Sayt haritasi

Sayyor qabul – samarali usul

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudoyberganovning Namangan viloyati shahar va tumanlarida o’tkazayotgan sayyor qabullari davom etmoqda. 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to’qqizinchi yalpi majlisi to’g’risida axborot

2017 yil 28 mart kuni Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to’qqizinchi yalpi majlisi ochildi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. 

Xalqimizning roziligi – barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbaidir

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 28 mart kuni Navoiy viloyatida bo’ldi. 

Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to’g’risida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Respublikamizni juda murakkab va og’ir yillarda boshqarib, yurtimiz taraqqiyoti yo’lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo’shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug’lash hamda tavalludining100 yilligini munosib nishonlash maqsadida: 

O’zbekiston Respublikasi IIV YHXBB

2017 yil  12 mart kuni soat 19-30 larda, Qashqadaryo viloyati, G’uzor tumani hududida, noma’lum haydovchi, noma’lum transport vositasini boshqarayotib, yo’lni kesib o’tayotgan velosipedchi, shu tumanda yashagan G’.B.ni urib yuborib yo’l-transport hodisasi joyidan yashiringan. 

O’zbekiston Respublikasi IIV YHXBB

2017 yil 11 mart kuni soat 14-00 larda tushgan xabarga ko’ra, shu kuni soat 12-00 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida noma’lum haydovchi, «NEKSIYА» rusumli avtomobilini boshqarayotib, piyoda Qashqadaryo viloyati, Yakkabog’ tumanida yashovchi Ya.F.ni urib yuborib yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan joydan yashiringan. Natijada piyoda Ya.F. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

O’zbekiston Respublikasi IIV YHXBB

2017 yil 9 mart kuni soat 18-30 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida, noma’lum haydovchi, noma’lum transport vositasini boshqarayotib, piyoda Toshkent shahar, Uchtepa tumanida yashovchi Q.J.ni urib yuborib yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan joydan yashiringan. Natijada piyoda Q.J.ga kasalxonada tibbiy yordam ko’rsatilgan.

YoSh UMRINI PANJARA ORTIGA ALMAShTIRDI

Sirdaryo tumanida 2 noma’lum shaxs yuzlariga niqob kiygan holda U.Xodjaev ko’chasida yashovchi, nafaqaxo’r, 1953 yilda tug’ilgan ayolning uyiga bostirib kirib, uni urib, tan jarohati etkazib 230 ming so’m puli, sariq metaldan yasalgan zargarlik buyumi va “Nokiya” rusumli mobil telefonini olib voqea joyidan yashiringanlar.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI MODDIY-TEXNIKA TA’MINOTI BOSHQARMASI TANLOV E’LON QILADI

Tanlovda chet el firma va tashkilotlari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar (etkazib beruvchilar), shuningdek kichik biznes sub’ektlari ishtirok etishlari mumkin.

Davlat, xususiy hamda boshqa mulkchilik shakli turlicha bo`lgan korxonalar rahbarlari diqqatiga!

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI MODDIY-TEXNIKA TA`MINOTI BOSHQARMASI TANLOV E'LON QILADI
Tanlov predmeti:

-Raqamli ATSlar uchun akkumulyatorlar yetkazib berish
-Bosmaxona uchun texnik vositalarni harid qilish
-Fayl-server uchun litsenziyali antivirus dasturiy ta’minoti harid qilish

Jinoyatning sodir bo’lish sabablari chuqur o’rganilib, ularni bartaraf etish choralari ko’rilmoqda

Har doimgidek, Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni mamlakatimiz bo’ylab keng miqyosda o’tkazilmoqda. Profilaktik tadbirlarda ochilmay qolgan ko’plab jinoyatlar fosh etilyapti, tergov va sud idoralaridan yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxslar qo’lga olinyapti.

Asosiy maqsad – osoyishtalikni ta’minlash

Jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish choralarini yanada faollashtirish, Navro’z umumxalq bayramining tinch va osoyishta o’tishini ta’minlash maqsadida shu kunlarda respublikamizda «Tozalash – Antiterror» tadbiri o’tkazilmoqda.

