Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 758  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Litsenziyalash va ruhsat berish faoliyati

Xizmat nomi

Fuqarolarga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan ishlashga ruxsatnoma berish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda, ro’yxatdan o’tgan (tashkil etilgan) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning (bundan keyingi o’rinlarda GPP - deb yuritiladi) muomalasi sohasidagi quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga taqdim etiladi. 
-giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash, sotish (berish), tashish, ishlab chiqarish, yo’q qilish, tayyorlash; 
-yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqish; 
-giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, tibbiyot va veterinariyada, ilmiy va o’quv maqsadlarida foydalanish; 
-prekursorlarni saqlash, sotish va tashish. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

Ruxsatnomalar giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bog’liq faoliyat amalga oshiriladigan joy bo’yicha ichki ishlar idoralari tomonidan rasmiylashtiriladi. 
Ruxsatnomalar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB Patrul-post va jamoat tartibini saqlash xizmatlari tomonidan beriladi. 

-Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

Yakka tartibdagi ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun yuridik shaxs tomonidan hududiy ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash bo’linmasiga 1-ilovaga muvofiq ariza beriladi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 
1) 3 x 4 sm hajmdagi 2 fotosurat; 
2) pasport nusxasi; 
3) doimiy yashash joyidan ma’lumotnoma; 
4) yashash joyidagi narkologik va ruhiy kasalliklar dispanserlarining ma’lumotnomalari. 
Fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan yakka tartibdagi ruxsatnoma olinganidan keyingina uni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, sotish va tashish bilan bog’liq bo’lgan ishga tayinlash to’g’risidagi buyruq chiqarilishi mumkin. 
Umumiy tartibdagi ruxsatnomalar xodimlarga yuridik shaxsning buyrug’i asosida beriladi. Bunda, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning muomalada bo’lishi bilan bog’liq ishlarga umumiy tartibdagi ruxsatnomalar berilgan fuqarolarning ro’yxati dastlab 2-ilovaga muvofiq ichki ishlar idorasi boshlig’i hamda narkologik va ruhiy kasalliklar dispanserlarining bosh shifokorlari bilan kelishilgan bo’lishi lozim. Kelishish yoki kelishishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilishning muddati ro’yxat olingan kundan boshlab uch ish kunidan oshmasligi lozim. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 16 noyabryada 2040-son bilan ro’yxatga olingan Ichki ishlar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009 yil 4 oktyabrdagi 7, 10, 32-sonli " Fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan bog’liq bo’lgan ishlarga jalb etish to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori.

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Talabgorning arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lov undirilmaydi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar olingan kundan boshlab o’ttiz kundan oshmagan muddatda yakka tartibdagi ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi. 

Xizmat nomi

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun binolarga (joylarga) texnik talablarga muvofiqligi to’g’risida xulosa berish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda, ro’yxatdan o’tgan (tashkil etilgan) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar (bundan keyingi o’rinlarda GPP - deb yuritiladi) bilan shug’ullanuvchi faqat yuridik shaxslarga ruxsat etiladi. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB Patrul-post va jamoat tartibini saqlash xizmatlari tomonidan beriladi.

-Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

-tashkilotning nomi, joylashgan manzili (pochta adreslari) va tashkiliy-huquqiy asoslari (nusxalarini ilova qilgan holda) ko’rsatilgan xulosa berish to’g’risidagi ariza; 
-Davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma; 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2001 yil 11 iyulda 1048-son bilan ro’yxatga olingan Ichki ishlar vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirligining 2001 yil 17 iyundagi 2-sonli "Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo’yicha texnik talablar to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori.

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Talabgorning arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lov undirilmaydi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

Vakolatli organ olingan hujjatlar asosida o’ttiz kun muddatda GPPlarni saqlash uchun binolarga (joylarga) texnik talablarga muvofiqligi to’g’risida xulosa berish yoki xulosa berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi, tegishli xulosa beradi yoki xulosa berishga asoslari ko’rsatilgan rad javobini yo’llaydi. 

Xizmat nomi

Otish tirlari, otish maydonlari va otish-ovchilik stendlarni ochish va faoliyat ko’rsatishi uchun ruxsatnomalar berish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda ro’yxatdan o’tgan faqat yuridik shaxslar hisoblangan - otish tirlari, otish maydoni va otish-ovchilik stendlar egalariga taqdim etiladi. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

Ruxsatnomalar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB Patrul-post va jamoat tartibini saqlash xizmatlari tomonidan beriladi. 

-Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

-tashkilotning nomi, joylashgan manzili (pochta adreslari) va tashkiliy-huquqiy asoslari (nusxalarini ilova qilgan holda), javobgar shaxs ma’lumotlari (F.I.Sh. tug’ilgan yili va joyi, yashash manzillari) ko’rsatilgan ruxsat berish to’g’risidagi ariza; 
-Davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma; 
-qurolga ruxsati bor bo’lgan shaxslar ro’yxati; 
-qurol va o’q-dorilar saqlanishi mo’ljallangan joyning qo’riqlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar; 
-ochilayotgan otish tirlari, otish maydonlari va otish stendlarining reja-sxemasi; 
-jihozlarning tavsifi. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari.

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Talabgorning arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lov undirilmaydi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar olingan kundan boshlab o’ttiz kundan oshmagan muddatda ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi. 

Xizmat nomi

Ov va sport quroli hamda o’q-dorilarni olib chiqishga ruxsatnomalar berish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxslarga - Vazirliklar, idoralar, korxonalar tashkilotlar, muassasalar va o’quv yurtlariga hamda jismoniy shaxslarga – ovchilik va baliqchilik jamiyati a’zolariga. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

Ruxsatnoma O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi tomonidan beriladi. 

-Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

Yuridik shaxslarga (qaytib olib kelish sharti bilan): 
-tashkilotning nomi, joylashgan manzili (pochta adreslari) va tashkiliy-huquqiy asoslari (nusxalarini ilova qilgan holda), olib chiqish sabablari (ov qilish, musobaqa) va aniq manzili, olib chiqishda foydalaniladigan transport turi, olib chiqishning taxminiy sanasi ko’rsatilgan ruxsat berish to’g’risidagi ariza; 
musobaqaga taklif xatining, tashkilotning vakillarni (sportchilarni) xizmat safariga yuborish to’g’risidagi buyruqlarining nusxalari hamda qurolni safar vaqtida va musobaqa joyida saqlanishi uchun javobgar bo’lgan shaxs (shaxslar) ko’rsatilgan ro’yxat; 
qurol bilan ketayotgan shaxslarning pasport ma’lumotlari (F.I.Sh, tug’ilgan sanasi va joyi, doimiy yashash manzili) ko’rsatilgan ro’yxati; 
qurolni saqlashga hududiy ichki ishlar organlari tomonidan berilgan ruxsatnoma. 
Jismoniy shaxslarga: 
a) Domiy yashash uchun chiqib ketayotganlarga (qayta olib kirish huquqisiz) : 
Olib chiqish sabablari va aniq manzili, olib chiqishda foydalaniladigan transport turi, olib chiqishning taxminiy sanasi ko’rsatilgan hamda qurolni saqlashga hududiy ichki ishlar organlari tomonidan berilgan ruxsatnomani unda qurolning hisobdan chiqarilganlik to’g’risidagi belgi bilan ilova qilgan holda ruxsat berish to’g’risidagi ariza. 
b) Vaqtinchalik olib chiqishga (qaytib olib kelish sharti bilan): 
Olib chiqish sabablari (ov qilish, musobaqa) va aniq manzili, olib chiqishda foydalaniladigan transport turi, olib chiqishning taxminiy sanasi ko’rsatilgan hamda qurolni saqlashga hududiy ichki ishlar organlari tomonidan berilgan ruxsatnomani va taklif xatining nusxasini (ov qilish, musobaqa) ilova qilgan holda ruxsat berish to’g’risidagi ariza. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari.

