qonuni 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 20 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog’liq savollarni ko’rib chiqish tartibi haqidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi PF-500 sonli Farmoni. 

Xizmat narxi va to’lash tartibi

O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va undan chiqishni rasmiylashtirish uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravar miqdorida davlat boji undiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-sonli “Davlat boji stavkalari haqida” gi Qarori. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi

Nizomga muvofiq vakolatli organlarning har birida materiallarni ko’rib chiqish muddati bir oydan oshmasligi kerak. Fuqarolik masalalariga oid arizalar yoki taqdimnomalarni ko’rib chiqishning umumiy muddati bir yildan oshmasligi lozim (Qonunning 40-moddasi). 

PDF

Xizmat nomi 

O’zbekiston Respublikasi fuqarosini ro’yxatdan o’tkazish va ro’yxatdan chiqarish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Pasport-viza faoliyati hujjatlari. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

-O’zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari; 
-O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari; 
-Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga - doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlarining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalari tomonidan. 

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kundan boshlab uch kun muddat ichida hujjatlarni qayd etish uchun ichki ishlar organlariga topshirishlari shart. 
O’zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa joyga olti oydan ko’proq muddatga vaqtincha yashash uchun jo’nab ketadigan (xizmat safarlariga, ta’tillarga, dala xovliga, dam olish yoki davolanishga ketadiganlardan tashqari) O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ro’yxatdan chiqishlari va vaqtincha turadigan joyda qayd etilishlari shart. 
Doimiy va vaqtincha qayd ettirish uchun O’zbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy yoki vaqtincha istiqomat joyida quyidagilarni taqdim etadilar: 
- belgilangan shakldagi ariza; 
- O’zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti; 
- tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma - 16 yoshga to’lmagan, ota-onalaridan (vasiylar va homiylardan) alohida yashovchi shaxslar uchun; 
- harbiy bilet yoki shaxsiy guvohnoma - kazarmalardan, kemalardan tashqarida yashovchi harbiy xizmatchilar uchun; 
- davlat bojini to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 
16 yoshga to’lmagan, ota-onalari (vasiylari, homiylari) bilan birga yashaydigan bolalarni qayd etish tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomalar bo’yicha, ular to’g’risidagi ma’lumotlarni uy daftarlariga (qayd etish varaqchalariga) kiritish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiskani amalga oshirish to’g’risida. 
Fuqarolarni doimiy propiska qilish Qonun bilan tasdiqlangan Ro’yxatga (keyingi o’rinlarda Ro’yxat deb yuritiladi) hamda Qarorga muvofiq amalga oshiriladi. 
Ro’yxatda nazarda tutilmagan shaxslar toifasi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi. 
Muqaddam Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan berilgan ruxsatnomalar asosida 2012 yil 15 martga qadar uy-joy olgan, biroq turli sabablarga ko’ra propiska qilinmagan fuqarolar Ro’yxatning 1-bandiga asosan doimiy propiska qilinadi. 

1. Qonun kuchga kirgunga qadar, ya’ni 2011 yil 15 sentyabrgacha oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomalari asosida, qonun hujjatlariga muvofiq meros va xususiylashtirish asosida, sud qaroriga ko’ra, shuningdek mazkur Yo’riqnomaga muvofiq uy-joy olgan fuqarolar Ro’yxatning 1-bandiga asosan propiska qilinadi. 
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko’rsatilgan fuqarolar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (bo’limi)ning (keyingi o’rinlarda TShIIB deb yuritiladi) xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limiga (keyingi o’rinlarda XChKvaFRB deb yuritiladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
mazkur Yo’riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq ariza; 
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti (keyingi o’rinlarda pasport deb yuritiladi); 
kontrakt bo’yicha harbiy xizmatchining yoki O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun); 
turar joy uchun hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 
Ro’yxatning 1-bandi asosida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoshlari Ro’yxatning 2 - 5-bandlari asosida propiska qilinadi. 

2. Ro’yxatning 2-bandiga muvofiq, qarindoshlar - o’zlarining to’g’ri shajara bo’yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga propiska qilinadi. 
To’g’ri shajara bo’yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlar, ya’ni ota-ona farzandlarining, farzandlar ota-onalarining, bobo va buvilar nevaralarining, nevaralar bobo va buvilarining uy-joy maydoniga propiska qilinadi. 
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko’rsatilgan fuqarolar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati TShIIB XChKvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
mazkur Yo’riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq ariza; 
pasport; 
kontrakt bo’yicha harbiy xizmatchining yoki O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun); 
turar joy uchun hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi to’g’risida notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi); 
nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomaning yoki farzandning tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 
Voyaga etmagan shaxsning xususiy mulki bo’lgan uy-joy maydoniga uning qarindoshlarini doimiy propiska qilish uning ota-onasining yoki vasiyning (homiyning) notarial tasdiqlangan roziligi asosida hal etiladi. 

3. Ro’yxatning 3-bandiga muvofiq, vasiylik va homiylikdagi shaxslar - vasiy (homiy) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga doimiy propiska qilinadi. 
Vasiylik va homiylikdagi shaxsning vasiysi (homiysi) bo’lgan fuqaro Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati TShIIB XChKvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
mazkur Yo’riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq ariza; 
pasport; 
turar joy uchun hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi to’g’risida notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi); 
vasiylikdagi (homiylikdagi) fuqaroning tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomasi, shuningdek vasiylik (homiylik)ni tasdiqlovchi hujjatning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to’g’risidagi nizomga (O’zbekiston Respublikasining Hukumati qarorlari to’plami, 1999 yil, 4-son, 18-modda) muvofiq vasiylik va homiylik tuman yoki shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Vasiylik va homiylik vasiy yoki homiy tayinlanishga muhtoj bo’lgan shaxs yashayotgan joyda, agar shaxsning muayyan yashash joyi bo’lmasa, vasiy yoki homiy yashayotgan joyda belgilanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 2-songa ilova) muvofiq vasiylik o’n to’rt yoshga to’lmagan voyaga etmaganlarga hamda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarga belgilanadi. 
Homiylik o’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan voyaga etmaganlarga hamda sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarga belgilanadi. 
Qonunga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan vasiylikdagi (homiylikdagi) fuqarolarning qarindoshlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi. 
Vasiylikdagi (homiylikdagi) fuqarolar O’zbekiston Respublikasining boshqa mintaqasida istiqomat qiladigan fuqarolar bilan nikohdan o’tgan hollarda, ushbu fuqarolarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi Ro’yxatning 5-bandiga muvofiq hal etiladi. 