Qonuniylik, insonparvarlik printsipi ustuvor

Hayotimizning qonunlar asosida tartibga solinishi jamiyatda adolat barqarorligiga, fuqarolarning huquq va erkinligi ta’minlanishiga xizmat qiladi. Qonunlarga amal qilmaslik, ularni bilib-bilmay buzish, tabiiyki, javobgarlikka sabab bo’ladi. 

Qonuniylik, insonparvarlik printsipi ustuvor

Hayotimizning qonunlar asosida tartibga solinishi jamiyatda adolat barqarorligiga, fuqarolarning huquq va erkinligi ta’minlanishiga xizmat qiladi. Qonunlarga amal qilmaslik, ularni bilib-bilmay buzish, tabiiyki, javobgarlikka sabab bo’ladi.

Faxriylar tinglovchilar huzurida

Ichki ishlar idoralarida uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriylar O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlab tashkil etilayotgan turli uchrashuvlarda faol ishtirok etib, yosh xodimlarni ona Vatanga muhabbat, burchga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo’shmoqdalar.
Ayni kunlarda IIV Akademiyasi o’quv-dala poligonida birinchi bosqichga qabul qilingan tinglovchilar xizmat, jangovar va saf tayyorgarligi bo’yicha saboq olmoqda. Bu jarayonda ularning sohaga oid dastlabki ko’nikmalarni olishlari, kasb sirlarini o’rganishlari, ma’naviyatini oshirishlari hamda dunyoqarashlarini kengaytirishga alohida e’tibor berilayapti.

Takomillashayotgan sohaviy xizmat

Mustaqillik barcha jabhalarda bo’lgani kabi ichki ishlar idoralari qo’riqlash xizmatida ham tub islohotlar o’tkazish, mazkur xizmatni zamon talabi darajasida shakllantirish va yanada takomillashtirish imkonini berdi. Istiqlol yillarida IIV huzuridagi Respublika «Qo’riqlash» birlashmasi va uning quyi tizimlarida tub o’zgarishlar, yangilanishlar yuz berdi. Qo’riqlash xizmati qoloq tizimdan eng zamonaviy texnik vosita va jihozlar bilan ta’minlangan xizmatlardan biriga aylandi. Shu bois, eng ulug’ va eng aziz bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yilligini munosib kutib olishga tayyorgarlik ko’rilayotgan shu kunlarda «Kim edigu kim bo’ldik?» degan savolga aynan shu soha misolida javob bersak bo’ladi. 

Hozir saytda

Hozirgi vaqtda 362  mehmonlar saytda va bironta ham ro'yhatdan o'tganlar yo'q

O'zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari

Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil.
Har bir en 40 santimetrga tengdir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan. Oq rangli yangi oy va o‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning o‘rtasidan 70x30 santimetrga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan. Oq rangli yangi oy vertikal holatda do‘ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo‘lib, diametri 30 santimetrli doiraga sig‘adi. O‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sig‘adi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o‘rta qatorda to‘rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.
Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.
Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O‘zbekiston» deb yozib qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi — oltin rangida; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan..

Mutal Burxonov musiqasi

Abdulla Oripov she’ri

Сeрқуёш ҳур ўлкам, элга баxт, нажoт
Сeн ўзинг дўстларга йўлдoш, мeҳрибoн!
Яшнагай тo абад илму фан, ижoд,
Шуҳратинг пoрласин тoки бoр жаҳoн!

Oлтин бу вoдийлар — жoн Ўзбeкистoн,
Аждoдлар мардoна руҳи сeнга ёр!
Улуғ xалқ қудрати жўш урган замoн,
Oламни маҳлиё айлаган диёр!

Бағри кeнг ўзбeкнинг ўчмас иймoни,
Эркин, ёш авлoдлар сeнга зўр қанoт!
Истиқлoл машъали тинчлик пoсбoни,
Xақсeвар, oна юрт, мангу бўл oбoд! 

Oлтин бу вoдийлар — жoн Ўзбeкистoн,
Аждoдлар мардoна руҳи сeнга ёр!
Улуғ xалқ қудрати жўш урган замoн,
Oламни маҳлиё айлаган диёр!

Jarimalar to'lov pullari