Sayt haritasi

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 1077  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

Axborot-ma`lumot faoliyati

Xizmat nomi

Ichki ishlar idoralarida (arxivda) saqlanayotgan arxiv hujjatlardan nusha, arxiv hujjatlarning ko’chirmalarini va arxiv ma’lumotnomalarni berish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi

Axborot-ma’lumotnoma hujjatlar. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy shaxslar - O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar. 
Byudjet tashkilotlari – Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muxofaza qiluvchi organlar, advokatlik muassasalari. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyat ichki ishlar boshqarmalarining Axborot markazlari. 

Bog’lanish

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot markazi - Toshkent shahri, Yu.Radjabiy ko’chasi, 1-uy. Mo’ljal: metroning «Kosmonavtlar» bekati, «Korzinka» supermarketi, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining fuqaroalarni qabul qilish binosi. Telefon: (Q99871) 231-48-58, 231-49-60, 231-37-69, 231-37-57 

Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni)

Foydalanuvchining so’rovi, talabnomada yuridik shaxsning nomi (fuqarolar uchun - familiyasi, ism va otasining ismi), pochta manzili vaG’yoki foydalanuvchining elektron pochta manzili, mavzu (masala) va so’ralayotgan ma’lumotning xronologiyasi ko’rsatilgan bo’lsa, arxiv tomonidan ko’rib chiqiladi va bajariladi. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi

O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuni. 
O’zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyundagi O’RQ-252 sonli “Arxiv ishi to’g’risida”gi Qonuni. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi 101-sonli “O’zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to’g’risida” Qarori. 
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari.

Xizmat narxi va to’lash tartibi

Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish uchun zarur bo’lgan arxiv ma’lumotnomalarini, shuningdek tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga arxiv ma’lumotnomalarini va arxiv hujjatining ko’chirma nusxasini berish bepul amalga oshiriladi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi

Ariza topshirilgandan vaqtdan boshlab 15 kun ichida. Qo’shimcha ma’lumotlar talab etilganda 30 kungacha uzaytirilishi mumkin. 

PDF

Xizmat nomi

Sudlanganlik (yoki sudlanmaganlik) to’g’risidagi ma’lumotnomalarni berish. 

Xizmatning soxaga tegishliligi 

Axborot-ma’lumotnoma hujjatlar. 

Xizmatdan foydalanuvchilar toifasi 

O’zbekiston Respublikasi hududidagi jismoniy shaxslar - O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, MDH davlati fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar. 
O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi jismoniy shaxslar - O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, MDH davlati fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar (ilgari O’zbekiston Respublikasi hududida yashaganlar), notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma asosida ma’lumotnomani olish uchun O’zbekiston Respublikasi hududidagi ishonch bildirilgan shaxslar. 
Ilgari O’zbekiston Respublikasi hududida yashagan chet el fuqarolari (MDH davlatlari fuqarolari bundan mustasno) – o’z davlatlarining Tashqi ishlar vazirligi orqali. 

Xizmatni ko’rsatuvchi IIVning bo’linmasi 

Sudlanganlik (yoki sudlanmaganlik) to’g’risidagi ma’lumotnomalarni beruvchi Ichki ishlar organlari: 
A) O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot markazi tomonidan quyidagi holatlarda; 
- doimiy yashash uchun O’zbekiston Respublikasi (hududi)dan tashqariga jo’nab ketayotgan fuqarolarga, shuningdek, ilgari O’zbekiston Respublikasi hududida yashagan hozirda O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi bo’lgan fuqarolar; 
- O’zbekiston Respublikasi hududidagi chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga taqdim etish uchun. 
B) Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlarning shahar-tuman Ichki ishlar organlari tomonidan qolgan barcha holatlarda, masalan; 
- yong’inga qarshi avtomatika vositalarini, qo’riqlash signalizatsiyalarini, yong’indan darak beruvchi va yong’indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar olishda; 
- vasiylik va homiylik organlariga taqdim etish uchun; 
- muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan shaxslar uchun; 
- O’zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalariga, Notarius boshqarmalariga va Adliya vazirligi advokaturalariga taqdim etish uchun; 
- tashkilotlarga, korxonalarga va muassasalarga (banklar, xalq ta’lim bo’limlari, qo’shma korxonalar va b.) ishga kirishda taqdim etish uchun (ularning so’rovlariga asosan); 

Bog’lanish 

Toshkent shahri, Yu.Radjabiy ko’chasi, 1-uy. Mo’ljal: metroning «Kosmonavtlar» bekati, «Korzinka» supermarketi, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining fuqaroalarni qabul qilish binosi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlarning shahar-tuman Ichki ishlar organlari. 

-Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni) 

Shaxsan: 
- Sudlanganlik (yoki sudlanmaganlik) to’g’risidagi ma’lumotnomalarni taqdim etish to’g’risidagi ariza. 
- Fuqarolik pasporti (ma’lumotnomani olish vaqtida taqdim etilgan ushbu pasport nushasi bilan solishtirish uchun ko’rsatiladi). 
- Fuqarolik pasportining nushasi. 
Ishonchnoma asosida ishonch berilgan shaxs orqali: 
- Fuqaroning sudlanganlik (yoki sudlanmaganlik)gi to’g’risidagi ma’lumotnomani olish uchun shaxsan murojaat qila olmasligi sababli, ishonchnoma asosida ma’lumotnoma olish to’g’risidagi ishonch bildirilgan shaxsning arizasi. 
- O’zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning tashqarisida (chet elda) bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, MDH davlati fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga sudlanganlik (yoki sudlanmaganlik)gi to’g’risidagi ma’lumotnoma olish uchun notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma. 
- Notarius tomonidan tasdiqlangan vakilning fuqarolik pasporti (ishonchnomada ko’rsatilgan ishonch bildirilgan shaxs ma’lumotlari bilan solishtirish uchun taqdim etiladi). 
- Ma’lumotnoma (rasmiylashtirilishi lozim bo’lgan) so’rayotgan shaxsning fuqarolik pasporti nushasi. 
- Notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnomaning nushasi. 

Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi 

O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuni. 
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligining me’yoriy-huquqiy hujjatlari.

Xizmat narxi va to’lash tartibi 

Sudlanganlik (yoki sudlanmaganlik) to’g’risidagi ma’lumotnomalarni berganlik uchun to’lov undirilmaydi. 

Xizmatni ko’rsatish tartibi 

Ariza topshirilgandan vaqtdan boshlab 15 kun ichida. Qo’shimcha ma’lumotlar talab etilganda 30 kungacha uzaytirilishi mumkin. 

PDF
Ohirgi o'zgarish: 30.08.2016 17:17