4. Ro’yxatning 4-bandiga muvofiq, ota-onasi bo’lmagan voyaga etmagan tug’ishgan aka-uka va opa-singillar, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz bo’lgan hamda o’z oilasi (eri (xotini) va farzandlari) bo’lmagan voyaga etgan tug’ishgan aka-uka va opa-singillar - o’zlarining tug’ishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga propiska qilinadi. 
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko’rsatilgan fuqarolar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati TShIIB XChKvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
mazkur Yo’riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq ariza; 
pasport; 
kontrakt bo’yicha harbiy xizmatchining yoki O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun); 
turar joy uchun hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi to’g’risida notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi); 
tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomalarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
ota-onasining o’limi haqidagi guvohnoma yoki ota-onasini o’lgan deb e’lon qilish haqidagi sudning hal qiluv qarori nusxasi; 
mehnatga qobiliyatsiz bo’lgan hamda o’z oilasi (eri (xotini) va farzandlari) bo’lmagan voyaga etgan tug’ishgan aka-uka va opa-singillar - oxirgi yashash joyidan oilaviy ahvoli to’g’risida FHDYo organining ma’lumotnomasi; 
vasiylik (homiylik)ni tasdiqlovchi hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi; 
davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 
Quyidagi voyaga etgan fuqarolar mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblanadi: 
bolalikdan nogironlar; 
oltmish yoshga to’lgan erkaklar va ellik besh yoshga to’lgan ayollar; 
belgilangan tartibda birinchi va ikkinchi guruh nogironi deb topilgan fuqarolar. Ushbu fuqarolar tomonidan tibbiy mehnat ekspert komissiyasi bergan ma’lumotnoma taqdim etiladi. 
Fuqarolardan mazkur Yo’riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda uning oilasi (eri (xotini), ota-onasi, shuningdek farzandlari yo’qligi to’g’risida) tilxat olinadi. 
5. Ro’yxatning 5-bandiga muvofiq, er (xotin) - xotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga, basharti kamida bir yil birgalikda yashayotgan bo’lsa, doimiy propiska qilinadi. 
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko’rsatilgan fuqarolar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati TShIIB XChKvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
mazkur Yo’riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq ariza; 
pasport; 
kontrakt bo’yicha harbiy xizmatchining yoki O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun); 
turar joy uchun hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi to’g’risida notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi); 
nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomaning yoki farzandning tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
er-xotinning haqiqatda birga yashayotgan joyi bo’yicha fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi raisi (oqsoqoli) tomonidan va IIO profilaktika inspektori tomonidan imzolangan er-xotinning kamida bir yil birgalikda yashayotganligi to’g’risida mazkur Yo’riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma; 
davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 
Nikohi xorijiy davlatda qayd etilgan fuqarolar Konsul tomonidan hujjatlarni qonunlashtirish to’g’risida yo’riqnoma (ro’yxat raqami 313, 1997 yil 12 mart) (O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1997 y., 5 (11)-son) talablari asosida qonunlashtirilgan yoki Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konventsiya (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabr) talablariga muvofiq apostil belgisi qo’yilgan nikoh tuzilganligi to’g’risida guvohnomani taqdim etadi. 
"Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo’yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to’g’risida"gi Konventsiyaga (1993 yil 22 yanvar, Minsk) a’zo-davlatlarda nikohi qayd etilgan fuqarolar tomonidan ushbu davlatlar qonunchiligi talablari asosida tasdiqlangan nikoh tuzilganligi to’g’risida guvohnoma taqdim etilishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi bilan rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi ikki tomonlama xalqaro shartnoma tuzilgan davlatlar hududida nikohi qayd etilgan fuqarolar tomonidan taqdim etiladigan nikoh tuzilganligi to’g’risidagi guvohnomaga konsullik qonunlashtirilishi yoki apostil belgisini qo’yish talab etilmaydi. 

6. Ro’yxatning 6-bandiga muvofiq, Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo’lgan fuqarolar - ular Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida boshqa manzil bo’yicha doimiy propiska qilinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda, doimiy propiska qilinadi. 
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko’rsatilgan fuqarolar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati TShIIB XChKvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
mazkur Yo’riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq ariza; 
pasport; 
kontrakt bo’yicha harbiy xizmatchining yoki O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun); 
turar joy uchun hujjatlarning nusxalari; 
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi to’g’risidagi arizasi (roziligi); 
nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomaning yoki farzandning tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnomaning, shuningdek vasiylik (homiylik)ni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari; 
davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 

7. Ro’yxatning 7-bandiga muvofiq, Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo’lgan fuqarolar - ular Toshkent viloyatida boshqa manzil bo’yicha doimiy propiska qilinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda, doimiy propiska qilinadi. 
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko’rsatilgan fuqarolar Toshkent viloyati TShIIB XChKvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
mazkur Yo’riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq ariza; 
pasport; 
kontrakt bo’yicha harbiy xizmatchining yoki O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun); 
turar joy uchun hujjatlarning nusxalari; 
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi to’g’risidagi arizasi (roziligi); 
nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomaning yoki farzandning tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnomaning, shuningdek vasiylik (homiylik)ni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari; 
davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 

8. Ro’yxatning 8-bandiga muvofiq, ilgari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolar - o’qishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish muassasalaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelganida, doimiy propiska qilinadi. 
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko’rsatilgan fuqarolar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati TShIIB XChKvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
mazkur Yo’riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq ariza; 
pasport; 
ozodlikdan mahrum etish muassasasidan ozod qilinganligi to’g’risida ma’lumotnoma; 
kontrakt bo’yicha harbiy xizmatchining yoki O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun); 
turar joy uchun hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi to’g’risida notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi); 
nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomaning yoki farzandning tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnomaning, shuningdek vasiylik (homiylik)ni tasdiqlovchi hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
ishga, uzoq muddatli xizmat safariga yuborish to’g’risidagi hujjatlarning kadrlar bo’limi tomonidan tasdiqlangan nusxalari, diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi, shuningdek o’qishni ko’chirganda yoki o’qishdan chetlashtirilganda, bu haqda o’quv muassasasining ma’lumotnomasi; 
davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 