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Talabgorning arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lov undirilmaydi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar olingan kundan boshlab o’ttiz kundan oshmagan muddatda ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi. 

Xizmat nomi

Ov va sport quroli hamda o’q-dorilarni olib kirishga ruxsatnomalar berish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxslarga - Vazirliklar, idoralar, korxonalar tashkilotlar, muassasalar va o’quv yurtlariga hamda jismoniy shaxslarga – ovchilik va baliqchilik jamiyati a’zolariga. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

Ruxsatnoma O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi tomonidan beriladi. 

-Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

Yuridik shaxslarga: 
-tashkilotning nomi, joylashgan manzili (pochta adreslari) va tashkiliy-huquqiy asoslari (nusxalarini ilova qilgan holda), javobgar shaxs ma’lumotlari (F.I.Sh. tug’ilgan yili va joyi, yashash manzillari), qurolning qaysi davlatdan olib kirilayotganligi, o’q-dorilar va qurolning miqdori, qurol va o’q-dorilar saqlanishi mo’ljallangan joyning qo’riqlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar, ushbu joyning qurol saqlashga yaroqliligi to’g’risidagi komissiyaning xulosasi va qurol va o’q-dorilar etkazib beruvchi bilan tuzilgan shartnoma ko’rsatilgan ruxsat berish to’g’risidagi ariza; 
Jismoniy shaxslarga: 
O’zi haqidagi ma’lumotlar (F.I.Sh, tug’ilgan yili va joyi, turar joyi manzili) ko’rsatilgan hamda yashash joyi bo’yicha Ichki ishlar idorasi tomonidan qurol va o’q-dorilarni sotib olishga berilgan ruxsatnomani ilova qilgan holda ruxsat berish to’g’risidagi ariza. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari.

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Talabgorning arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lov undirilmaydi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar olingan kundan boshlab o’ttiz kundan oshmagan muddatda ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi. 

Xizmat nomi

Ov va sport quroli hamda o’q-dorilarni saqlashga ruxsatnomalar berish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxslarga - Vazirliklar, idoralar, korxonalar tashkilotlar, muassasalar va o’quv yurtlariga hamda jismoniy shaxslarga – ovchilik va baliqchilik jamiyati a’zolariga. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

Ruxsatnoma O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB Patrul-post va jamoat tartibini saqlash xizmatlari tomonidan beriladi. 

-Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

Qurolni saqlashga ruxsatnoma olish uchun qurol sotib olgandan so’ng 10 kun ichida, ruxsatnomani muddatini uzaytirish uchun amal qilish muddati tugashidan 30 kun oldin murojaat etish lozim. 
Yuridik shaxslarga: 
-tashkilotning nomi, joylashgan manzili (pochta adreslari) va tashkiliy-huquqiy asoslari (nusxalarini ilova qilgan holda), sotib olingan o’q otar qurollar miqdori va xar bir dona qurol to’g’risida ma’lumotlar (o’quv yoki jangovar, kalibr, raqami, rusumi, ishlab chiqarilgan yili) ko’rsatilgan ruxsat berish to’g’risidagi ariza; 
-qurolni saqlash uchun sharoit mavjudligi haqidagi ma’lumotlar (qurol saqlash joyi tavsifi, texnik xavfsizlik vositalari va qo’riqlash mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotlar); 
-qurolni saqlash va foydalanish bo’yicha shaxs to’g’risida, qurolga ruxsati bor shaxlar to’g’risidagi, shuningdek qo’riqlash xodimlari to’g’risidagi ma’lumotlar (F.I.Sh., tug’ilgan sanasi va joyi, mehnat faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar, ushbu shaxsning furol bilan ishlashga yaroqliligi to’g’risidagi tibbiy xulosa), quyidagilarni ilova qilgan holda; 
-o’q otar qurol va o’q dorilarni saqlanishi uchun javobgar shaxslarni tayinlash to’g’risidagi tashkilot rahbarining buyrug’i; 
-qurol saqlash xonasining yaroqliligi to’g’risidagi dalolatnoma; 
Qurolni saqlashga yakka holdagi ruxsatnomalar uchun: 
-tashkilotning nomi, joylashgan manzili (pochta adreslari) va tashkiliy-huquqiy asoslari (nusxalarini ilova qilgan holda) ko’rsatilgan ruxsat berish to’g’risidagi ariza, quyidagilarni ilova qilgan holda; 
-qurolni saqlash va foydalanish bo’yicha shaxs to’g’risida, qurolga ruxsati bor shaxlar to’g’risidagi ma’lumotlar (F.I.Sh., tug’ilgan sanasi va joyi, mehnat faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar, ushbu shaxsning furol bilan ishlashga yaroqliligi to’g’risidagi tibbiy xulosa), 
-qurolni qo’llash, undan foydalanish, tuzilishini bilishi bo’yicha imtihon topshirganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma; 
-pul mablag’larini, qimmatliklarni, maxsus yuklarni kuzatib boruvchi shaxslarni tayinlash to’g’risidagi tashkilot rahbarining buyrug’i va 2 dona 3x4 sm. o’lchamdagi fotosura’ti. 
Jismoniy shaxslar uchun qirqma (narezkali), qo’shma (kombinirovannoe), silliq stvolli qurollarga: 
-2 dona 3x4 sm. o’lchamdagi fotosura’ti; 
-qurolni rasmiylashtirish uchun yig’im miqdorlari to’langanlik to’g’risidagi kvitantsiya. 
(qurolni saqlash uchun ruxsatnoma muddatini uzaytirish uchun: 
-ovchilik va baliqchilik jamiyatining ovchilik bileti (joriy yil uchun a’zolik to’lovlari to’laganligi belgisi bilan); 
-qurolni qayta rasmiylashtirish uchun yig’im miqdorlari to’langanligi to’g’risidagi kvitantsiya; 
-qurolni xavfsiz egallashga va u bilan muomala qilishga to’sqinlik qiladigan kasalliklar (badanidagi kamchiliklar, kasalliklar) yo’qligi to’g’risida tibbiy xulosa (ma’lumotnoma); 
Mukofot tarzida berilgan qurol uchun: 
-to’ldirilgan ariza-kartochkasi; 
-qurol bilan mukofatlanish to’g’risidagi hujjatning (buyruqdan ko’chirma, faxriy yorliq) asli yoki notarial tasdiqlangan nusxasi; 
-2 dona 3x4 sm. o’lchamdagi fotosura’ti. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari.

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Talabgorning arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lov undirilmaydi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar olingan kundan boshlab o’ttiz kundan oshmagan muddatda ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi. 

