Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 372  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Fuqarolar murojaati

1.Fuqarolarning murojatlarini ko’rib chiqish tartiblari:
O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi   Internet murojaatlar va ularni ko’rib chiqish tartiblariga "O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning murojatlari to’g’risida"gi qonuni asosida tartiblar qo’llaniladi.  Fuqarolarning murojaatlarini  qabul qilish, ro’yxatga olish va  ijrosi ustidan nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi umumiy bo’limi tomonidan amalga oshiriladi.
Ichki Ishlar Vazirligining rahbarlariga kelib tushgan fuqarolarning murojaatlarini  qabul qilish, ro’yxatga olish va  uning ustidan nazorat qilish bu vazifa yuklatilgan ma'sul xodimlar tomonidan olib boriladi.

2.Fuqarolarning murojatlari interfaol xizmatlarning asosiy maqsad va vazifalari:
Mazkur tartib " O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligiga "Fuqarolarning murojaatlari" interfaol xizmatlarning asosiy  maqsad va vazifalarini belgilagan holda quyidagilardan iboratdir:
O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligiga murojaat qilgan fuqarolarning  huquqlarini ta'minlash;
Fuqarolar murojatlarini chuqur tahlil qilish va qayta ishlash;
Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Aholi bilan aloqalarni mustahkamlash;
O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining ma'sul lavozimdagi rahbarlari va fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarga sub'ektiv aralashuvlarni cheklash.
"Fuqarolarning murojaatlari" interfaol xizmatlar O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi  rasmiy sayti orqali so’rov jo’natgan jismoniy shaxs va so’rovnoma jo’natilgan ma'sul lavozimdagi rahbarlarning ma'lumotlarni ikki tomonlama almashtirish asosigagina quriladi.

3.Jo’natuvchi tomonidan Internet murojaatni rasmiylashtirish bo’yicha talablar.
Internet murojaatlarni rasmiylashtirishda O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi   rasmiy saytida maxsus shaklni to’ldirish talab etiladi:
Shakl maydonini to’ldirishda  murojaat qiluvchining shaxsiy ma'lumotlarini kiritiladi;
Yulduzcha bilan ko’rsatilgan  maydonlar majburiy tarzda to’ldirilishi shart;
Internet tarmog’idagi O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi   rasmiy saytiga joylashtirilgan sana internet murojaat sanasi hisoblanadi, u elektron shaklda to’ldirilib jo’natilganidan so’ng avtomatik ravishda  qayd etilgan bo’ladi;
"Sizning murojaatingiz" maydoniga joylashtirilayotgan matn hajmi chegaralangan.

4.Internet murojaatlarni qabul qilish va ko’rib chiqish.
Internet murojaat O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida"gi qonun va  mazkur tartiblarga mosligiga tekshirib ko’riladi.
Quyidagilarga rioya etilmagan Internet murojaatlar ro’yxatga olinmaydi va ko’rib chiqilmaydi:
Fuqaroning yashash manzili, familiyasi, ismi va sharifiga oid to’liq bo’lmagan va  ishonchli  manbalari bo’lmagan arizachi mavjudligida;
Elektron pochta manzili;
Telefon raqami;
Aniq ariza, shikoyat va  taklif mavjud emasligida;
Matn to’laligicha bosh harflar bilan terilib so’zlarga bo’linmaganida.
Internet murojaat  umumiy bo’limi boshlig’i tomonidan uch kun ichida ko’rib chiqiladi, matni yozib olinadi, rasmiy murojaat sifatida ro’yxatga qayd etilib, qo’yilgan masalalarni ko’rib chiqish vakolatlariga ega rahbarga ko’rib chiqilishi uchun taqdim etiladi.

5.Internet murojaatlarni ko’rib chiqish muddatlari.
Fuqarolarning  murojaatlari va shikoyatlari O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi   saytiga kelib tushgan kundan boshlab 30 kun ichida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha  o’rganishni talab qilmaydigan murojaatlar 15 kundan kechikmagan muddatlarda ko’rib chiqiladi.
Rahbar nomiga kelib tushgan murojaatlar bir oy ichida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha tarzda o’rganilishni talab etadigan murojaatlar bundan mustasno, bunday murojaatlar egalariga  qo’shimcha o’rganishlar zururligi haqida 10 kun ichida ma'lumot beriladi.
Internet murojaat yoki  ma'lumot beruvchi uchun javob murojaat etuvchining E-mail manziliga elektron shaklda  Internet murojaatda ko’rsatilgani asosida jo’natiladi.

Ohirgi o'zgarish: 02.09.2016 19:37