9. Ro’yxatning 8-bandiga kiradigan fuqarolar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida turar joyga, doimiy propiskaga ega bo’lmagan holda IIO tomonidan rasmiy aloqa yo’llari orqali tegishli davlat notarial idorasiga yuboriladigan mazkur Yo’riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi doimiy propiska qilish huquqi to’g’risidagi ma’lumotnoma asosida turar joy sotib olish huquqiga ega. 
Bu haqda mazkur Yo’riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda ariza beruvchiga ma’lum qilinadi. 
Ro’yxatning 8-bandiga kiradigan fuqarolar turar joy sotib olgandan keyin TShIIB XChKvaFRBga mazkur 8-bandda ko’rsatilgan hujjatlarni taqdim etadi, bundan uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi to’g’risida notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi) mustasno. 

10. Ro’yxatning 9-bandiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o’z oilasi bo’lmagan farzandlari) - mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga doimiy propiska qilinadi. 
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko’rsatilgan fuqarolar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati TShIIB XChKvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
mazkur Yo’riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq ariza; 
pasport; 
kontrakt bo’yicha harbiy xizmatchining yoki O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun); 
turar joy uchun hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi to’g’risida notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi); 
nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomaning yoki farzandning tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnomaning, shuningdek vasiylik (homiylik)ni tasdiqlovchi hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylash, tayinlash, tasdiqlash to’g’risidagi hujjatlarning kadrlar bo’limi tomonidan tasdiqlangan nusxalari; 
davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 

11. Ro’yxatning 10-bandiga ko’ra, qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylangan fuqarolar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o’z oilasi bo’lmagan farzandlari) - mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga doimiy propiska qilinadi. 
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko’rsatilgan fuqarolar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati TShIIB XChKvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
mazkur Yo’riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq ariza; 
pasport; 
turar joy uchun hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi to’g’risida notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi); 
nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomaning yoki farzand tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnomaning, shuningdek vasiylik (homiylik)ni tasdiqlovchi hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylanganlik to’g’risidagi hujjatlarning kadrlar bo’limi tomonidan tasdiqlangan nusxalari; 
davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 

12. Ro’yxatning 11-bandiga muvofiq, davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko’ra, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o’z oilasi bo’lmagan farzandlari) - mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga doimiy propiska qilinadi. 
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko’rsatilgan fuqarolar Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati TShIIB XChKvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
mazkur Yo’riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq ariza; 
pasport; 
kontrakt bo’yicha harbiy xizmatchining yoki O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun); 
turar joy uchun hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi to’g’risida notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi); 
nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomaning yoki farzandning tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnomaning, shuningdek vasiylik (homiylik)ni tasdiqlovchi hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
davlat hokimiyati organi, davlat va xo’jalik boshqaruvi organi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining mazkur Yo’riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shaklda ishga taklif etilayotgan fuqaroning (yuqori malakali mutaxassis yoki tor ixtisoslikdagi mutaxassis) ishonchliligi kafolati bilan birgalikda iltimosnomasi, shuningdek lavozimga tayinlash to’g’risida buyruqdan ko’chirma. Bunda mazkur Yo’riqnoma maqsadlari uchun respublika ahamiyatiga molik davlat tashkilotlari deganda ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish masalalari qonun hujjatlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan tartibga solinadigan davlat tashkilotlari tushuniladi; 
davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 

13. Ro’yxatning 12-bandiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 sentyabrdagi PQ-694-sonli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq uy-joy bilan ta’minlangan harbiy xizmatchilar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o’z oilasi bo’lmagan farzandlari) doimiy propiska qilinadi. 
Yuqorida ko’rsatilgan fuqarolar Toshkent shahri va Toshkent viloyati TShIIB XChKvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
mazkur Yo’riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq ariza; 
pasport; 
kontrakt bo’yicha harbiy xizmatchining yoki O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun); 
turar joy uchun hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi to’g’risida notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi); 
nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomaning yoki farzand tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnomaning, shuningdek vasiylik (homiylik)ni tasdiqlovchi hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 sentyabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini turar joy bilan ta’minlash tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq harbiy xizmatchi xizmat qilayotgan joydan berilgan turar joy olinganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma; 
davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi PF-2240 sonli Farmoni. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 5 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4262 sonli Farmoni. 
O’zbekiston Respublikasining 14 sentyabr 2011 yildagi "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo’lgan shaxslar - O’zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro’yxati to’g’risida”gi O’RQ-296 sonli Qonuni. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 22 sentyabrdagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pasport tizimi qoidalarini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4364 sonli Farmoni. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-son «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo’lgan shaxslar – O’zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro’yxati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi Qarori. 
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012 yil 4 mayda 2358-son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2012 yil 1 maydagi 71-son “O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug’i.

Xizmat narxi va to’lash tartibi

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini ro’yxatga olganlik va ro’yxatdan chiqarganlik uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-sonli “Davlat boji stavkalari haqida” gi Qarori. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi

Ro’yxatga olish - Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 3 ish kunida, Respublikaning boshqa hududlarida zarur hujjatlar olingach shu kunning o’zida. 
Ro’yxatdan chiqarish - zarur hujjatlar olingach shu kunning o’zida. 
Barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan keyin TShIIB XChKvaFRB tomonidan uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarning to’liqligi va haqiqiyligi tekshiriladi hamda fuqaro Ro’yxatda nazarda tutilgan shaxslar toifasiga muvofiq bo’lgan taqdirda, uning pasportiga shtamp qo’yish va gerbli muhr bilan tasdiqlash orqali doimiy propiska rasmiylashtiriladi. 

PDF

Xizmat nomi

O’zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini rasmiylashtirish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi

Pasport-viza faoliyati hujjatlari. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi

O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga - doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlarining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalari tomonidan. 
O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan. 

Bog’lanish

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy istiqomat joylaridagi (shahar-tuman) ichki ishlar organlarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalari. 