Xizmat nomi

Ov va sport quroli hamda o’q-dorilarni sotib olishga ruxsatnomalar berish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxslarga - Vazirliklar, idoralar, korxonalar tashkilotlar, muassasalar va o’quv yurtlariga hamda jismoniy shaxslarga – ovchilik va baliqchilik jamiyati a’zolariga. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

Ruxsatnoma O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB Patrul-post va jamoat tartibini saqlash xizmatlari tomonidan beriladi. 

-Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

Yuridik shaxslarga: 
-tashkilotning nomi, joylashgan manzili (pochta adreslari) va tashkiliy-huquqiy asoslari (nusxalarini ilova qilgan holda) hamda harbiy qism omborxonalaridan qurol hamda o’q-dorilarni olish uchun Mudofaa vazirligi naryadining nusxasi ko’rsatilgan ruxsat berish to’g’risidagi ariza; 
Jismoniy shaxslarga: 
a) Narezkali va aralash qurollarga (na nareznoe i kombinirovannoe orujie): 
-to’ldirilgan ariza-kartochkasi; 
-ushbu shaxsning kasbi ovchilik (ovchi) ekanligini tasdiqlovchi tayyorlovchi tashkilotning hujjati, xavaskor ovchiga esa – Respublika, viloyat meqiyosidagi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi bilan ovchilik va baliqchilik jamiyati rahbarlarining ushbu shaxsga tavsifnomasini ilova qilgan iltimosnoma arizasi; 
-qurolni xavfsiz egallashga va u bilan muomala qilishga to’sqinlik qiladigan kasalliklar (badanidagi kamchiliklar, kasalliklar) yo’qligi to’g’risida tibbiy xulosa (ma’lumotnoma); 
b) Silliq stvolli qurollarga (na gladkostvolnoe orujie): 
-ovchilik bileti va ruxsatnoma berish to’g’risida ariza (joriy yil uchun badal to’lovlari to’langanligi belgisi bilan); 
-qurolni xavfsiz egallashga va u bilan muomala qilishga to’sqinlik qiladigan kasalliklar (badanidagi kamchiliklar, kasalliklar) yo’qligi to’g’risida tibbiy xulosa (ma’lumotnoma); 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari.

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Talabgorning arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lov undirilmaydi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar olingan kundan boshlab o’ttiz kundan oshmagan muddatda ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi. 

Xizmat nomi

Ov va sport quroli hamda o’q-dorilarni tashishga ruxsatnomalar berish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxslarga - Vazirliklar, idoralar, korxonalar tashkilotlar, muassasalar va o’quv yurtlariga hamda jismoniy shaxslarga - ovchilik va baliqchilik jamiyati a’zolariga. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

Ruxsatnoma O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB Patrul-post va jamoat tartibini saqlash xizmatlari tomonidan beriladi. 

-Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

-tashkilotning nomi, joylashgan manzili (pochta adreslari) va tashkiliy-huquqiy asoslari (nusxalarini ilova qilgan holda), tashilayotgan yukning miqdori va nomlanishi, tashish marshruti va transporti, tashishning boshlang’ich va oxirgi punktlari, yo’lda kuzatuv vaqtida yukni tashish va qo’riqlash uchun javobgar shaxslar F.I.Sh, pasport ma’lumotlari, yashash manzillari ko’rsatilgan va xar bir dona qurolning ishlab chiqarish raqami va turi (markasi) ko’rsatilgan ro’yxatni ilova qilgan holda ruxsat berish to’g’risidagi ariza; 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari.

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Talabgorning arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lov undirilmaydi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar olingan kundan boshlab o’ttiz kundan oshmagan muddatda ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi. 

Xizmat nomi

O’zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish uchun ruxsatnomalar berish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda, ro’yxatdan o’tgan (tashkil etilgan) yuridik shaxslargina giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni (bundan keyingi o’rinlarda GPP - deb yuritiladi) tashish bo’yicha da’vogar bo’lishi mumkin. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish uchun ruxsatnomalar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB Patrul-post va jamoat tartibini saqlash xizmatlari tomonidan "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasining guvohnomasi asosida. 

-Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

GPPlarni kam miqdorlarda tashish maqsadida yillik ruxsatnomani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 
-GPPlarni kam miqdorlarda tashish huquqini beruvchi yillik ruxsatnomani olish to’g’risida ariza; 
-rahbar imzosi va yuridik shaxs muhri bilan tasdiqlangan, yukni tashish uchun mas’ul shaxs tayinlanganligi to’g’risida buyruq nusxasi; 
-mas’ul shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (pasport). 
O’zbekiston Respublikasi hududida GPPlarni katta partiyada tashish uchun bir martalik ruxsatnoma ichki ishlar organlari tomonidan besh ish kuni ichida yukning nomi va miqdori, yuk jo’natilishining to’liq marshruti, yukni tashishga mas’ul shaxs va kuzatuvchi shaxslar (qo’riqlash tarkibi), tashishga jalb etilgan transport vositasi va ularning haydovchilari haqida ma’lumotlar ko’rsatilgan yuridik shaxs rahbarining arizasi asosida quyidagi hujjatlari ilova qilingan holda beriladi: 
bir martalik ruxsatnoma olish to’g’risida ariza; 
-yukning har bir alohida tashishlariga javobgar shaxsni belgilanganligi to’g’risida buyruq nusxasi; 
-GPPlarni olish uchun tuzilgan kontrakt (shartnoma) nusxasi; 
-ajratilgan avtomobilning joriy yil uchun texnik ko’rikdan o’tganligi to’g’risidagi uning amal qilish muddati ko’rsatilgan texnik pasporti va haydovchilarining haydovchilik guvohnomalari nusxalari; 
-GPPlar yuklarni avtomobil transportida tashish uchun litsenziyaga ega bo’lgan yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida tashish holatlariga tegishli shartnoma nusxasi. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 16 aprelda 1791-son bilan ro’yxatga olingan Ichki ishlar vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirligining 2008 yil 17 martdagi 4, 3-sonli "O’zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi to’g’risida nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Talabgorning arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lov undirilmaydi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

GPPlarni O’zbekiston Respublikasi hududida tashish uchun ruxsatnoma besh ish kuni ichida beriladi. 
Ruxsatnoma beruvchi organ olingan xulosalar asosida o’n besh kun muddatda GPPlarni tashish uchun ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi, tegishli ruxsatnoma beradi yoki ruxsatnoma berishga asoslari ko’rsatilgan rad javobini yo’llaydi. 

Xizmat nomi

O’zbekiston Respublikasi hududiga alyuminiy kukuni va qurumini (TIF TN kodlari 7603 10000 0, 7603 20000 0) olib kirish uchun ruxsatnomalar berish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda, ro’yxatdan o’tgan (tashkil etilgan) yuridik shaxslargina alyuminiy kukuni va qurumini olib kirish bo’yicha talabgorlar bo’lishi mumkin. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi. 

Bog’lanish 

Tashkent shahri, Yunusobod tumani, Sh. Rashidov ko’chasi, 23-uy. (O’zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasiga tegishli 9 qavatli ma’muriy binoning 4-qavati, 2-xonasi). Mo’ljal: «Poytaxt» biznes-markazi va O’zbekiston Milliy kutubxonasi ro’parasida, «Turkiston» san’at saroyi va «Shedevr» supermarketi o’rtasida. Metroning «Mustakillik maydoni» bekati. 

-Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

Alyuminiy kukuni va qurumini qo’llanilishi maqsadlari va ular qo’llaniladigan ob’ektlar, miqdori, markasi va nomi, olib kirishning aniq muddatlari, O’zbekiston Respublikasi hududiga kirish manzili, foydalaniladigan transport turi, yuk jo’natiladigan va tushiriladigan manzillar to’g’risidagi ma’lumotlar, yukni tashish uchun taqdim etayotgan tashkilotning nomi, yukni oluvchi tashkilotning nomi, tashish yo’nalishi va portlovchi materiallar saqlanadigan joy (portlovchi materiallar ombori) ko’rsatilgan holda portlovchi materiallarni olib kirishga ruxsatnoma berish to’g’risidagi ariza; 
O’zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi, BMT nomenklaturasi bo’yicha yukning xususiyati, moddalarning klassifikatsiya shifri, agregat holati, xavfli xossalari to’g’risidagi ma’lumotlar; 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan (bojxona organlarida ro’yxatdan o’tkazilgungacha) alyuminiy kukuni va qurumini etkazib berishga kontrakt (shartnoma), olib kirish bir necha turkumlarda amalga oshirilgan taqdirda - tashish jadvali; 
olib kirilayotgan alyuminiy kukuni va qurumini O’zbekiston Respublikasida qo’llanilishiga va portlatish ishlarini bajarish huquqiga "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasining ruxsatnomasi; 
alyuminiy kukuni va qurumini sotib olishga va ularni saqlash omborlaridan foydalanishga "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasining guvohnomasi; 
ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan tartibda berilgan olib kirilayotgan alyuminiy kukuni va qurumini muvofiqlik sertifikati; 
mahsulotni tayyorlovchiga xalqaro standartlarga (ISO-9001, 9002) muvofiq berilgan mahsulot sifati sertifikati. 

-Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini O’zbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. 

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Talabgorning arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lov undirilmaydi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

Ruxsatnoma beruvchi organ olingan xulosalar asosida o’n besh kun muddatda alyuminiy kukuni va qurumini olib kirishga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi, tegishli ruxsatnoma beradi yoki ruxsatnoma berishga asoslari ko’rsatilgan rad javobini yo’llaydi. 
Alyuminiy kukuni va qurumini olib kirishga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilishning umumiy muddati ruxsatnoma berish to’g’risidagi ariza va belgilangan boshqa hujjatlar olingan kundan boshlab o’ttiz kundan oshmasligi kerak. 

Xizmat nomi

Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo’q qilish va utilizatsiya qilish bo’yicha litsenziya olish. 

Quyidagilar bo’yicha faoliyat litsenziyalanadi: 
-pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo’q qilish va utilizatsiya qilish (xavflilikning I - V klasslari); 
-texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan foydalanish (xavflilikning III - V klasslari). 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

Faqat yuridik shaxslar pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo’q qilish va utilizatsiya qilish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarning talabgorlari bo’lishi mumkin. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

Litsenziyalar berish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini to’xtatish va bekor qilish to’g’risidagi qarorlar Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo’q qilish va utilizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash bo’yicha Vazirlar Mahkamasi komissiyasi (keyingi o’rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. 
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Patrul-post va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi (keyingi o’rinlarda Ishchi organ deb ataladi) Komissiyaning Ishchi organi funktsiyasini bajaradi. 

Bog’lanish 

Tashkent shahri, Yunusobod tumani, Sh. Rashidov ko’chasi, 23-uy. (O’zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasiga tegishli 9 qavatli ma’muriy binoning 4-qavati, 2-xonasi). Mo’ljal: «Poytaxt» biznes-markazi va O’zbekiston Milliy kutubxonasi ro’parasida, «Turkiston» san’at saroyi va «Shedevr» supermarketi o’rtasida. Metroning «Mustakillik maydoni» bekati. 

-Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

-litsenziya berish to’g’risida ariza, unda quyidagilar ko’rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo’ljallanayotgan turi, litsenziya talablari va shartlariga litsenziyalanayotgan faoliyat turining alohida hududdagi muayyan ob’ektlarda amalga oshirilishi kiradigan hollarda esa - ular joylashgan joy; 
-yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi; 
- faoliyatning litsenziyalanayotgan turlari bo’yicha ko’rsatilgan barcha zarur ishlarni litsenziya talablari va shartlariga muvofiq amalga oshirish uchun moddiy-texnika baza to’g’risidagi ma’lumotlar (ichki ishlar organlarining texnikani qo’riqlash punkti tomonidan qo’riqlashga qabul qilinganlik shartnomasi hamda pirotexnika buyumlari omborining pasporti, pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo’q qilish yoki utilizatsiya qilish uchun inshootlar va asbob-uskunalarni qabul qilish dalolatnomasi, yashindan himoya qilish, qo’riqlash-yong’in signalizatsiyasi vositalarini foydalanishga qabul qilish dalolatnomalari); 
-xodimning litsenziyalanayotgan faoliyat turlari bilan bog’liq yong’inlar va boshqa halokatli vaziyatlarni bartaraf etish bo’yicha harakatlar rejasi; 
-faoliyatning litsenziyalanayotgan turlariga ruxsat etilgan yuridik shaxs rahbarlari va xodimlari ro’yxati, unda ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan sanalari va joylari, doimiy yashash joylari, egallab turgan lavozimlari, belgilangan tartibda hududiy ichki ishlar organlari bilan kelishilgan faoliyatning litsenziyalanayotgan turlari yoki sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar bilan ishlash bo’yicha staji ko’rsatiladi; 
-faoliyatning litsenziyalanayotgan turlari bilan bog’liq ishlarni bevosita bajaruvchi yuridik shaxs rahbarlari va xodimlarining malakaviy tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar, unga tegishli hujjatlar (oliy vaG’yoki o’rta kon-texnika bo’yicha yoxud boshqa o’rta maxsus ma’lumot to’g’risidagi diplomlarning, mehnat daftarchalarining, xavfli yuklarni tashishga ruxsat berish to’g’risidagi guvohnomalarning, malaka toifasi berish, oxirgi 5 yilda malaka oshirish vaG’yoki maxsus tayyorgarlik kurslaridan o’tganlik to’g’risidagi sertifikatlar va hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari); 
-xodimlar shtatida ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm sababli dispanser hisobida turuvchilarning, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun muddati o’talmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi bo’lgan, jamoat tartibini yoki belgilangan boshqaruv tartibini saqlash sohasida jinoiy yoxud bir yil mobaynida takroran ma’muriy javobgarlikka tortilgan xodimlar yo’qligi haqidagi ma’lumotlar, ularga tegishli tibbiyot muassasalari va hududiy ichki ishlar organlarining ma’lumotnomalari ilova qilinadi; 
-hududiy ichki ishlar organlarining va "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasi mintaqaviy kon-texnika inspektsiyalarining moddiy-texnikaviy bazaning, amalga oshirilgan rejim-qo’riqlash choralarining, hisobga olish, texnologik jarayonlarni tashkil etishning, texnologik asbob-uskunalarning va xodimlarni tayyorlash darajasining arizada ko’rsatilgan litsenziyalanayotgan faoliyat turlari (pirotexnika buyumlarini tashish va ulardan foydalanish faoliyati bundan mustasno) bo’yicha belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risidagi xulosalari; 
-Davlat yong’inga qarshi xizmat hududiy organlarining moddiy-texnikaviy bazaning, texnologik jarayonlarning, texnologik asbob-uskunalar holatining va xodimlar tayyorlash darajasining arizada ko’rsatilgan litsenziyalanayotgan faoliyat turlari (pirotexnika buyumlarini tashish va ulardan foydalanish bo’yicha faoliyat bundan mustasno) bo’yicha belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi; 
-O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining hamda sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining moddiy-texnikaviy bazaning, texnologik jarayonlarning, texnologik asbob-uskunalar holatining va xodimlar tayyorlash darajasining arizada ko’rsatilgan litsenziyalanayotgan faoliyat turi bo’yicha (pirotexnika buyumlarini tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish bo’yicha faoliyat bundan mustasno) tabiatni muhofaza qilish, ekologiya va sanitariya-gigiena norma va qoidalariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosalari; 
-litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish va avtotransport vositalarini texnik ko’rikdan o’tkazish punktlari mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotlar yoxud litsenziya talabgori tomonidan tegishli soha tashkiloti bilan o’ziga tibbiy va texnik ko’rikni o’tkazish imkoniyatini berish to’g’risida tuzilgan shartnoma nusxasi (pirotexnika buyumlarini tashish bo’yicha faoliyat uchun); 
-litsenziya talabgori tomonidan uning arizasi ko’rib chiqilganligi uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi hujjat. 

-Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 25 oktyabrdagi 234-sonli “O’zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori. 

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Litsenziya talabgorining arizasi ko’rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig’im undiriladi. Ariza ko’rib chiqilganligi uchun yig’im summasi Ishchi organning hisob raqamiga o’tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda to’langan yig’im summasi qaytarilmaydi. 
Litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o’n baravari miqdorida davlat boji olinadi. Davlat boji summasi respublika byudjetiga o’tkaziladi. 
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to’g’risidagi arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lanadigan summaning yarmi miqdorida yig’im undiriladi. Yig’im summasi Ishchi organning hisob raqamiga o’tkaziladi. 
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to’g’risidagi arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lanadigan summaning yarmi miqdorida yig’im undiriladi. Yig’im summasi Ishchi organning maxsus hisob raqamiga o’tkaziladi. 
В случае отказа соискателя лицензии от поданного заявления или принятия лицензирующим органом решения об отказе в выдаче лицензии сумма уплаченного сбора возврату не подлежит. Сумма сбора зачисляется на расчетный счет Рабочего органа (21506000000600313001 в Расчетно-кассовом центра (РКЦ) Главного управления Центрального банка Республики Узбекистан по г. Ташкенту; код банка 00014; ИНН получателя 20637696). 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi Ishchi organ tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab o’ttiz kundan ortiq bo’lmagan muddatda qabul qilinadi. 

Xizmat nomi

Portlovchi materiallarni O’zbekiston Respublikasiga olib kirish uchun ruxsatnomalar berish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda, ro’yxatdan o’tgan (tashkil etilgan) yuridik shaxslargina portlovchi materiallarni olib kirish bo’yicha talabgorlar bo’lishi mumkin. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi. 

Bog’lanish 

Tashkent shahri, Yunusobod tumani, Sh. Rashidov ko’chasi, 23-uy. (O’zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasiga tegishli 9 qavatli ma’muriy binoning 4-qavati, 2-xonasi). Mo’ljal: «Poytaxt» biznes-markazi va O’zbekiston Milliy kutubxonasi ro’parasida, «Turkiston» san’at saroyi va «Shedevr» supermarketi o’rtasida. Metroning «Mustakillik maydoni» bekati. 

-Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

portlovchi materiallar qo’llanilishi maqsadlari va ular qo’llaniladigan ob’ektlar, miqdori, markasi va nomi, olib kirishning aniq muddatlari, O’zbekiston Respublikasi hududiga kirish manzili, foydalaniladigan transport turi, yuk jo’natiladigan va tushiriladigan manzillar to’g’risidagi ma’lumotlar, yukni tashish uchun taqdim etayotgan tashkilotning nomi, yukni oluvchi tashkilotning nomi, tashish yo’nalishi va portlovchi materiallar saqlanadigan joy (portlovchi materiallar ombori) ko’rsatilgan holda portlovchi materiallarni olib kirishga ruxsatnoma berish to’g’risidagi ariza; 
O’zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi, BMT nomenklaturasi bo’yicha yukning xususiyati, moddalarning klassifikatsiya shifri, agregat holati, xavfli xossalari to’g’risidagi ma’lumotlar; 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan (bojxona organlarida ro’yxatdan o’tkazilgungacha) portlovchi materiallarni etkazib berishga kontrakt (shartnoma), olib kirish bir necha turkumlarda amalga oshirilgan taqdirda - tashish jadvali; 
olib kirilayotgan portlovchi materiallar O’zbekiston Respublikasida qo’llanilishiga va portlatish ishlarini bajarish huquqiga "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasining ruxsatnomasi; 
portlovchi materiallarni sotib olishga va ularni saqlash omborlaridan foydalanishga "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasining guvohnomasi; 
ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan tartibda berilgan olib kirilayotgan portlovchi materiallarga muvofiqlik sertifikati; 
mahsulotni tayyorlovchiga xalqaro standartlarga (ISO-9001, 9002) muvofiq berilgan mahsulot sifati sertifikati; 
portlovchi materiallarni O’zbekiston Respublikasi hududida tashishga ichki ishlar organlarining ruxsatnomasini rasmiylashtirish uchun zarur bo’lgan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hujjatlar; 
ariza ko’rib chiqilganligi uchun ariza beruvchi tomonidan yig’im to’langanligini tasdiqlovchi hujjat; 
avariya kartochkasi. 

-Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini O’zbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori.

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Portlovchi materiallarni O’zbekiston Respublikasiga olib kirishga ruxsatnoma berish to’g’risidagi ariza ko’rib chiqilganligi uchun O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig’im undiriladi. Yig’im summasi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hisob raqamiga o’tkaziladi. 
Ariza beruvchi ruxsatnoma olishni yoki portlovchi materiallarni tashishni rad etgan taqdirda to’langan yig’im summasi qaytarilmaydi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

Ruxsatnoma beruvchi organ olingan xulosalar asosida o’n besh kun muddatda portlovchi materiallarni olib kirishga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi, tegishli ruxsatnoma beradi yoki ruxsatnoma berishga asoslari ko’rsatilgan rad javobini yo’llaydi. 
Portlovchi materiallarni olib kirishga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilishning umumiy muddati ruxsatnoma berish to’g’risidagi ariza va belgilangan boshqa hujjatlar olingan kundan boshlab o’ttiz kundan oshmasligi kerak. 

Xizmat nomi

Portlovchi materiallarni saqlash uchun ruxsatnomalar berish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda, ro’yxatdan o’tgan (tashkil etilgan) yuridik shaxslargina portlovchi materiallarni saqlash bo’yicha talabgorlar bo’lishi mumkin. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

Portlovchi materiallarni saqlash uchun ruxsatnomalar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB Patrul-post va jamoat tartibini saqlash xizmatlari tomonidan "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasining guvohnomasi asosida. 

-Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

-tashkilotning nomi, joylashgan manzili (pochta adreslari) va tashkiliy-huquqiy asoslari (nusxalarini ilova qilgan holda) ko’rsatilgan ruxsat berish to’g’risidagi ariza; 
-Davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma; 
-portlovchi materiallarni saqlash joyini ekspluatatsiya qilish uchun "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasi tomonidan berilgan guvohnoma nushasi, portlovchi materiallarni saqlash joyini qabul qilganlik dalolatnomasi va portlovchi materiallarni saqlash joyinining pasporti. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va "Sanoatkontexnazorat" Davlat inspektsiyasining 2005 yil 25 maydagi 3G’78-sonli “Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish to’g’risidagi Yo’riqnomani tasdiqlash haqida”gi Qarori.

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Talabgorning arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lov undirilmaydi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

Ruxsatnoma beruvchi organ olingan xulosalar asosida o’n besh kun muddatda portlovchi materiallarni sotib olishga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi, tegishli ruxsatnoma beradi yoki ruxsatnoma berishga asoslari ko’rsatilgan rad javobini yo’llaydi. 
Portlovchi materiallarni sotib olishga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilishning umumiy muddati ruxsatnoma berish to’g’risidagi ariza va belgilangan boshqa hujjatlar olingan kundan boshlab o’ttiz kunni tashkil etadi.

Xizmat nomi

Portlovchi materiallarni sotib olish uchun ruxsatnomalar berish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda, ro’yxatdan o’tgan (tashkil etilgan) yuridik shaxslargina portlovchi materiallarni sotib olish bo’yicha talabgorlar bo’lishi mumkin. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

Portlovchi materiallarni sotib olish uchun ruxsatnomalar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB Patrul-post va jamoat tartibini saqlash xizmatlari tomonidan "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasining guvohnomasi asosida 6 oy muddatga beriladi. 

Bog’lanish 

Tashkent shahri, Yunusobod tumani, Sh. Rashidov ko’chasi, 23-uy. (O’zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasiga tegishli 9 qavatli ma’muriy binoning 4-qavati, 2-xonasi). Mo’ljal: «Poytaxt» biznes-markazi va O’zbekiston Milliy kutubxonasi ro’parasida, «Turkiston» san’at saroyi va «Shedevr» supermarketi o’rtasida. Metroning «Mustakillik maydoni» bekati. 

-Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

-tashkilotning nomi, joylashgan manzili (pochta adreslari) va tashkiliy-huquqiy asoslari (nusxalarini ilova qilgan holda) ko’rsatilgan ruxsat berish to’g’risidagi ariza; 
-Davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma; 
-portlovchi materiallarni sotib olish guvohnomasi ("Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasidan olingan). 

-Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va "Sanoatkontexnazorat" Davlat inspektsiyasining 2005 yil 25 maydagi 3G’78-sonli “Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish to’g’risidagi Yo’riqnomani tasdiqlash haqida”gi Qarori.

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Talabgorning arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lov undirilmaydi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

Ruxsatnoma beruvchi organ olingan xulosalar asosida o’n besh kun muddatda portlovchi materiallarni sotib olishga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi, tegishli ruxsatnoma beradi yoki ruxsatnoma berishga asoslari ko’rsatilgan rad javobini yo’llaydi. 
Portlovchi materiallarni sotib olishga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilishning umumiy muddati ruxsatnoma berish to’g’risidagi ariza va belgilangan boshqa hujjatlar olingan kundan boshlab o’ttiz kunni tashkil etadi. 

Xizmat nomi

Portlovchi materiallarni tashish uchun ruxsatnomalar berish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda, ro’yxatdan o’tgan (tashkil etilgan) yuridik shaxslargina portlovchi materiallarni tashish bo’yicha talabgorlar bo’lishi mumkin. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

Portlovchi materiallarni tashish uchun ruxsatnomalar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB Patrul-post va jamoat tartibini saqlash xizmatlari tomonidan "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasining guvohnomasi asosida. 

-Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

-tashkilotning nomi, joylashgan manzili (pochta adreslari) va tashkiliy-huquqiy asoslari (nusxalari ilova qilingan holda), tashiluvchi portlovchi moddalar turlari va miqdorlari haqidagi ma’lumotlar, yukni jo’natuvchi va qabul qiluvchi to’g’risida ma’lumotlar, tashish yo’nalishi, jalb qilingan maxsus jihozlangan transport vositalari to’g’risida, yukni tashishga va kuzatib borishga (yukni ortuvchi-tashuvchi va tashkilotni qo’riqlash xodimlari) javobgar shaxs, Ichki ishlar organlaridan yukni kuzatib boruvchi va qo’riqlovchilar haqidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan ruxsat berish to’g’risidagi ariza;
arizaga quyidagi hujjatlarning nushalari ilova qilinadi: 
-yukni tashish uchun javobgar shaxsni tayinlash va transport vositalarining texnik holatini tekshirishga hamda haydovchilar bilan yo’riqnoma o’tkazishga javobgar shaxslarni tayinlash haqidagi tashkilotning buyrug’i; 
-yukni olib borish yo’llari bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, viloyatlar IIBlarning YHHB bilan kelishilgan tashish yo’nalishi va sxemasi, YHHB tomonidan berilgan transport vositasining portlovchi moddalarni tashishga ruxsat berish guvohnomasi, portlovchi moddalarni tashish uchun yuk tashuvchi tashkilot tomonidan haydovchiga berilgan ruxsat berish guvohnomasi (avtotransport vositasi orqali tashilganda), portlovchi moddalarni tashish uchun "Uzbekiston temir yullari" DATK tomonidan berilgan ruxsat berish guvohnomasi (temir yo’li orqali tashilganda); 
-portlovchi moddalarni tashish uchun ilgari olingan amal qilish muddati tugagan ruxsatnoma (mavjud bo’lsa); 
O’zbekiston Respublikasi IIV tomonidan portlovchi moddalarni tashish uchun ruxsatnoma olishda quyidagi hujjatlar qo’shimcha taqdim etiladi: 
-"Sanoatgeokontexnazorat" Davlat inspektsiyasi tomonidan berilgan portlovchi ishlarni bajarish huquqini beruvchi ruxsatnoma; 
-portlovchi materiallarni sotib olishga va portlovchi materiallarni saqlash joyini ekspluatatsiya qilish uchun "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasi tomonidan berilgan guvohnomasi, 
-portlovchi moddalar yuklangan avtomashinalarni (vagonlarni) qo’riqlash (qo’riqlash va kuzatib borish) guruhini ajratish to’g’risidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar va Transport IIBlarning buyrug’i. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va "Sanoatkontexnazorat" Davlat inspektsiyasining 2005 yil 25 maydagi 3G’78-sonli “Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish to’g’risidagi Yo’riqnomani tasdiqlash haqida”gi Qarori.

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Talabgorning arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lov undirilmaydi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

Ruxsatnoma beruvchi organ olingan xulosalar asosida o’n besh kun muddatda portlovchi materiallarni sotib olishga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi, tegishli ruxsatnoma beradi yoki ruxsatnoma berishga asoslari ko’rsatilgan rad javobini yo’llaydi. 
Portlovchi materiallarni sotib olishga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilishning umumiy muddati ruxsatnoma berish to’g’risidagi ariza va belgilangan boshqa hujjatlar olingan kundan boshlab o’ttiz kunni tashkil etadi. 