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni)

Fuqarolar pasport olish uchun pasportlarining amal qilish muddati tugashi bilan bir oy muddat ichida va birinchi marta olayotgan shaxslar – 16 yoshga to’lganlaridan so’ng bir oy muddat ichida doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga quyidagilarni taqdim etadilar: 
- belgilangan shakldagi ariza (avval berilgan pasport bilan birga); 
- tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma (birinchi marta olayotgan shaxslar); 
- 35 x 45 mm kattalikdagi rangli fotosurat; 
- pasport yo’qolganligi to’g’risidagi guvohnoma (xorijda yo’qolgan hollarda); 
- davlat bojini to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 

O’zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik hisobida turgan fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar pasportni yoki harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish uchun quyida ("a" kichik band bundan mustasno) nazarda tutilgan hollarda chet eldagi konsullik hisobida turish joyidagi tegishli ma’lumotlarni yig’ish punktiga murojaat qiladilar. 
a) O’zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketilayotganda; 
b) bola chet elda tug’ilganda; 
v) pasport yoki harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tugaganda; 
g) shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug’ilgan sanasi o’zgarganda; 
d) yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganda; 
e) ro’yxatdan o’tkazish (ro’yxatdan chiqarish), alohida ma’lumotlar yoki vizalar uchun mo’ljallangan sahifalari ishlatib bo’linganda; 
j) pasport yoki harakatlanish hujjati blanki yaroqsiz bo’lib qolganda; 
z) pasport yoki harakatlanish hujjati yo’qotib qo’yilganda. 
O’zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalarida doimiy konsullik hisobida turgan va O’zbekiston Respublikasiga vaqtincha kelayotgan fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ushbu yuqoridagi ("b" kichik band bundan mustasno) nazarda tutilgan hollarda, pasport hamda harakatlanish hujjatini olish va almashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qiladilar. 
Bunda voyaga etmagan shaxslar nomidan ularning ota-onalari, vasiylari (homiylari), muassasalar va tashkilotlar vakillari tegishli iltimosnomalar bilan murojaat qiladilar. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi PF-2240 sonli Farmoni. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 5 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4262 sonli Farmoni. 

Xizmat narxi va to’lash tartibi

O’zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-sonli “Davlat boji stavkalari haqida” gi Qarori. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi

O’zbekiston Respublikasi hududida pasport va harakatlanish hujjati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga buyurtmanoma jo’natilgandan keyin o’n ish kuni mobaynida, chet elda - o’n besh ish kuni mobaynida, belgilangan tartibda ma’lumotlarni yig’ish punktida beriladi. 
Qayd varag’i fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan, qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma (16 yoshga to’lmagan shaxslar uchun) ko’rsatilgan taqdirda, unda ko’rsatilgan muddat mobaynida haqiqiy hisoblanadi. 

PDF

Xizmat nomi

O’zbekiston Respublikasi hududida ro’yxatdan o’tganlik va ro’yxatdan chiqqanlikni tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni rasmiylashtirish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi

Pasport-viza faoliyati hujjatlari. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxslar - O’zbekiston Respublikasi doimiy yashayotgan fuqarolar. 
Yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasi hududidagi vazirliklar, tashkilotlar va muassasalar. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi

Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Manzil-ma’lumot byurolari. 

Bog’lanish

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy istiqomat joylaridagi (shahar-tuman) ichki ishlar organlarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalari. 

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni)

Fuqaroning ro’yxatdan o’tganlik va ro’yxatdan chiqqanlik to’g’risidagi ma’lumotnomalarni olish uchun, o’rnatilgan shakldagi blankda fuqaroga oid to’liq ma’lumotlarini ko’rsatish va davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiyani taqdim etish lozim. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari. 

Xizmat narxi va to’lash tartibi

Fuqaroning ro’yxatdan o’tganlik va ro’yxatdan chiqqanligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni rasmiylashtirganlik uchun 
Fuqarolardan - eng kam oylik ish haqining 1 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. 
Yuridik shaxslardan - eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi

Fuqarolar uchun 5 ish kuni ichida. 
Vazirliklar, tashkilotlar va muassasalar uchun 48 soat ichida ma’lumotnomalar beriladi. 

PDF

Xizmat nomi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 16 apreldagi 178 sonli Qarori asosida O’zbekiston Respublikasida doimiy qayddan o’tish va yashash guvohnomasi bilan xujjatlashtirish masalasini ko’rib chiqish uchun lozim bo’lgan xujjatlar ro’yxati

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni)

1. Ariza-Anketa (F-13) 2 nusxada;

2. Tarjimai hol (tug’ilgan yili va joyi, millati, oilaviy axvoli, o’qish va ish faoliyati, yaqinlari to’g’risida hamda, sudlangan yoki sudlanmaganligi haqida to’liq ma’lumot, va x.k.z);

3. Nikoh qayd qilinganligi va tug’ilganlik haqidagi guvohnomalarning notarial tasdiqlangan nusxasi;

4. Uy egasi va unda doimiy qayddan o’tgan shaxslar (18 yoshdan yuqori) ning arizachi doimiy qayddan o’tishiga notarial tasdiqlangan rozilik arizalari;

5. Vaqtinchalik (O’zbekistonRespublikasida) yashash joyidan ma’lumotnoma;

6. Milliy pasportiningkerakli betlaridan kseronusxalar (rasm, viza, propiska);

7. Uy-joy yashash xuquqini tasdiqlovchi xujjatlar kseronusxasi (order yokioldi-sotdi shartnoma, uy. Daftari yoki F-16,17);

8. Ranglirasm (3,5 ga 4,5) 2 dona;

9. 50 AQSh dollari miqdorida davlat boji to’laganligi haqida kvitantsiya.