Xizmat nomi 

Tadbirkorlik sub’ektlari bo’lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga muhrlar va shtamplarni tayyorlashga ruxsatnomalar berish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda, ro’yxatdan o’tgan (tashkil etilgan) tadbirkorlik sub’ektlari bo’lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga muhrlar va shtamplarni tayyorlashga ruxsat beriladi. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi.

Главное управление патрульно-постовой службы и охраны общественного порядка Министерства внутренних дел Республики Узбекистан, Управления патрульно-постовой службы и охраны общественного порядка Министерства внутренних дел Республики Каракалпакстан, Главного управления внутренних дел г. Ташкента, Управлений внутренних дел областей (далее – уполномоченные органы). 

Контакты

A) O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi oliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralarga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Markaziy bankida davlat ro’yxatidan o’tgan (akkreditatsiya qilingan) yoxud O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil etilgan yuridik shaxslarga muhrlar va shtamplarni tayyorlashga ruxsatnomalar beradi. 
B) Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari tegishli viloyat darajasidagi mahalliy davlat hokimiyati organlariga, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining hududiy bo’linmalariga, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar adliya boshqarmalarida davlat ro’yxatidan o’tgan yuridik shaxslarga muhrlar va shtamplarni tayyorlashga ruxsatnomalar beradi. 
V) Ichki ishlar tuman (shahar) organlarining patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bo’limlari (bo’linmalari, guruhlari) tegishli tuman (shahar) darajasidagi mahalliy davlat hokimiyati organlariga, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining hududiy bo’linmalariga, yuqoridagi A va B-bandlarida ko’rsatilmagan yuridik shaxslarga, shuningdek jismoniy shaxslarga muhrlar va shtamplarni tayyorlashga ruxsatnomalar beradi. 

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 


I. Asosiy muhrlarni tayyorlashga ruxsatnoma olish uchun ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 
1) jamoat birlashmalari, jamoat fondlari, shuningdek yuridik shaxslar birlashmalari (uyushmalar va ittifoqlar) tomonidan: 
rahbar nomidan ariza; 
adliya organlari tomonidan berilgan, davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi; 
rahbarni tayinlash to’g’risida muassislar yig’ilishi bayonnomasining nusxasi; 
rahbar tomonidan tasdiqlangan muhr chizmasining ikki nusxasi; 
2) xorijiy tashkilotlarning O’zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari tomonidan: 
vakolatxona boshlig’i nomidan ariza; 
O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasida vakolatxona ochish uchun berilgan ruxsatnomaning nusxasi; 
vakolatxona boshlig’ini tayinlash to’g’risidagi ishonchnomaning nusxasi; 
vakolatxona rahbari tomonidan tasdiqlangan muhr chizmasining ikki nusxasi; 
3) xalqaro tashkilotlarning O’zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari tomonidan: 
vakolatxona boshlig’i nomidan ariza; 
xalqaro tashkilot vakolatxonasini akkreditatsiya qilish to’g’risida Tashqi ishlar vazirligi guvohnomasining nusxasi yoki Adliya vazirligi tomonidan berilgan davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida guvohnomaning nusxasi; 
vakolatxona boshlig’ini tayinlash to’g’risidagi ishonchnomaning nusxasi; 
vakolatxona boshlig’i tomonidan tasdiqlangan muhr chizmasining ikki nusxasi; 
4) xorijiy banklarning O’zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari tomonidan: 
vakolatxona boshlig’i nomidan ariza; 
xorijiy bank vakolatxonasining akkreditatsiya qilingani to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi; 
Markaziy bank akkreditatsiya guvohnomasining nusxasi; 
vakolatxona boshlig’i tomonidan tasdiqlangan muhr chizmasining ikki nusxasi; 
5) boshqa yuridik shaxslar tomonidan: 
yuridik shaxs rahbari nomidan ariza; 
mazkur yuridik shaxsni tashkil etish to’g’risidagi hujjatning (vakolatli davlat organining qarori yoki ro’yxatdan o’tkazish (akkreditatsiya qilish) to’g’risida guvohnoma) nusxasi; 
yuridik shaxsning rahbarini tayinlash to’g’risida vakolatli organ yoki shaxs qarorining nusxasi; 
yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlangan muhr chizmasining ikki nusxasi. 

II. Tarkibiy muhrni tayyorlashga ruxsatnoma olish uchun ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 
1) yuridik shaxsning yuridik shaxs hisoblanmagan filiallari (vakolatxonalari) tomonidan: 
filial (vakolatxona) rahbari nomidan ariza; 
filial (vakolatxona) tashkil etish to’g’risidagi qarorning ko’chirma nusxasi; 
yuridik shaxsning filial (vakolatxona) rahbari vakolatlari to’g’risidagi ishonchnomasining ko’chirma nusxasi; 
yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlangan va uning asosiy muhri tushirilgan muhr chizmasining ikki nusxasi; 
3) yuridik shaxsning boshqa tarkibiy bo’linmalari uchun: 
yuridik shaxs rahbari nomidan ariza; 
yuridik shaxsning shtatlar jadvalidan (shtatlar tarkibidan) ko’chirma; 
yuridik shaxsning rahbari tomonidan tasdiqlangan va uning asosiy muhri tushirilgan muhr chizmasining ikki nusxasi. Tarkibiy muhrni tayyorlashga ariza asosiy muhrni tayyorlash uchun ham bir vaqtda berilgan taqdirda rahbarning imzosini asosiy muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi. 

III. Shaxsiy muhrni tayyorlashga ruxsatnomasini olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 
1) xususiy tibbiy amaliyot bilan shug’ullanadigan shifokorlar tomonidan: 
xususiy tibbiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi shifokorning arizasi; 
tibbiy yordam ko’rsatish huquqi uchun sog’liqni saqlash organlari litsenziyasining ko’chirma nusxasi; 
uning nomiga litsenziya berilgan shaxs tomonidan tasdiqlangan muhr chizmasining ikki nusxasi; 
2) davolash muassasalarida ishlaydigan shifokorlar tomonidan: 
davolash muassasasi rahbari nomidan ariza; 
ish joyidan egallab turgan lavozimi to’g’risida ma’lumotnoma; 
davolash muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlangan va davolash muassasasining asosiy muhri tushirilgan muhr chizmasining ikki nusxasi. 