10. Kelayotgan davlatidan sudlanmaganligi to’g’risidagima’lumotnoma
(MDH davlatlardan kelayotgan xor.fuqarolarva FBSh) 

Xizmat nomi

O’zbekiston Respublikasida bo’luvchi xorijiy fuqarolarni kelish vizasining amal qilish muddatiga vaqtincha ro’yxatdan o’tkazish 
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar (keyin matnda "xorijiy fuqarolar") xususiy hamda xizmat ishlari bo’yicha, turist sifatida, dam olish, o’qish, ishlash, davolanish va doimiy yashash uchun O’zbekiston Respublikasiga kelishlari va undan ketishlari mumkin. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Pasport-viza faoliyati hujjatlari. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

Yuridik shaxslar yoki O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xorijiy fuqarolarning, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo’lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari taklifi bo’yicha O’zbekiston Respublikasiga kelmoqchi bo’lgan xorijiy fuqarolar vizalar olish uchun O’zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga, bunday muassasalar bo’lmagan taqdirda - O’zbekiston Respublikasi uchun konsullik funktsiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlar konsullik muassasalariga to’ldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga taklifnoma va milliy pasportni yoki uning o’rnini bosadigan hujjatni (keyingi o’rinlarda matnda "milliy pasport" deb yuritiladi) ilova qilgan holda murojaat qiladilar. 
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazilgan xorijiy fuqarolar xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo’lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlari hamda ularning oila a’zolari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida viza olish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar. 
Yuridik shaxslarning taklifnomalariga binoan O’zbekiston Respublikasiga kontrakt va shartnomalar bo’yicha uch oydan ortiq muddatga ishga kelayotgan xorijiy fuqarolarga vizalar berish belgilangan tartibga muvofiq Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan xorijiy fuqaroga berilgan mehnat faoliyatiga bo’lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy fuqarolar xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari xodimlari va ularning oila a’zolari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillari va ularning oila a’zolari O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida vizalarning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan, shuningdek chet eldagi O’zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalari bilan kelishgan holda rasmiylashtiriladi. 

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

O’zbekiston Respublikasida vaqtincha bo’luvchi fuqarolar O’zbekiston Respublikasi hududida milliy pasportlar bo’yicha vaqtincha ro’yxatdan o’tish asosida yashaydilar. Milliy pasportlar belgilangan joyga kelingandan so’ng uch sutka mobaynida vaqtincha ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etiladi, bayram va dam olish kunlari bundan mustasno. 
Vaqtincha ro’yxatdan o’tkazish uchun xorijiy fuqarolar o’zlari turgan joydagi ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: 
-belgilangan shakldagi iltimosnoma; 
-qabul qiluvchi tashkilotning belgilangan shakldagi iltimosnomasi; 
-milliy pasport yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs uchun hujjat; 
-uy-joy egasining vaqtincha ro’yxatdan o’tkazishga yozma roziligi va uy-joyga bo’lgan huquqini belgilovchi hujjatlar; 
-davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 
Xorijiy fuqarolar vaqtincha ro’yxatdan o’tkazish muddatini uzaytirish uchun ichki ishlar organlariga vaqtincha ro’yxatdan o’tkazish muddati tamom bo’lishigacha uch ish kunidan kechikmay murojaat qilishlari kerak. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-sonli "Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning O’zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu erda bo’lishlari va tranzit o’tishlari tartibini to’g’risida"gi qarori. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 19 avgustdagi 423-sonli "Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig’imlar hamda soliq bo’lmagan boshqa to’lovlar stavkalari to’g’risida"gi qarori. 

Xizmat narxi va to’lash tartibi

Xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni kirish vizasi amal qiladigan muddatga vaqtinchalik ro’yxatdan o’tkazganlik uchun hamda vaqtinchalik ro’yxatdan o’tkazish muddatini vizaning amal qilish davriga uzaytirganlik uchun quyidagi davlat bojlari undiriladi. 
bir oygacha - 20 AQSh dollari 
ikki oygacha - 40 AQSh dollari 
uch oygacha - 60 AQSh dollari 
olti oygacha - 100 AQSh dollari 
bir yilgacha - 200 AQSh dollari 
MDH qatnashchisi bo’lgan davlatlar fuqarolarini, shuningdek MDH qatnashchilari bo’lgan davlatlardan fuqarolik to’g’risidagi belgi mavjud bo’lmagan sobiq SSSRning pasportlari bilan kelgan shaxslarni quyidagi muddatga vaqtinchalik ro’yxatdan o’tkazganlik uchun quyidagi davlat bojlari undiriladi. 
uch sutkadan olti oygacha - 5 AQSh dollari 
olti oydan ortiq - 10 AQSh dollari 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 19 avgustdagi 423-sonli "Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig’imlar hamda soliq bo’lmagan boshqa to’lovlar stavkalari to’g’risida"gi qarori. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi

Hujjatlarini ko’rib chiqish va xorijiy fuqaroni vaqtincha ro’yxatdan o’tkazish muddati 3 sutkadan oshmasligi kerak. 

PDF

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son «O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida Qarori.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil
26 fevraldagi 54-sonli «Pasport-viza rejimiga rioya qilish tartibi mustahkamlanganligi va uy-joy fondidan foydalanish tartibga solinishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi Qarori;

“O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 30 mart kunidagi № O’RQ- 405 sonli Qonuni kuchga kirdi, unga asosan: O’zbekiston Respublikasi MJtKning 223 va 225-moddalariga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo’lgan shaxslar – O’zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining

RO’YXATI

1. Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) - xususiy mulk qilib olingan uy-joyga.

2. Qarindoshlar - o’zlarining to’g’ri shajara bo’yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.

3. Vasiylik va homiylikdagi shaxslar - vasiy (homiy) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.

4. Ota-onasi bo’lmagan voyaga etmagan tug’ishgan aka-uka va opa-singillar, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz bo’lgan hamda o’z oilasi bo’lmagan voyaga etgan tug’ishgan aka-uka va opa-singillar - o’zlarining tug’ishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.

5. Er (xotin) - xotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga, basharti kamida bir yil birgalikda yashayotgan bo’lsa. Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinganidan so’ng bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda, er (xotin) Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida olingan doimiy propiskani yo’qotadi.

6. Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo’lgan fuqarolar - ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzil bo’yicha doimiy propiska qilinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.

7. Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo’lgan fuqarolar - ular Toshkent viloyatida boshqa manzil bo’yicha doimiy propiska qilinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.

8. Ilgari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolar - o’qishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelganida.

9. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o’z oilasi bo’lmagan farzandlari) - mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga.

10. Qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylangan fuqarolar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o’z oilasi bo’lmagan farzandlari) - mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga.

11. Davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko’ra, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o’z oilasi bo’lmagan farzandlari) - mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga.

12. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 sentyabrdagi PQ-694-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq, uy-joy bilan ta’minlangan harbiy xizmatchilar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o’z oilasi bo’lmagan farzandlari).

Izoh: mazkur Ro’yxatning 2 (xotini yoki eri, o’z oilasiga ega bo’lmagan voyaga etgan bolalar hamda er-xotinning birgalikdagi va (yoki) ilgarigi nikohidan tug’ilgan yoxud nikohsiz tug’ilgan voyaga etmagan bolalar, shuningdek farzandlikka olingan bolalar bundan mustasno), 3, 5, 9 - 12-bandlariga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoshlari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi.

O’zbekiston Respublikasi MJtKning bir qancha moddalarga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar.

291-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni O’zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni O’zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish ularning O’zbekiston Respublikasiga kirish huquqi keyinchalik bir yildan uch yilgacha muddatga cheklangan holda, majburiy yoki nazorat ostida mustaqil ravishda chiqib ketishdan iborat. Ma’muriy tarzda chiqarib yuborish tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo’yicha sudyasi tomonidan qo’llanilishini.

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni O’zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish ushbu Kodeksning 512,518, 519, 56, 57,

58-moddalarida, 611-moddasi birinchi qismida, 94, 1651, 1842, 1843, 189, 1891, 201, 2021,

2241-moddalarida, 225-moddasi birinchi qismida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda qo’llanilishi mumkinligini;

223-moddaning: birinchi qismi sanktsiyasidagi «bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda» degan so’zlar «uch baravari miqdorda»degan so’zlar bilan almashtirilganligi;

ikkinchi qismi quyidagi taxrirda bayon etilishini:

«Huddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa

-eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’lishini»;

uchinchi qismi sanktsiyasidagi «uch baravaridan o’n baravarigacha miqdorda» degan so’zlar «o’n baravari miqdorda» degan so’zlar bilan almashtirilganligini;

to’rtinchi qismi quyidagi taxrirda bayon etilshini:

«Huddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa,- eng kam ish haqining o’n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’lishini»;

quyidagi mazmundagi 2231,223va 2233-moddalari bilan to’ldirilganligini:

«2231-modda. Pasportdan g’ayriqonuniy foydalanish

Fuqarolarning yo’qolganligi to’g’risida o’zlari ariza bergan o’z pasportlaridan, shuningdek boshqa fuqarolarga tegishli bo’lgan pasportlardan g’arazli maqsadlarda foydalanish- eng kam ish haqining o’n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’lishini.

2232-modda. Ishga qabul qilishda pasport tizimi qoidalarini buzish

Pasportsiz yoki haqiqiy bo’lmagan pasport bilan fuqarolarni, xuddi shuningdek vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo’yicha hisobda turmasdan yashab turgan fuqarolarni ishga qabul qilish- mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o’n baravaridan o’n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’lishini; Huddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, -mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’lishini;

2233-modda.Fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qo’yish yoki pasportlarni garovga olish

Fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qo’yish yoki pasportlarni garovga olish,- mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o’n baravaridan o’n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’lishi»haqida;

225-modda birinchi qismining sanktsiyasidagi «yoki O’zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborishga»degan so’zlar chiqarib tashlanganligi;

Quyidagi mazmundagi 2251-modda bilan to’ldirilganligi:

2251-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni O’zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to’g’risidagi sud qarorini bajarmaslik

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tomonidan ularga nisbatan O’zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to’g’risida qabul qilingan sud qarorini bajarmaslik-

eng kam ish haqining etmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorida jarima solishga yoxud o’n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa sabab bo’lishini.

305-modda: ikkinchi qismidagi «184» raqami chiqarib tashlanib; quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to’ldirilganligi:

Ushbu Kodeksning 56, 57, 58-moddalarida, 611-moddasi birinchi qismida, 94, 1651, 1842, 1843, 189, 1891, 201, 2021, 2241-moddalarida,
225-moddasi birinchi qismida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tomonidan sodir etilganda, bir sutka mobaynida ko’rib chiqilishi belgilab qo’yilganligi;

Quyidagi mazmundagi XXX1 bob bilan to’ldirilganligi:

XXX1 bob. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni O’zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to’g’risidagi qarorni ijro etish bo’yicha ish yuritish

3461-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni O’zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to’g’risidagi qarorni ijrosini amalga oshiruvchi organlar

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni O’zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to’g’risidagi qaror quyidagi organlar tomonidan ijro etilishi:

Ushbu Kodeksning 512, 518, 519, 56, 57, 58-moddalarida, 611-moddasining birinchi qismida, 94, 1651, 1842, 1843, 189, 1891, 201, 2021-moddalarida, 225- moddasining birinchi qismida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan taqdirda-ichki ishlar organlari tomonidan;

ushbu Kodeksning 241- moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan taqdirda-chegara qo’shinlari tomonidan.

3462-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni O’zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to’g’risidagi qarorni ijro etish

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni O’zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to’g’risidagi qarorni ijroetishmazkur shaxslar qaysi chet davlat hududiga chiqarib yuborilgan bo’lsa, o’sha chet davlatning hokimiyat vakiliga ularni rasmiy ravishda topshirish yoxud chiqarib yuborilayotgan shaxsning O’zbekiston Respublikasi hududidan nazorat ostida mustaqil ravishda chiqib ketishi yo’li bilan amalga oshirilishi;

Agar chiqarib yuborilayotgan shaxsni chet davlat vakiliga topshirish O’zbekiston Respublikasining mazkur davlat bilan tuzilgan shartnomasida nazarda tutilmagan bo’lsa, chiqarib yuborish O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo’mitasi tomonidan belgilanadigan joyda amalga oshirilishini;

Chet el fuqarosini va fuqaroligi bo’lmagan shaxsni O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o’tkazish punkti orqali chiqarib yuborish to’g’risida mazkur shaxs qaysi chet davlat hududiga (hududi orqali) chiqarib yuborilayotgan bo’lsa, o’sha chet davlatning hokimiyat vakillari, agar O’zbekiston Respublikasining ushbu davlat bilan tuzilgan shartnomasida nazarda tutilgan bo’lsa, xabardor qilinishini;

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to’g’risidagi qarorni ijro etish dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi;

 

23-modda. O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 14 sentyabrda qabul qilingan O’RQ-296-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo’lgan shaxslar  - O’zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro’yxati (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 9, 249-modda) 5-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan to’ldirilganligi;

PDF

Xizmat nomi

Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsatnoma va yashash guvohnomalarini rasmiylashtirish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Pasport-viza faoliyati hujjatlari. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi quyidagilarga beriladi: 
1- O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga - ular o’n olti yoshga to’lganlarida; 
2- Qonunda belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash uchun ruxsatnoma olgan shaxslarga, shu jumladan O’zbekiston Respublikasiga qaytib kelgan va konunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan shaxslarga; 
3- O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan, ammo O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilmagan yoki konunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan shaxslarga. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan, shuningdek chet eldagi O’zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalari bilan kelishgan holda rasmiylashtiriladi. 

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) ichki ishlar organiga murojaat etib, quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar: 
-O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo’yicha 2 nusxada ariza - so’rovnomalar; 
-arizachi doimiy yashash niyatida bo’lgan qarindoshlari (tanishlari) ning arizachi iltimosiga o’z munosabatlari to’g’risida notariat tomonidan tasdiqlangan arizalari, shuningdek qarindoshlar (tanishlar)ning uy-joyga egalik huquqini va unda yashovchi shaxslar sonini tasdiqlovchi hujjatlar; 
-nikoh to’g’risidagi, bolaning tug’ilganlik haqidagi hujjatlarning notariat tomonidan tasdiqlangan nusxalari; 
-hujjatlarni ko’rib chiqish tartibi uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat poshlinasi to’langanligi to’g’risida kvitantsiya; 
-kattaligi 35x45 millimetrli 2 ta fotosurat. 

Xorijiy shaxs va fuqaroligi bo’lmagan shaxsning yashash guvohnomalarini olish uchun Xizmatdan foydalanuvchilar toifasining 2- va 3-xat boshida ko’rsatilgan shaxslar doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: 
- O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo’yicha ariza; 
- tug’ilganlik to’g’risida guvohnoma (birinchi marta olish chog’ida); 
- xorijiy davlatning haqiqiy pasporti; 
- vakolatli organlar tomonidan berilgan va arizachining fuqaroligi tugaganligini tasdiqlaydigan hujjat; 
- kattaligi 35 x 45 mm.qora-oq yoki rangli 5 ta fotosurat; 
- istiqomat joyidan oila a’zolari ko’rsatilgan ma’lumotnoma; 
- nikoh to’g’risida guvohnoma. 

Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar yashash guvohnomalarini almashtirish hamda ularning amal qilish muddatlarini uzaytirish uchun yashash guvohnomalarining amal qilish muddati tugashidan kechi bilan 10 kun avval istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari va quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim: 
- belgilangan shakldagi ariza; 
- yashash guvohnomasi; 
- xorijiy davlatning haqiqiy pasporti; 
- kattaligi 35x45 mm. qora-oq yoki rangli 5 ta fotosurat. 

Familiyasi, ismi, otasining ismi o’zgarishi, millati, tug’ilgan yili o’zgartirilishi yoki yozuvdagi chalkashliklar aniqlanishi munosabati bilan yashash guvohnomasi almashtiriladigan hollarda mana shu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi. 

Fuqaroligi bo’lmagan shaxs guvohnomasini olish uchun fuqaroligi bo’lmagan shaxslar doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: 
- O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo’yicha ariza; 
- fuqaroligi bo’lmagan shaxs uchun yashash guvohnomasi; 
- kattaligi 35x45 mm. qora-oq yoki rangli 5 ta fotosurat. 

Fuqaroligi bo’lmagan shaxs guvohnomasini almashtirish va uning amal qilish muddatlarini uzaytirish uchun fuqaroligi bo’lmagan shaxslar istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari va quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim: 
- belgilangan shakldagi ariza; 
- fuqaroligi bo’lmagan shaxs guvohnomasi; 
- kattaligi 35x45 mm. qora-oq yoki rangli 5 ta fotosurat. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 fevraldagi PF-2240 sonli “O’zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoni. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-sonli "Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning O’zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu erda bo’lishlari va tranzit o’tishlari tartibini to’g’risida"gi qarori. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 19 avgustdagi 423-sonli "Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig’imlar hamda soliq bo’lmagan boshqa to’lovlar stavkalari to’g’risida"gi qarori. 

Xizmat narxi va to’lash tartibi

Xorijiy fuqaroning, shu jumladan, MDH qatnashchilari bo’lgan davlat fuqarosining yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning O’zbekiston Respublikasida doimiy yashashi uchun hujjatlarini ko’rib chiqilganligi va rasmiylashtirilganligi uchun 50 AQSh dollari miqdorida davlat boji undiriladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 19 avgustdagi 423-sonli "Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig’imlar hamda soliq bo’lmagan boshqa to’lovlar stavkalari to’g’risida"gi qarori. 
O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga yashash uchun ruxsatnoma berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida yig’im undiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga yo’qotib qo’yilgan yashash uchun ruxsatnoma o’rniga yashash uchun ruxsatnoma berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yig’im undiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-sonli "Davlat boji stavkalari haqida"gi qarori. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi

o’n besh ish kuni mobaynida. 

PDF

Xizmat nomi 

Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsatnoma va yashash guvohnomalarini rasmiylashtirish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Pasport-viza faoliyati hujjatlari. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi quyidagilarga beriladi: 
1- O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga - ular o’n olti yoshga to’lganlarida; 
2- Qonunda belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash uchun ruxsatnoma olgan shaxslarga, shu jumladan O’zbekiston Respublikasiga qaytib kelgan va konunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan shaxslarga; 
3- O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan, ammo O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilmagan yoki konunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan shaxslarga. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi.

Главное управление патрульно-постовой службы и охраны общественного порядка Министерства внутренних дел Республики Узбекистан, Управления патрульно-постовой службы и охраны общественного порядка Министерства внутренних дел Республики Каракалпакстан, Главного управления внутренних дел г. Ташкента, Управлений внутренних дел областей (далее – уполномоченные органы). O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan, shuningdek chet eldagi O’zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalari bilan kelishgan holda rasmiylashtiriladi. 