IV. Burchakli shtamplar tayyorlashga ruxsatnoma olish uchun ichki ishlar organlariga yuqorida ko’rsatilgan hujjatlardan tashqari (asosiy, tarkibiy yoki shaxsiy muhrlar chizmalari bundan mustasno) quyidagi hujjatlar* taqdim etiladi: 
1) jamoat birlashmalari, jamoat fondlari, shuningdek yuridik shaxslar birlashmalari (uyushmalar va ittifoqlar) tomonidan - rahbar tomonidan tasdiqlangan burchakli shtamp chizmasining ikki nusxasi; 
2) O’zbekiston Respublikasidagi xorijiy tashkilotlarning vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, shuningdek xorijiy banklarning vakolatxonalari tomonidan - rahbar tomonidan tasdiqlangan burchakli shtamp chizmasining ikki nusxasi va Vakolatxona to’g’risidagi nizomning nusxasi; 
3) boshqa yuridik shaxslar tomonidan - rahbar tomonidan tasdiqlangan burchakli shtamp chizmasining ikki nusxasi hamda yuridik shaxs Ustavi (Nizomi)ning nusxasi; 
4) yuridik shaxsning yuridik shaxs hisoblanmaydigan filiallari va vakolatxonalari tomonidan - rahbar tomonidan tasdiqlangan burchakli shtamp chizmasining ikki nusxasi va Filial (vakolatxona) to’g’risidagi nizomning nusxasi; 
5) yuridik shaxslarning tarkibiy bo’linmalari tomonidan yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlangan va uning asosiy muhri bilan tasdiqlangan burchakli shtamp chizmasining ikki nusxasi. 

V. Notarial idoralar burchakli shtamplarni tayyorlashga ruxsatnoma olish uchun ichki ishlar organlariga tegishli adliya organi tomonidan tasdiqlangan burchakli shtamp chizmasining ikki nusxasini taqdim etadilar. 

VI. Bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha mutaxassislar axborot shtampini tayyorlashga ruxsatnoma olish uchun ichki ishlar organiga arizani quyidagilarni ilova qilgan holda taqdim etadilar: 
-O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan berilgan malakaviy attestatning nusxasi; 
-nomiga malakaviy attestat berilgan shaxs tomonidan tasdiqlangan shtamp chizmasining ikki nusxasi. 

VII. Jismoniy shaxslar familiya, ism, otasining ismi bitilgan shaxsiy shtamp tayyorlashga ruxsatnoma olish uchun ichki ishlar organiga arizachining imzosi bilan tasdiqlangan shtamp chizmasining ikki nusxasini ilova qilgan holda ariza taqdim etadilar. 

VIII. Nomli yordamchi muhrlar, ro’yxatga olish (hisobga olish) va axborot shtamplarini tayyorlashga ruxsatnoma berish ichki ishlar organlari tomonidan foydalanish maqsadi ko’rsatilgan hamda yuridik shaxsning rahbari tomonidan imzolangan va asosiy muhri bilan tasdiqlangan muhr (shtamp) chizmasining ikki nusxasi ilova qilingan holda ariza taqdim etilganda amalga oshiriladi. Yordamchi muhrlar, ro’yxatga olish (hisobga olish) va axborot shtamplarini tayyorlashga ariza asosiy muhrni tayyorlashga ariza bilan bir vaqtda topshirilgan taqdirda, rahbarning imzosini asosiy muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi. 

IX. Yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muhrlar va shtamplar matnida o’zgarishlar (qo’shimchalar) bo’lishiga olib keladigan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishda muhrlar va shtamplarni tayyorlashga ruxsatnomalar berish vakolatli organning ta’sis hujjatlariga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qarorining nusxasi, shuningdek muhrlar va shtamplar chizmasining tasdiqlangan ikki nusxasi ilova qilingan holdagi ariza asosida amalga oshiriladi. 

X. Muhrlar va shtamplarni ularning matnini o’zgartirish bilan bog’liq bo’lmagan (eskirish, shikastlanish, lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga o’tkazish va hokazo) sabablarga ko’ra almashtirishda muhrlar va shtamplarni tayyorlashga ruxsatnoma berish ichki ishlar organlari tomonidan almashtirish sabablari hamda almashtirilayotgan muhrlar va shtamplarning miqdori ko’rsatilgan, yuridik shaxsning rahbari tomonidan tasdiqlangan va uning asosiy muhri bilan tasdiqlangan muhrlar va shtamplar chizmasining ikki nusxasi ilova qilingan holda ariza taqdim etilganda amalga oshiriladi. 

XI. Muhrlar va shtamplarning yo’qolishi, o’g’irlanishi, yo’q qilinishi sababli ularni tayyorlashga ruxsatnoma berish ichki ishlar organlari tomonidan yuridik shaxsning arizasiga asosan amalga oshiriladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 
1) yo’qolgan (yo’q qilingan, o’g’irlangan) muhrlar va shtamplarni haqiqiy emas deb topish to’g’risida gazetaga berilgan e’lon; 
2) topilmalar byurosining topilgan buyumlar orasida yo’qolgan (o’g’irlangan) muhrlar va shtamplarning yo’qligi to’g’risidagi ma’lumotnomasi; 
3) yo’qolgan (o’g’irlangan, yo’q qilingan) muhrlar va shtamplarning saqlanishi va foydalanilishi uchun mas’ul shaxsning voqea yuz bergan joy, vaqt, sabablar va boshqa holatlar bayon etilgan tushuntirishi; 
4) tegishli muhrlar va shtamplarni tayyorlashga ruxsatnoma olish uchun ichki ishlar organlariga yuqoridagi bandlarga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlar. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2001 yil 27 oktyabrda 1077-son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2001 yil 15 sentyabrdagi 255-son “Muhrlar va shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to’g’risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug’i. 

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Talabgorning arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lov undirilmaydi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar olingan kundan boshlab o’ttiz kundan oshmagan muddatda ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi. 

Xizmat nomi 

Tadbirkorlik sub’ektlari bo’lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga muhrlar va shtamplarni yo’q qilish to’g’risidagi kvitantsiyalarni berish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Litsenziyalash va ruxsat berish. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartibda, ro’yxatdan o’tgan (tashkil etilgan) tadbirkorlik sub’ektlari bo’lmagan yuridik va jismoniy shaxslar. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi.

Главное управление патрульно-постовой службы и охраны общественного порядка Министерства внутренних дел Республики Узбекистан, Управления патрульно-постовой службы и охраны общественного порядка Министерства внутренних дел Республики Каракалпакстан, Главного управления внутренних дел г. Ташкента, Управлений внутренних дел областей (далее – уполномоченные органы). Tadbirkorlik sub’ektlari bo’lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga muhrlar va shtamplarni yo’q qilish to’g’risidagi kvitantsiyalar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB Patrul-post va jamoat tartibini saqlash xizmatlari tomonidan beriladi. 

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 
Yuridik shaxslar tugatilayotganda uning nomi tushirilgan barcha mavjud muhrlar va shtamplar ichki ishlar organlariga yo’q qilish uchun quyidagilarni taqdim etgan holda topshiriladi: 
1) ariza; 
2) mulkdor, muassislar yoki ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilgan yuridik shaxs organi yoki sudning yuridik shaxsni tugatish to’g’risidagi qarori yoki sudning yuridik shaxsni ro’yxatdan o’tkazishni haqiqiy emas deb topish to’g’risidagi qarorining nusxasi. 
Muhrlar va shtamplar almashtirish munosabati bilan va boshqa sabablarga ko’ra yo’q qilish uchun topshirilayotganda muhrlar va shtamplarni yo’q qilishga topshirish sabablarini ko’rsatgan holda ariza taqdim etiladi. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2001 yil 27 oktyabrda 1077-son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2001 yil 15 sentyabrdagi 255-son “Muhrlar va shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to’g’risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug’i. 

 

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Talabgorning arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lov undirilmaydi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar olingan kundan boshlab o’ttiz kundan oshmagan muddatda ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi. 
Ohirgi o'zgarish: 30.08.2016 16:18