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) ichki ishlar organiga murojaat etib, quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar: 
-O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo’yicha 2 nusxada ariza - so’rovnomalar; 
-arizachi doimiy yashash niyatida bo’lgan qarindoshlari (tanishlari) ning arizachi iltimosiga o’z munosabatlari to’g’risida notariat tomonidan tasdiqlangan arizalari, shuningdek qarindoshlar (tanishlar)ning uy-joyga egalik huquqini va unda yashovchi shaxslar sonini tasdiqlovchi hujjatlar; 
-nikoh to’g’risidagi, bolaning tug’ilganlik haqidagi hujjatlarning notariat tomonidan tasdiqlangan nusxalari; 
-hujjatlarni ko’rib chiqish tartibi uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat poshlinasi to’langanligi to’g’risida kvitantsiya; 
-kattaligi 35x45 millimetrli 2 ta fotosurat. 
Xorijiy shaxs va fuqaroligi bo’lmagan shaxsning yashash guvohnomalarini olish uchun Xizmatdan foydalanuvchilar toifasining 2- va 3-xat boshida ko’rsatilgan shaxslar doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: 
- O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo’yicha ariza; 
- tug’ilganlik to’g’risida guvohnoma (birinchi marta olish chog’ida); 
- xorijiy davlatning haqiqiy pasporti; 
- vakolatli organlar tomonidan berilgan va arizachining fuqaroligi tugaganligini tasdiqlaydigan hujjat; 
- kattaligi 35 x 45 mm.qora-oq yoki rangli 5 ta fotosurat; 
- istiqomat joyidan oila a’zolari ko’rsatilgan ma’lumotnoma; 
- nikoh to’g’risida guvohnoma. 
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar yashash guvohnomalarini almashtirish hamda ularning amal qilish muddatlarini uzaytirish uchun yashash guvohnomalarining amal qilish muddati tugashidan kechi bilan 10 kun avval istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari va quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim: 
- belgilangan shakldagi ariza; 
- yashash guvohnomasi; 
- xorijiy davlatning haqiqiy pasporti; 
- kattaligi 35x45 mm. qora-oq yoki rangli 5 ta fotosurat. 
Familiyasi, ismi, otasining ismi o’zgarishi, millati, tug’ilgan yili o’zgartirilishi yoki yozuvdagi chalkashliklar aniqlanishi munosabati bilan yashash guvohnomasi almashtiriladigan hollarda mana shu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi. 
Fuqaroligi bo’lmagan shaxs guvohnomasini olish uchun fuqaroligi bo’lmagan shaxslar doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: 
- O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo’yicha ariza; 
- fuqaroligi bo’lmagan shaxs uchun yashash guvohnomasi; 
- kattaligi 35x45 mm. qora-oq yoki rangli 5 ta fotosurat. 
Fuqaroligi bo’lmagan shaxs guvohnomasini almashtirish va uning amal qilish muddatlarini uzaytirish uchun fuqaroligi bo’lmagan shaxslar istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari va quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim: 
- belgilangan shakldagi ariza; 
- fuqaroligi bo’lmagan shaxs guvohnomasi; 
- kattaligi 35x45 mm. qora-oq yoki rangli 5 ta fotosurat. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2001 yil 27 oktyabrda 1077-son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2001 yil 15 sentyabrdagi 255-son “Muhrlar va shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to’g’risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug’i. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 fevraldagi PF-2240 sonli “O’zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoni. 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-sonli "Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning O’zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu erda bo’lishlari va tranzit o’tishlari tartibini to’g’risida"gi qarori. 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 19 avgustdagi 423-sonli "Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig’imlar hamda soliq bo’lmagan boshqa to’lovlar stavkalari to’g’risida"gi qarori. 

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Xorijiy fuqaroning, shu jumladan, MDH qatnashchilari bo’lgan davlat fuqarosining yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning O’zbekiston Respublikasida doimiy yashashi uchun hujjatlarini ko’rib chiqilganligi va rasmiylashtirilganligi uchun 50 AQSh dollari miqdorida davlat boji undiriladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 19 avgustdagi 423-sonli "Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig’imlar hamda soliq bo’lmagan boshqa to’lovlar stavkalari to’g’risida"gi qarori. (sso’lka na veb-sayt LEX.UZ) 
O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga yashash uchun ruxsatnoma berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida yig’im undiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga yo’qotib qo’yilgan yashash uchun ruxsatnoma o’rniga yashash uchun ruxsatnoma berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yig’im undiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-sonli "Davlat boji stavkalari haqida"gi qarori. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

o’n besh ish kuni mobaynida. 

PDF

Xizmat nomi

Yo’qolgan pasport o’rniga O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini rasmiylashtirish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi

Pasport-viza faoliyati hujjatlari. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi

O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga - doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlarining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalari tomonidan. 
O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan. 

Bog’lanish

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy istiqomat joylaridagi (shahar-tuman) ichki ishlar organlarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalari. 

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni)

Fuqarolar yo’qolganligi sababli O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini olish uchun doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga quyidagilarni taqdim etadilar: 
- belgilangan shakldagi ariza; 
- nikoh tuzilganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi (agar shaxs turmush qurgan bo’lsa); 
- tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma (nusxasini ilova qilgan holda); 
- 35 x 45 mm kattalikdagi ikkita rangli fotosurat; 
- pasport yo’qolganligi to’g’risidagi guvohnoma (xorijda yo’qolgan hollarda); 
- davlat bojini to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi PF-2240 sonli Farmoni. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 5 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4262 sonli Farmoni. 

Xizmat narxi va to’lash tartibi

O’zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi fuqarosining yo’qolganligi sababli fuqaro pasportini rasmiylashtirish ishlarini yuritganlik uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-sonli “Davlat boji stavkalari haqida” gi Qarori. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi

Pasport yo’qotib qo’yilganda yangi pasport yo’qotib qo’yilganlik to’g’risida ariza berilgan kundan boshlab bir oy mobaynida beriladi. 

PDF
Ohirgi o'zgarish: 30.08.2016 17:32